Uslubiy ko‘rsatmalar
. Sakrovchini tayyorlashdagi muhim vazifalardan biri
oyoqni “siltash”ni va depsinish uchun tez yerga qo‘yishni o‘rgatishdir. Yozilish
mashqlarini tez-tez va katta hajmda bajarish kerak. Uchish fazasidagi
trayektoriyaning yetarli darajada baland bo‘lishiga erishish zarur. Qumli chuqurga
“sapchib” sakrash mashqini ko‘proq bajarish kerak. Shunda mushaklar kamroq
charchaydi, mashqni ko‘proq takrorlasa bo‘ladi. “Sapchish”ni yo‘lkadan ko‘ra,
o‘tloq futbol maydonida bajargan yaxshiroq. Oyoqni “sidiruvchan” qo‘yish tezligiga
ko‘proq e’tibor berish kerak. Shundagina yo‘lkadagi UOM proyeksiyasiga yaqinroq
tushadi. Yerga tegish paytida oyoq deyarli to‘g‘ri, tarang bo‘lishi lozim ekanini doim
eslatib turish kerak. Yerga tushayotganda oyoqni haddan tashqari bukib bo‘lmaydi.
Mashqlarni bajarayotganda gavda sal engashgan bo‘lishini, sonni “siltab”
ko‘targanda gavda ko‘proq engashishini, oyoqni depsinish joyiga qo‘yganda kamroq
engashishini yodda tutish kerak.
4-vazifa
. “Sapchish”ni “qadamlab” sakrash bilan bog‘lashni o‘rgatish.
Vositalari:
1. 1-2 qadam yugurib kelib, qisqagina “sapchib”, yo‘lkaga bir oyoqda tushish,
keyin uzunlikka oddiy sakrab, qumli chuqurga ikki oyoqda tushish.
2. Shuning o‘zini yugurib kelishni tobora uzoqlashtirib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. “Sapchish”dan keyin kuchli depsinish uchun uchish
fazasidayoq bunga tayyorlanish kerak. “Sapchish”da sonni shiddat balan “siltab”
ko‘tarish va sal kam to‘ppa-to‘g‘ri oyoqni UOM proyeksiyasi yaqiniga tez qo‘yish
bir onda tarang bukilgan oyoqda depsinish imkonini beradi. Sarflanayotgan
kuchlarni aniq bosh-qarib, sakrovchi yerga tushishdagi kabi emas, balki depsinishga
moslab qo‘ysa bo‘ladi. Shunday qila oladigan bo‘lish uchun, tasvirlangan
mashqlarni bajarishgina kifoya qilmay, balki “sapchish” va “sakrash” mashqlarini
juda ko‘p marta takrorlash kerak bo‘ladi.
Tabiiyki, yerga tushgan zahoti kuchli depsina olish sakrov-chining qanchalik
jismoniy rivojlanganligiiga bog‘liq.
5-vazifa
. “Qadamni” “sakrash” bilan bog‘lashni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Qisqa yugurib kelib “qadam” holatida uzunlikka sakrash. Qumli chuqurga
bir oyoqda tushib, oldiga yugurib o‘tish. Sonni baland “siltab” ko‘tarishga va uchish
fazasining ikkinchi qismida ikki qo‘lni orqaga tortishga e’tibor berib, buning ketidan
oyoqni faol yerga tushirib, qo‘llarni siltash.
2. 3-5 qadam yugurib kelib, ikki hatlab sakrash. Kuchli oyoq bilan chiziqdan
depsinib “qadam” holatida uchish. Uchish oxirida oyoqni baland siltab, qo‘llarni
orqaga cho‘zib, gavdani oldinga engashtirish. Keyin oyoqni “sidiruvchi” harakat
bilan UOM proyeksiyasiga yaqin qo‘yish va siltanuvchi oyoqni tez oldinlatib,
yuqoriga ko‘tarib depsinish va “sakrash”ni bajarish. Qumli chuqurga ikki oyoqda
tushish.
3. Qisqa (10-12 m) yugurib kelib, ikki hatlab sakrash.
4. Qumli chuqurdan 4 m naridagi baland (40-50 sm) joydan ikki oyoqda
depsinib, ikki hatlab sakrash. Turgan joyidan uzunlikka sakragandagi kabi uchib
chiqib, kuchsizroq oyoqni “siltab” ko‘tarish; oyoqni faol qo‘yib depsinish va
“sakrash”ni bajarish.
5. “Sakrash qadamlar”ni ko‘p-ko‘p takrorlash.
6. O‘rtacha masofadan yugurib kelib, ikki hatlab sakrash.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. Bunda ham “sapchish”ni, “qadam” bilan bog‘lashdagi
usulni ishlatish kerak. Ammo “qadam”dan “sakrash”ga o‘tish ancha sekin bajariladi,
chunki bu yerda sakrovchi uzoqroq sakrash uchun trayektoriyani ko‘tarishi kerak.
“Qadam” holatida uchish fazasida va depsinish paytida qo‘l silkishga alohida e’tibor
berish lozim. Bu harakatlarni o‘zlashtirmay turib, 5 qadam naridan yugurib kelib,
ikki hatlab sakrash yaramaydi.
6-vazifa
. Uchinchi “sakrash” texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. 11-12 m dan yugurib kelib, kuchsizroq oyoqda depsinib uzunlikka sakrash.
2. Shuning o‘zini, uzunlikka sakrashni o‘rgatishdagi kabi, to‘siqlardan sakrab
o‘tib bajarish.
3. Kuchsizroq oyoqda juda ko‘p “sapchish”.
4. Kuchsizroq oyoq bilan depsinib, balandlikka sakrash.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. Uchinchi sakrash texnikasi unchalik qiyin emas.
Muhimi, kuchsizroq oyoq bilan kuchli depsinishni o‘rgatishdir. Buning uchun
ko‘rsatilgan mashqlarni, ayniqsa to‘siq-dan oshish mashqlarini ko‘p marta
takrorlash kerak. To‘siqlardan oshib mashq qilganda, talaba depsinishda tobora ko‘p
kuch sarflab, tobora tezroq harakat qiladi-da, uning harakat amplitudasi katta
bo‘ladi. Kuchsizroq oyoqdan uzunlikka tuzukroq sakrashni bilib olsa, uch hatlab
sakrash ham uzunroq bo‘ladi. Yerga tushish texnikasini o‘rgatish uzunlikka
sakrashdagi kabi bo‘ladi.
7-vazifa
. O‘rta masofadan va uzoqdan yugurib kelib, uch hatlab sakrash
maromini o‘rgatish.
Vositalari:
1. Uch hatlab sakrashning alohida qismlarini bilib olishga, sakrash detallari va
elementlarini takomillashtirishga mo‘ljallangan yuqoridagi mashqlar.
2. Turli xil uzoqlikdan yugurib kelib, depsinuvchi oyoq tushgan yerdan
depsinib uzunlikka sakrash.
3. Shuning o‘zini taxtadan yoki eni 20-40 sm zonadan depsinib bajarish.
4. Qisqa va o‘rta yugurib kelib, belgilarga qarab, uch hatlab sakrash.
5. O‘rta masofadan (18 m gacha) yugurib kelib, uch hatlab sakrash.
6. Uzoqdan (35-40 m) yugurib kelib, uch hatlab sakrash.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. Belgilarga qarab sakrash – zarurat bo‘lsagina
“sapchish” bilan “sakrash” nisbati to‘g‘ri bo‘lishi uchun qo‘llanadi. “Qadam”ni
uzaytirishga qo‘proq e’tibor berish kerak. Bunda “qadam” uzunligi “sapchish”
to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq ekanini unutmaslik kerak “Sapchiganda” oyoqlar
almashishi kech bo‘lsa, depsinuvchi oyoq baland silkitilsa va u depsinish joyiga faol
qo‘yilsa, “qadam” yaxshi chiqadi. “Sapchish” va “qadam” uchun belgilar
sakrovchining qobiliyatiga qarab qo‘yiladi (texnikani tasvirlayotganda bayon
etilgan tavsiyalarga qarang). Yugurib kelishni belgidan (chiziqdan) depsinuvchi
oyoqni uning ustiga qo‘yib boshlash kerak. Depsinish qayerda bo‘lganini belgilab
olib, yurib kelish boshlanishi keragicha oldinga yoki orqaga suriladi. Shundan keyin
8-10 marta sakrashni tavsiya qilish kerak. Bunda har bir talaba o‘z belgisidan yugura
boshlashi kerak. Yugurib kelish uzunligi o‘lchab olinsa, keyinchalik yana aniqlash
uchun kerak bo‘ladi.
8-vazifa
. Yugurib kelish texnikasini takomillashtirish va uning optimal
uzunligini aniqlash. Depsinuvchi oyoqni taxtaga aniq tushiradigan bo‘lishni
o‘rgatish.
Vositalari:
1. To‘liq yugurib kelib, uzunlikka sakrash taxtasidan depsinib va bir oyoqda
qumga tushib, oldinga yugurib o‘ti6 ketish.
2. To‘la yugurib kelib, uch hatlab sakrash.
3. Uch hatlab sakrash musobaqalarida qatnashish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. Yugurib kelish texnikasini takomillashti-rayotganda
oxirgi 4 qadamni tezlashtirishga ko‘proq e’tibor berish kerak. Bunga yo‘lkadagi
oxirgi qadamlar belgisi yordam beradi. Yugurib kelish uzunligi bilan uning nazorat
belgisini aniqlash uzunlikka sakrashdagiga o‘xshash. Uch hatlab sakrashni o‘rgatish
boshidanoq taxtaga aniq tushishga odatlantira borish juda muhim. Buning uchun uch
hatlab, ikki hatlab va boshqa sakrash-larning barchasini taxtadan yoki chiziqdan
depsinib bajarish kerak. O‘rgatish oxirida shug‘ullanuvchilar uch hatlab sakrashda
o‘z kuchla-rini sinab ko‘rishlari va erishgan natijalarini bilib olishlari kerak. Bunda
“sapchish”, “qadam” va “sakrash” uzunliklarini ham o‘lchab olinsa, juda ham
ma’qul
bo‘ladi.
Sakrash
texnikasini
yanada
takomillashtirish
shug‘ullanuvchilarning irodaviy va jismoniy rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |