Mavzu-4: hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori. Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori reja



Download 442,97 Kb.
bet12/24
Sana02.06.2022
Hajmi442,97 Kb.
#629878
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
4-мавзу

Kross-xedjirlash – mavjud aktivga fyuchers yoki opsion bo‘lmagan hollarda turdosh bazis aktivga shartnoma bilan sug‘urta qilish.
Opsionlar. Opsionlar bozori.
Opsion (ingl. option – tanlov, muqobil variant, tanlash erkinligi) – bu ikki tomon o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, uning shartlariga ko‘ra opsion xaridori (opsion egasi) kelajakda bazis aktivni kelishib olingan narxda xarid qilish (agar bu xaridga opsion bo‘lsa) yoki sotish (agar bu sotishga opsion bo‘lsa) huquqini qo‘lga kiritadi, sotuvchi esa o‘z majburiyatlarini bajarishni zimmasiga oladi.
Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari
Turdosh aktivlarga misollar: dizel yoqilg‘isi va xom neft, fond indeksi va 1 ga teng bo‘lgan «beta» koeffitsientli aksiya.91
Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunda belgilab qo‘yilgan5. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.
Agar aksiyadorlik jamiyatining e’lon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi a’zolariga mukofotni yoki rag‘batlantirish to‘lovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni ta’sis etish chog‘ida to‘liq to‘langanidan keyin joylashtirilishi mumkin bo‘ladi.
Bazis aktiv – opsion shartnoma u xususida tuziladigan birja vositasi.
Opsion shartnomalarning bazis aktivlari xilma-xil vositalar bo‘lishi mumkin, chunonchi, foiz stavkalari, valyuta kurslari, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar, indekslar, shuningdek, ob-havo sharoitlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar va h.k. Opsionlar negizida yotadigan vositalar va ko‘rsatkichlar ro‘yxati forvard va fyuchers shartnomalardan ko‘ra kengroq: opsion shartnomalarning bazis aktivi boshqa hosilaviy vositalar ham bo‘lishi mumkin.
Opsionlar birja savdosining ham, birjadan tashqari savdoning ham predmeti bo‘lishi mumkin. Agar bu birjadan tashqari vosita bo‘ladigan bo‘lsa, vositaning individual xususiyatlari (shartnoma turi va hajmi, ekspiratsiya sanasi, bazis aktivni yetkazib berish shartlari va h.k.) bitim qatnashchilari tomonidan kelishib olinadi. Agar opsion birjada savdo qilinadigan bo‘lsa, uning xususiyatlari standart hisoblanadi va birja tomonidan ko‘rsatilgan spesifikatsiya bilan belgilanadi.

Download 442,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish