To‘planib (jamg‘arib) boriladigan svoplar (accrual swaps) – tomonlardan birida ular bo‘yicha foiz to‘lovlari oqimlari faqat mos keluvchi o‘zgaruvchan stavka qayd qilingan yoki vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan belgilangan oraliqda joylashgan holdagina paydo bo‘ladigan svoplar.
Svopsionlar (swap options, swaptions) – kelajakda muayyan sanaga belgilangan foiz svopiga kirish huquqini beradigan foiz svopiga opsionlar. Ularga muqobil variant sifatida ishtirok etadigan kechiktirilgan yoki forvard svoplar (forward / deferred swaps) mukofot ko‘rinishida biron-bir boshlang‘ich xarajatlarga ega bo‘lmaydi (svopsionlar kabi), lekin tomonlarni belgilangan forvard sanada svop bitimiga kirishga majbur qiladi.
Shartli nominal qiymati o‘zgaruvchan svoplar ham qo‘llanadi.
Amortizatsiya qilinadigan svoplar (amortizing swaps) – shartli nominal summasi vaqt o‘tishi bilan kichrayib boradigan svoplar.
O‘sib boradigan svoplar (accreting swaps) – shartli nominal summasi vaqt o‘tishi bilan o‘sib boradigan svoplar.100
Svop bo‘yicha hisob-kitoblar qayd qilingan va o‘zgaruvchan stavkalar bo‘yicha to‘lovlar diskontlangan summasini hisobga olgan holda hisob-kitob davrlari boshida amalga oshirilishi mumkin – bu diskontli svoplar (discount swap). Nolga teng kuponli svoplar (zero coupon swap) qayd qilingan kupon mos ravishda svop muddatining boshida yoki oxirida to‘lov uchun diskont qilinadigan yoki jamg‘ariladigan svoplarni ifodalaydi.
Foiz svoplarining overnayt stavkali indeks svoplari (overnight index swap) kabi turida o‘zgaruvchan foiz stavkasi sifatida overnayt foiz stavkasi to‘planib boradigan kundalik qiymatlari indeksidan foydalaniladi.
4.6-rasm. Konversion svop sxemasi
4.7-rasm. Valyuta svopi sxemasi Valyuta-foiz svoplari Foiz svoplari to‘lovlar almashinishini, jumladan, asosiy summa va foiz to‘lovlarini turli valyutada amalga oshirishni ko‘zda tutishi mumkin. Bunday vositalar valyuta-foiz svoplari (cross currency swap) deb ataladi.
Muddatli bitimlar uchun valyuta-foiz svopi quyidagilarni ko‘zda tutadigan svop shartnoma hisoblanadi:
a) tomonlardan birining ikkinchi tomonga valyutani ikkinchi tomon uchun belgilangan nominal summa miqdorida mulk qilib berish majburiyati va ikkinchi tomon uchun birinchi tomonga birinchi tomon uchun belgilangan nominal summani to‘lash majburiyati;
b) ikkinchi tomonning bitim sanasidan kamida uch ish kuni keyin valyutani birinchi tomonga ikkinchi tomon uchun belgilangan nominal summa miqdorida mulk qilib berish majburiyati va birinchi tomonning birinchi tomonga birini tomon uchun belgilangan nominal summani to‘lash majburiyati;
v) bitim tomoni yoki tomonlarining mos keluvchi tomon uchun belgilangan nominal summalar asosida hisoblab chiqilgan qayd qilingan va/yoki o‘zgaruvchan summalarni bir vaqtning o‘zida yoki vaqti-vaqti bilan to‘lash majburiyati.
Xuddi foiz svoplari bilan bir xil tarzda valyuta-foiz svoplari turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–qayd qilingan va o‘zgaruvchan foiz stavkali to‘lovlar davriyligi bir xil bo‘lgan svoplar;
–qayd qilingan va o‘zgaruvchan foiz stavkali to‘lovlar davriyligi farq qiladigan svoplar;
–tomonlar ular bo‘yicha turli valyutalarda ifodalangan o‘zgaruvchan stavkalar to‘laydigan bazis svoplar;
–shuningdek, umumiy valyutadagi xuddi shunday svoplar kabi boshqa murakkab tuzilmalar.
Bunda svoplar shartlari turli kelishuv valyutalarida javob tariqasidagi to‘lovlar sifatida ham, to‘lovlarni bitim valyutalaridan biriga yoki tomonlar kelishib olgan uchinchi valyutaga konversiya qilishni ko‘zda tutishi mumkin.
Svop shartlari bilan shartli nominal summa bo‘yicha boshlang‘ich, yakuniy, shuningdek, oraliq hisob-kitoblar ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin (oraliq hisob-kitoblar shartnoma muddati davomida nominal summa o‘zgargan hollarda vujudga kelishi mumkin).