INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 4-KURS TALABALARI UCHUN QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK FANIDAN YAKUNIY NAZORAT TESTI
YaN o‘tkazuvchi o‘qituvchi: _________ O.Xolmatov
Kafedra mudiri: _________ M.Abdupattoyev
III variant
1. Italiya Uyg‘onish adabiyoti namoyondalari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Fransua Rable, Migel de Servantes B) Dante Alligeri, Martin Lyuter
C) Franchesko Petrarka, Jovanni Bokachcho D) Kristofer Marlo, Tomas Mor
2. Petrarkaning “Kansonere” to‘plami kimga bag‘ishlangan she’rlardan iborat?
A) Beatriche B) Laura C) Dulsineya D) Ofeliya
3. Realizmning yirik namoyondalari berilgan qatorni toping.
A) Balzak, Kuper B) Dikkens, Kafka C) Dyuma, Gyugo D) Balzak, Dikkens
4. Alpomish va Odisseyning ortga qaytib, dushmanlarining dodini berishida kimlar ularga yordam beradi?
A) sodiq qullari B) xotinlari C) otalari D) vafodor jonivorlar
5. Mashhur “Utopiya” asari qaysi mamlakat Uyg‘onish davri adabiyoti namunasi hisoblanadi?
A) Italiya B) Angliya C) Fransiya D) Ispaniya
6. “Yo‘qotilgan avlod” masalasi o‘z ifodasini topgan “Uch o‘rtoq” romani muallifi kim?
A) E.M.Remark B) E.Xeminguey C) R.Oldington D) O‘.Hoshimov
7. “Uch o‘rtoq” romani qahramonlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Robert, Patritsiya, Santyago B) Genri, Ketrin, Boymer C) Kester, Lents, Patritsiya
D) Boymer, Kropp, Myuller
8. O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani bosh qahramoni?
A) Muzaffar B) Soat G‘aniyev C) Rustam D) Kimsan
9. A.Chexovning “Xameleon”, “Semiz va oriq” kabi hikoyalarda qanday illat hajv qilinadi?
A) tilyog‘malik B) firibgarlik C) yolg‘onchilik D) zolimlik
10. A.Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” qissasini kimga bag‘ishlaydi?
A) urush qahramonlariga B) yaqin do‘stiga C) bolalarga D) onasiga
11. Angliya Uyg‘onish adabiyoti namoyondalari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Shekspir, K.Marlo B) R.Grin, F.Rable C) Petrarka, Servantes D) T.Mor, M.Lyuter
12. Ritsarlar haqidagi romanlarga parodiya sifatida yozilib, o‘rta asr dunyoqarashi hajv qilingan roman qaysi adabiyotga tegishli?
A) Italiya Uyg‘onish B) Fransiya Uyg‘onish C) Ispaniya Uyg‘onish D) Angliya Uyg‘onish
13. “Tushda kechgan umrlar” romanida qaysi mavzu asosiy o‘rinda turadi?
A) muhabbat, hajviya B) II jahon urushi, muhabbat C) I jahon urushi, qatag‘on davri
D) Afg‘on urushi, mustamlakachilik
14. “Gorio ota” romani qaysi adabiyotga tegishli?
A) fransuz romantizmi B) fransuz realizmi C) Ingliz realizmi D) AQSH romantizmi
15. Buyuk Britaniya romantizm adabiyoti namoyondalari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) V.Shekspir, J.Bayron B) V.Skott, J.Bayron C) Ch.Dikkens, F.Kuper D) J.Bayron, M.Rid
16. Aleksandr haqidagi tarixiy manbalar to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Aristobul. “Buyuk Aleksandr tarixi”, Plutarx. “Qo‘shaloq hayotnomalar”
B) Firdavsiy “Shohnoma”, Nizomiy “Iskandarnoma
C) Ibn Battuta. “G‘arb-u Sharq hukmdori”, Tabariy “Rum qaysari”
D) Plutarx. “Qo‘shaloq hayotnomalar”, A.Navoiy. “Saddi Iskandariy”
17. Bahrom obrazi orqali Navoiy kimga ibrat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan?
A) Husayn Boyqaroga B) Badiuzzamon Mirzoga C) Muzaffar Mirzoga D) Boburga
18. Sharq dostonchiligida adolatli shoh obrazining tipik namoyondasi kim edi?
A) Iskandar Zulqarnayn B) Xorun ar-Rashid C) Amir Temur D) Bahrom
19. Muallifning subyektiv munosabati tasviri yetakchi o‘rinni egallaydigan ijodiy metod?
A) Syurrealizm B) Realizm C) Modernizm D) Romantizm
20. A.Dyumaning “Graf Monte-Kristo” romani qaysi metod asosida yozilgan?
A) Realizm B) Romantizm C) modernizm D) sentimentalizm
21. Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” qissasida baobab daraxti nimaning ramzi hisoblanadi?
A) Zulm, mustamlakachilik B) ezgulik, olijanoblik
C) ochlik, mashaqqat D) fashizm, loqaydlik
22. Angliya Uyg‘onish adabiyoti rivojida asosiy omil nimadan iborat?
A) Sharq bilan savdo-sotiq B) xalqaro madaniy aloqalar C) qirol hokimiyatining kuchayishi
D) rekonkista siyosati
23. Gugenotchilik (dinni isloh qilish) harakati asosida qaysi mamlakatning Renessans adabiyoti shakllangan?
A) Angliya B) Fransiya C) Ispaniya D) Italiya
24. “Sab’ai sayyor” dostonida Bahrom Diloromni ilk bor qanday jarayonda ko‘radi?
A) ov paytida B) rassom Moniyning surati orqali C) Xitoyga yurish qilgan paytda D) tushida
25. “Oq kema” qissasida bola nimani orzu qilardi?
A) bug‘uni ko‘rishni B) maktabga borishni
C) oq kemaga kapitan bo‘lishni D) baliqqa aylanib qolishni
26. “Uch og‘ayni” romanida qaysi qahramon marhumlarning suratini chizish bilan shug‘ullanardi?
A) Grau B) Gauzer C) Alfons D) Xasse
27. “Xameleon” hikoyasining bosh qahramoni kim?
A) Petr Petrovich B) Ochumelov C) Misha D) Porfiriy
28. Romantizm metodida ijod qilgan ingliz adibini toping.
A) V.Gyugo B) F.Kuper C) J.Bayron D) V.Skott
29. Odissey kimning qo‘lida 7 yil tutqunlikda qoladi?
A) parizod Kalipso B) Kirka C) Alkinoy D) Polifem
30. Quyidagi hikoyalarning qaysilarida it obrazi muhim o‘rin tutadi?
A) Xameleon, Millatchilar B) Bemor, Semiz va oriq C) Chinovnikning o‘limi, Qoplon
D) O‘g‘ri, Orden
Do'stlaringiz bilan baham: |