Yugurib kelish.
Uch hatlab sakrashda yugurib kelish masofasi uzunlikka
sakrashdagidan birmuncha qisqaroq. Tezlik yuqori va u sportchining jismoniy
imkoniyati darajasida. Yugurib kelishning boshlanishi uzunlikka sakrashdagi
yugurib kelishning boshi bilan bir xil. Yugurib kelishni turgan joyidan yoki qisqa
yugurib kelishdan boshlash mumkin, ammo maxsus belgidan boshlash muhim.
Yugurib kelish tezligi asta-sekin o‘sib, oxiriga borib eng yuqori nuqtasiga yetishi
lozim. Yugurib kelishda qadamlar kengligi va sur’atining bir xil bajarilishiga
erishish lozim, ayniqsa so‘nggi qadamlarda. Qadamlar ohirida qadamlar tuzilishini
o‘zgartirish kerak emas, buning o‘rniga qadamlarni shunday bajarish lozimki,
yugurishdan depsinishga o‘tish holatida sportchi o‘zini qulay his qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |