Mavzu : Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlarini tahlili mundarija: Kirish


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 94,08 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2022
Hajmi94,08 Kb.
#709989
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi - Axmedov Jamshidbek

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi, yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib,
moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlarini tahlili va uning makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun ilmiy ishimiz oldiga quyidagi vazifalarni hal etish qo’yildi:
- Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlari va funksiyalarini o’rganish;
- O’zbekiston Respublikasi pul oqimlari evolyutsiyasi va uning joriy holati tahlilini tadqiq etish;
- Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlari va ulardan mamalakatimiz amaliyotida foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish;
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, to’rtta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
1. Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlari va uning elementlari
Korxonalarda pul mablag’lari hisobining nazariy va uslubiy asoslarini to’g’ri tashkil etish ko’p jihatdan buxgalteriya hisobining uslubiy asoslariga bog’liqdir. Me’yoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilishda va qo’llashda dastlab buxgalteriya hisobini o’rnini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir.
Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma’lum bo‘ladi. Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning kurtagi mavjud bo‘ladi.
Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi. (1 bolta= 1 qop don). Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi. Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monemetall oqimlariga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900-yilda sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul oqimlari XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yildayoq joriy etilgan edi. O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon (1583–1598) zarb etgan tangalar yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695– 1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan.
Qiymat shakllarining rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar: Mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi; ishlab chiqarishning o‘sishi; mahalliy va milliy bozorlarning vujudga kelishi. Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga sabab quyidagilar bilan izohlanadi:

  • Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;

  • Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi;

  • Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi;

  • Tabiatda nisbatan kamyobligi;

Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin. Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila boshlaydi: pul rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga aylanadi. Shu tariqa pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Qiymat o‘lchovi.
2. Muomala vositasi.
3. Boylik to‘plash vositasi.
4. To‘lov vositasi.
1. Tovarning almashuv qiymatini ifodalash va uni aniqlash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdoran mos kelgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif mos kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga bog‘liq. Tovar almashuv qiymati va nafliligining pul bilan ifodalanishi uning narxidir.
Dastlab pul birliklari va ularning nomlari ko‘pincha muayyan og‘irlikda nodir metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valyuta oqimlarlarining nomlari (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor bo‘lib, ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir bo‘lmagan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvalidagicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish bo‘lib, bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko‘ra kamroq miqdorda pul materiallarini sarflaydi. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul yoki uning tashuvchilari (masalan, plastik kartalar) bo‘lishi kerak. Chunki tovarlarni oldisotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayribosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayriboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metalldan iborat bo‘lib, ular davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi. Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar yeyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. Shu sababli, muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor tasodiflaridan ehtiyot qilish va o‘z tovarini sota olish yoki olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma’lum pul rezervi bilan ta’minlashi kerak. Natural xo‘jalik sharoitida boylik mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo‘lmaydi, pulni istagan miqdorda saqlash mumkin. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Кeyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh turgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga keltirishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar. Shuning uchun pul saqlash uchun banklarga qo‘yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to‘plab, kredit vositasida foydalanadi. Boylik to‘plash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.
4. Tovarlar nasiyaga, to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarzga berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish paydo bo‘ladi? Buning eng tub sababi ishlab chiqarish sikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir marta yig‘ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida turli xil tovarlar kerak bo‘ladi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va xo‘jalik aylanmasini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan qog‘oz pullar, veksel va banknotlar kelib chiqqan. Shunday majburiy to‘lovlar: soliq, bojlar, jarima va davlat transferlari amalga oshirilganda to‘lov vazifasi namoyon bo‘ladi. Кredit pullar qog‘oz pullar bilan qo‘shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni pul muomalasidan siqib chiqarish yo‘lida yana bir qadam qo‘yiladi. Muomala sohasida har doim pul muomalasi qonuni bilan tartibga solinadigan ma’lum miqdordagi pul birligi massasi mavjud bo‘lishi zarur. Umumiy holda pul muomalasi qonuni quyidagicha shakllantirilishi mumkin: tovar aylanishiga xizmat qiladigan pul miqdori tovar massalari narxi summasiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosiblikda joylashadi:

bu yerda, Rm – tovar muomalasi uchun zarur pul miqdori,
R– sotilgan tovarlar narxlari summasi,
As – ma’lum vaqt oralig‘ida pul birligining aylanishlar soni.
Agar pul miqdori ortgan taqdirda ham iqtisodiyotda tovar massasi doimiy bo‘lib qolsa, bu narxlar o‘sishini keltirib chiqaradi. Muomalaga yetarlicha pul chiqarilmaganda tovarlar omborlarda to‘planib va to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshmasdan, iqtisodiy o‘sish sekinlashuviga olib keladi. Кreditning va kredit oqimlarining rivojlanishi bilan pulning to‘lov vositasi sifatida qo‘llanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit – qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli puxtaroq kafolatga obyektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot paydo bo‘ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o‘rniga bank tomonidan beriladigan vekseldir.
Shunday qilib, banknot pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yana bir turi – cheklar ishtirok etadi. Chek omonat egasi tomonidan o‘z hisobidagi puldan chekda ko‘rsatilgan shaxsga berish to‘g‘risida bankka yozilgan buyruqlardir. Кredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o‘zaro bir-biriga o‘tkazish yo‘li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitoblar oltin bilan ta’minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi. Muomalaga elektron kredit pullarning (veksel, chek, qimmatbaho qog‘ozlar) kirib kelish, ya’ni naqd va naqd bo‘lmagan pul va kvota pullarni ishlatilishi natijasida pul massasi iborasi qo‘llanila boshlandi. Pul oqimlari deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. Hozirgi pul oqimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Pul oqimlari quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi: 1. Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
3. Pulning turlari.
Qiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga haqiqiy va haqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi. Haqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Qog’oz pullar haqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi:
1. Qog’oz pullar
2. Kredit pullar. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.
3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda Hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan.
Qog’oz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qog’oz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan. 4.Emissiya oqimlari - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, qog’oz pular va qimmatli qog’ozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Qimmatli qog’ozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chiqaradi. 5.Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.
Pul oqimlarining tarixan 2 turi mavjud. 1.Metall pullar oqimlari. 2.Kredit va kogoz pullar oqimlari. Metal pullar oqimlari bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (fakat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi. Muomiladagi pullarning asosiy qismini qog’oz pullar tashkil qiladi. Qog’oz pullardan foydalanilishiga sabab: a) Qimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan. b) Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’g’ri bo’lmagan qalbaki tangalarni chiqarilishi. v) Metal pullarni bo’zilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Qog’oz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi. Ravojlangan mamlakatlarning pul oqimlari quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi. 1.Pul birligi. 2.Valyuta kursini belgilovchi qoidalar. 3.Baho masshtabi. 4.Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qog’oz pul va tanga. 5.Emissiya oqimlari 6.Davlat yoki kredit apparati. Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul oqimlari quyidagi xususiyatlarga ega. - Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish. - pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish. - pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi - pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi. Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul oqimlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. 2. Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlariva funksiyalari Respublikamizda mustakil pul oqimlarini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul oqimlarining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir. O’zbekiston respublikasining pul oqimlarining elementlari: 1.Pul birligi - so’m 2.Pul birligining turlari - qog’oz va metal pullar 3.Ularni muomilaga chiqarish qoidalari. 4.Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. 5.Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar. 6.Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 7.Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 8.Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. O’zbekiston milliy pul oqimlarining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul oqimlarining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul oqimlariga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’g’risida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi. Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oralig’ida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi. Bank oqimlari mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qat’iy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi. Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik “A” bankning aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi. Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln so‘mini majburiy ehtiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi.

Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur ehtiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga qarzga beradi. Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, “A”bank 40000 mln so‘mni majburiy ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000 mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda, bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi “B”bankka o‘tkazadi. Natijada “B”bankda 160000 mln so‘m yangi pul massasi paydo bo‘ldi Misolni jadvalda ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
bankning majburiy ehtiyotlari bankning muddatsiz omonatlari “B” bank bu pulning 32000mln so‘mini ehtiyotga o‘tkazib, qolgan 128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib natijada butun banklar oqimlari tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran to‘xtovsiz ortib boradi.
Banklar tomonidan yangi pul taklifini yaratilish jarayoni ma’lum bir chegaragacha davom etadi. Bizning misolda 200000 mln so‘mning yuzaga kelishi butun bank oqimlarida depozitlarning bir necha marta ko‘payishiga olib keladi. Bu bank oqimlari pul taklifi multiplikatori samarasi yoki bank multiplikatori ko‘rsatkichini anglatadi. “Multiplikator” so‘zi tarjima qilinganda, ko‘paytiruvchi degan ma’noni anglatadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

bu yerda, M – pul multiplikatori; r – Markaziy bank qo‘yilish kerak bo‘lgan talab etilgan ehtiyot (zaxira) normasi; Agar, r=20% bo‘lsa, u holda M=1x100/20=5; ya’ni har bir so‘m depozit pul taklifining 5 so‘mga ko‘payishiga olib keladi. Ehtiyot normasining kamayishi depozitlarning o‘sishiga, uning ortishi pul massasining kamayishiga olib keladi.
Bizning misolda ehtiyot normasi 20% dan 10% ga tushirilsa, multiplikator 10ga teng bo‘ladi, aksincha 25%ga ortsa multiplikator 4ga teng bo‘ladi. Amaliy hayotda bank depozitlari ko‘payishi-multiplikator samarasidan ancha farq qiladi. Sababi bankdan olingan ssudaning hammasi ham bank oqimlariga qaytib bormaydi. Ulardan bir qismi muomalada naqd pul tarzida yurishi mumkin. Bularning hammasi banklarning ssuda berish imkoniyatlarini kamaytiradi. Bunda bank ehtiyotlaridan tashqari naqd pulga aylangan mablag‘ chiqib ketadi. U pul multiplikatorini o‘zgartiradi. Agar bank majburiyatlarining naqd pulga aylangan qismini “s” bilan belgilasak, u holda yuqoridagi formula quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Agar naqd pulga aylangan miqdor 30%ni tashkil qiladi deb faraz qilsak, u holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi. Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2 so‘m yangi kredit pulni hosil qiladi.
Ehtiyotning yetishmasligi esa moliyaviy sarosimalikni keltirib chiqarishi mumkin. Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar, balki ular bilan bog‘liq kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Biroq Moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi. Chunki mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda sug‘urtalanadi. Agar bank biron sabab bilan yopilsa, uning mijozlari qisqa muddatda konpensatsiya olishni mo‘ljallashlari mumkin. Sug‘urta fondi mablag‘lari yetmagan taqdirda hukumat zarur pulni emissiya qiladi. Ma’lumki, hamma banklarda aktivlar summasi bankning o‘z kapitalidan bir necha marta yuqori, uning nisbati 15:1 gohida 25:1 gachani tashkil etadi. Undan tashqari aktivlar umumiy summasida muddati uzaytirilgan kreditlar mavjudki, uning bir vaqtda to‘lanishi ro‘y bermaydi. Umuman olganda, bank oqimlarida moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash butun bir oqimlari mavjudki, bu moliyaviy sarosimalikning oldini olishni kafolatlaydi.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda uning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotda davlat yoki bozor oqimlarining tutgan roliga bog‘liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini bozor usullari bilan uyg‘unlashtirish orqali erishiladi. Кishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi muammosi paydo bo‘lgan. Tovar ishlab chiqarishining rivojlanishi va pulning paydo bo‘lishi sudxo‘rlik kapitalini vujudga keltirgan. Sudxo‘rlik o‘zining yuqori foizlari bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib kelgan. Bu o‘z navbatida davlatning o‘zini va soliq to‘lovchilarni himoya qilishga majbur etgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi. Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka aholisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo‘lgan. XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon urushining ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, yirik monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929‒1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan. U iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishning har xil usullarini qo‘llab, siklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776-yil) nomli kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag‘batlantiradi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib - qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatan ham importga boj to‘lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va mahsulotning past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar yutqazadi. A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1923‒1933-yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj.M.Кeynsning «Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o‘z aksini topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Кeyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borish holati ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi. XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning monetarizm va uning «reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o‘z-o‘zini boshqarishdagi kamchiliklari natijasida 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi. Angliyaning London shahrida 2008-yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida bir ovozdan davlat iqtisodiyotga aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlashda so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. 3. O’zbekiston Respublikasi pul oqimlari evolyutsiyasi va uning joriy holati tahlili Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog’liq. Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’g’ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi.
Hozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi:
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha);
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha);
3. Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi); 4. Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi;
5. Pulni aylanish tezligi.
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumkin. Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi.
Kassa aylanmasi xomcho’ti 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish va kassa rejalari o’rniga tuzila boshlandi. Uni to’zishdan maqsad naqd pulga bo’lgan extiyojni butun respublika va bank muassalari buyicha aniqlash hamda pul muomilasini barqarorlash tadbirlarini ishlab chiqishni amalga oshirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi MB-ning 2005 yil 20 avgustdagi yuriqnomasiga binoan kassa aylanmasi xomcho’ti quyidagi asosiy kirim mablag’lari va naqd pullar chiqimi yo’nalishari buyicha to’ziladi.

Download 94,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish