Toksin hosil qilishi. Pnevmokokklar asosan ekzotoksin hosilqiladi. Chidamliligi. Pnevmokokklar tashqi muxitga u qadar chidamli emas: 2-3% li fenol va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 1-2 daqiqada, 52-550 S qizdirilganda 10 daqiqada o‘ladi. - Toksin hosil qilishi. Pnevmokokklar asosan ekzotoksin hosilqiladi. Chidamliligi. Pnevmokokklar tashqi muxitga u qadar chidamli emas: 2-3% li fenol va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 1-2 daqiqada, 52-550 S qizdirilganda 10 daqiqada o‘ladi.
- Kasallikning odamlardagi patogenezi. Pnevmokokklar asosan yuqori nafas yo‘llari orqali kirib, shu erda saqlanib qolishi mumkin, shuning uchun zotiljam ham ekzogen, ham endogen yo‘llar bilan rivojlanadi. 24 Odam shamollaganda, o‘ta toliqqanda organizmning ximoya kuchi pasayganda pnevmokokklar yuqori nafas yo‘llaridan quyi a’zolarga o‘tadi va kasallik keltirib chiqaradi. Pnevmokokklar quyi nafas yo‘llarining shilliqqavatiga tushsa, bronxit, zotiljam, qonga tushsa, baktermiya-sepsis, chaqaloq va qariyalarda esa butun organizmga tarqalib og‘ir kasalliklar (septikopiemiya va meningit)ga olib keladi.
- Immuniteti. Bemor sog‘aygach, o‘rta kuchdagi, uzoq davom etmaydigan tipmaxsus immmunitet hosil bo‘ladi. Immunitet xar bir serologik variantlarga xos, shuning uchun odam umri davomida bir necha marta pnevmokokklarning xar xil tiplari bilan kasallanishi mumkin.
- Laboratoriya tashhisi. Tashhis qo‘yishda bakteriologik usul asosiy hisoblanadi. Bemorning balg‘ami, plevra suyuqligi, ekssudatlar, qon, orqa miya suyuqligi tezda muvofiq oziq muxitlarga ekiladi, chunki ajratib olingan materiallardagi streptokokklar tez autolizga uchrashi mumkin. Pnevmokokk kulturasini sun’iy oziq muxitga ekib ajratib olish qiyin, chunki materialdagi (ayniqsa balg‘amdagi) boshqa mikroblar muxitda tez ko‘payib pnevmokokkning o‘sishiga xalal berishi mumki
Davolash. Asosan sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar keng qo‘llaniladi. Xozir pnevmokokklarning keng qo‘llaniladigan antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda, shuning uchun ajratib olingan pnevmokokk sof kulturasining xar xil antibiotiklarga chidamliligini aniqlab, so‘ng muvofiq antibiotiklarni davolashda qo‘llash lozim. Maxsus terapiyada streptokokklarga qarshi immunoglobulinlardan foydalanish mumkin. - Davolash. Asosan sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar keng qo‘llaniladi. Xozir pnevmokokklarning keng qo‘llaniladigan antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda, shuning uchun ajratib olingan pnevmokokk sof kulturasining xar xil antibiotiklarga chidamliligini aniqlab, so‘ng muvofiq antibiotiklarni davolashda qo‘llash lozim. Maxsus terapiyada streptokokklarga qarshi immunoglobulinlardan foydalanish mumkin.
- Kasallikning oldini olish. Pnevmokokkli infeksiyalarga qarshi umumiy va maxsus profilaktika chora-tadbirlari o‘tkaziladi. Umumiy profilaktika choralariga organizmni, ayniqsa bolalar organizmini chiniqirish, reaktivligini oshirish, bekamu-ko‘st ovqatlanish va boshqalar kiradi. Maxsus profilaktikada, tarkibida pnevmokokklar 23 serovarining xar xil polissaxarid antigenlarini tutuvchi polivalent vaksina qo‘llaniladi. Pnevmokokklarning ushbu serovarlari bu mikroblar qo‘zg‘atadigan gematogen 25 infektsiyalarning 90% ni tashkil qiladi. Vaksina bilan asosan, xavfli guruxga kiruvchilar 5-10 yil oralatib 2 marta emlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |