Svoplar Svoplar yoki svop shartnomalari tomonlar kelishib olgan bunday bitimlar shartlariga muvofiq, kelajakda ikki tomon o‘rtasida bazis aktivlar narxi yoki boshqa qiymatlariga va/yoki bazis aktivlarning o‘ziga (shartli nominal summalar) asoslangan belgilangan to‘lovlar almashinish haqidagi bitimni ifodalaydigan birjadan tashqari moliyaviy vositalar hisoblanadi.
O‘z strukturasiga ko‘ra svoplar umumiy tamoyillar bo‘yicha tashkil qilingan: ikki tomon bitta yoki bir nechta pul to‘lovlarini almashinish 96
haqida kelishib oladi. Bunda aksariyat hollarda svoplar turli bazis indikatorlarga asoslangan o‘zgaruvchan summalar yoki qayd qilingan summalar almashinish haqidagi bitimlarni ifodalaydi. Agar svop shartnomasi bo‘yicha summa bir valyutada ifodalangan bo‘lsa, to‘lovlar tomonlardan biri tomonidan ikkinchi tomonga har bir hisob-kitob sanasida sof summa miqdorida netto qilinadi va amalga oshiriladi.
Dastlabki svoplar Londonda: valyuta svopi – 1979 yil, foiz svopi – 1981 yil paydo bo‘lgan, 1986 yil esa Chase Manhattan Bank tomonidan ilk tovar svoplari ishlab chiqilgan. Moliyaviy svoplar likvidli dilerlik bozori 1982 yilda, tovar svoplari bozori esa – 1989 yilga kelib shakllangan.
Svop shartnomalarning alohida bir toifasi uchun normativ hujjatda quyidagi ta’rif ham ko‘zda tutilgan: bu «quyidagilarni ko‘zda tutadigan shartnoma:
–tomonlardan birining ikkinchi tomonga valyuta berish majburiyati va ikkinchi tomonning valyutani qabul qilish va to‘lash majburiyati, shuningdek, ikkinchi tomonning shartnoma tuzilgan kundan kamida uch kundan keyin birinchi tomonga valyutani mulk qilib berish va birinchi tomonning valyutani qabul qilish va to‘lash majburiyati;
–shartnoma hosilaviy moliyaviy vosita hisoblanishining ko‘rsatilishi;
–shartnoma tomoni yoki tomonlari bazis aktiv narxi va (yoki) qiymati va (yoki) bazis aktiv hisoblangan hodisa ro‘y berishida, va (yoki) shartnomada qayd qilingan bazis aktiv narxi va (yoki) qiymati o‘zgarishiga qarab vaqti-vaqti bilan va (yoki) bir vaqtning o‘zida pul mablag‘lari to‘lash majburiyati. Bunda tomonlardan har birining pul mablag‘lari to‘lash majburiyatini belgilash turli bazis aktivlar yoki turli bazis aktivlar qiymati (bazis aktiv qiymatlarini aniqlash qoidalari) asosida shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi»8 Yuqorida ko‘rsatilgan shartlardan tashqari, svop-shartnomada «quyidagilar ko‘zda tutilishi mumkin: –svop-shartnoma tomoni yoki tomonlarining bazis aktiv hisoblangan qimmatli qog‘ozlar, valyuta yoki tovarni boshqa tomonga, jumladan, svop-shartnoma tomoni (tomonlari) va (yoki) svop-shartnoma uning (ularning) manfaatlarida tuzilgan shaxs (shaxslar) bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi shartnomasi, xorijiy valyuta oldi-sotdisi shartnomasi yoki tovar yetkazib berish shartnomasi tuzish yo‘li bilan berish majburiyati; –svop-shartnoma tomonlarining hosilaviy moliyaviy vosita hisoblangan va bazis aktivni tashkil qiladigan shartnoma tuzish majburiyati».