Kirish ……………………………………………………………………….…. 3
Moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari va uning elementlari………….….. 5
Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlari va funksiyalari …………………. 12
O’zbekiston Respublikasi pul oqimlari evolyutsiyasi va uning joriy holati tahlili ………………………………………………………………………..… 18
Moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlari va ulardan mamalakatimiz amaliyotida foydalanish imkoniyatlari ……………………………………..… 24
Xulosa……………………………………………………………………..…. 30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………….….. 32
Kirish O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan buyon 30 yil mobaynida mamlakatimiz o’z taraqqiyotida ulkan yutuqlarga erishdi. Ro’y berayotgan o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar yurtimiz iqtisodiy qudratining muttasil oshayotgani, xalqimiz turmush farovonligining yanada yuksalib borayotganida ham o’z ifodasini topmoqda. Iqtisodiy islohotlarning o’zbek modeli berayotgan yuksak samaralar jahonda keng e’tirof etilmoqda.
Respublikamiz hukumati o’sha davrdayoq mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashni o’z oldiga muhim vazifalardan biri sifatida qo’ydi. Bunda asosiy e’tibor murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni ko’zda tutgan holda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu xarakatlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ichki imkoniyatlari va dunyo bozori konyunkturasini hisobga olib, mamlakatimizning jahon mehnat taqsimotida o’ziga xos mavqeni egallashiga yo’naltirildi. Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda.
Hozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, hozirgi kunda milliy valyuta oqimlarini rivojalantirish dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Chunki milliy valyutaning rivojini ta’minlash, uning barqarorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotida, shuningdek, uning rivoji va davlatlararo o’z o’rniga ega bo’lishida juda muhim hisoblanadi. Milliy ishlab chiqarish o’rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi.
Pul – maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Har qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi.
Agar sarf xarajatlar nulga teng bo’lsa, unda bunday buyum mutloq likvidli hisoblanadi. Masalan 1000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan pulni boshqa ko’pgina buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 so’mlik qog’ozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, ya’ni bu erda ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi.
Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bo’la boshladi. Ular tovar ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiladi.