Enterokokklar. - Streptococcaceae oilasiga mansub Str.pneumoniae, Str.faecalis larning o‘rni alohida, shuning uchun ularning xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Str.faecalis odam va hayvonlarning ichagida yashovchi shartli-patogen mikroorganizmlar bo‘lib, ular enterokokklar deb ataladi.
- Morfologiyasi. Molimorf, tuxumsimon shaklda bo‘lib, juft-juft yoki kalta zanjirga o‘xshab joylashadi, ayrim shtammlarida xivchinlari va kapsulast bor.
- O‘sishi. Str.faecalis qattiq oziqli muhitda chetlari tekis S-koloniyalarni hosil qiladi. Sariq pigment ishlab chiqaradi, optimal haroratda o‘sish xususiyatiga ega. Enterokokklar boshqa streptokokklardan tarkibida 6,5,% NaSl, pN 9,6-10,2 bo‘lgan bulonda, 40% o‘t qo‘shilgan qonli agarda yaxshi ko‘payishi bilan farq qiladi. Ularning o‘sishini kaliy tellurit, natriy azid, penitsillin va neomitsinlar to‘xtatib qo‘ya olmaydi, shuning ulardan elektiv muhitlarni tayyorlashda foydalaniladi.
- Chidamligi. Enterokokklar tashqi muhit omillariga boshqa streptokokklarga nisbatan chidamli. 600 Sda 30 daqiqada o‘z faolligini saqlab qoladi. Xona haroratida oziq-ovqatlarda ko‘paya oladi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Str.faecalis odam va hayvonlar ichaklarida yashagani uchun antogonistik xususiyatga ega, ya’ni ichburug‘, qorin tifi va ichak tayoqchalarining ko‘payishiga qarshilik qiladi. Bolalar ichagida ichak tayoqchasiga nisbatan enterokokklar miqdori ko‘proq. Ularni yuqori nafas olish tizimi, terining yiringli yallig‘lanishi, 12- barmoq ichak, o‘t pufagi, siydik ajratish tizimining kasalliklarida uchratish mumkin. Str.faecalis sanitar ko‘rsatkich mikroorganizmlar guruhiga kiradi. Shuning uchun ularni suv va oziq-ovqat maxsulotlaridan topilishi, bu omillarning najas bilan ifloslanganligidan darak beradi. - Kasallikning odamlardagi patogenezi. Str.faecalis odam va hayvonlar ichaklarida yashagani uchun antogonistik xususiyatga ega, ya’ni ichburug‘, qorin tifi va ichak tayoqchalarining ko‘payishiga qarshilik qiladi. Bolalar ichagida ichak tayoqchasiga nisbatan enterokokklar miqdori ko‘proq. Ularni yuqori nafas olish tizimi, terining yiringli yallig‘lanishi, 12- barmoq ichak, o‘t pufagi, siydik ajratish tizimining kasalliklarida uchratish mumkin. Str.faecalis sanitar ko‘rsatkich mikroorganizmlar guruhiga kiradi. Shuning uchun ularni suv va oziq-ovqat maxsulotlaridan topilishi, bu omillarning najas bilan ifloslanganligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |