Yugurib kelib uch hatlab sakrash texnikasini
o‘rgatish uslubiyati
Uch hatlab sakrash texnikasini faqat jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lgan
shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin. Oldin qisqa masofaga yugurish va
uzunlikka sakrash bilan shug‘ullanganlarga o‘rgatish muvaffaqiyatliroq o‘tadi.
Qattiq yerda shug‘ullanish mumkin emas. Uch hatlab sakrash mashg‘ulotlari,
agar sakrash uchun qum to‘ldirilgan chuqur yonida bo‘lsa, tekis, o‘tloq maydonda
o‘tkazilishi mumkin.
1-vazifa
. Shug‘ullanunchilarni uch hatlab sakrash texnikasi bilan tanishtirish,
ularda yugurib kelish, “sapchish”, “qadam” va “sakrash” to‘g‘risida tasavvur hosil
qilish.
Vositalari
. O‘rtacha yugurib kelib uch hatlab sakrash texni-kasini ko‘rsatish.
Qisqa yugurib kelib sakrashni takrorlab, tushunchani aniqlash. Sakrash texnikasi
haqidagi fotokinogramma, kinohalqa va plakatlar ko‘rib chiqish. Musobaqada usta
sakrovchilar texnikasini kuzatish.
2-vazifa
. Uch hatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan bajariladigan oddiy
texnikasini o‘rgatish.
Vositalari
:
1. Turgan joyidan uch hatlab sakrash.
2. Shu mashqning o‘zini belgilarga qarab bajarish.
3. “Sakrab qadamlash” – oyoqdan oyoqqa “qadamlab”, uchish fazasini tobora
oshira borib, ko‘p marta sakrash. Shuning o‘zi, lekin 20-30 m masofaga kim kam
qadam tashlab yetish, 5-7 sakrash qadamida kim uzoqroqqa sakrash tarzida mashq
qilish (mashq turgan joydan uzunlikka sakrashdan boshlanadi).
4. “Sapchish”lar – 15-20 m ga ko‘p marta bir oyoqda sakrash. Shuning o‘zini
bir chiziqda bir-biridan 160-200 sm nari qo‘yilgan to‘ldirma to‘plar (yoki boshqa
narsalar) ustidan sakrab bajarish. Shuning o‘zini musobaqa tarzida bajarish.
5. Uch qadamdan yugurib kelib depsinuvchi oyoq tushgan yerdan depsinib,
uch hatlab sakrash. Shuning o‘zini chiziqdan yoki ma’lum belgidan depsinib
bajarish.
6. 5-8 m dan yugurib kelib, uch hatlab sakrash. Shu mashqning o‘zini 12-I6 m
dan yugurib kelib bajarish. Shuning o‘zini yo‘lkada “sapchish”, “qadam” uzunligini
ko‘rsatib qo‘yilgan belgilarga qarab bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. O‘rganunchilar birinchi urinishdanoq uch hatlab
sakrash sxemasini o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin boshda ko‘proq sakrash
mashqlarini: “sakrash qadamlarini” va ayniqsa “sapchishni” o‘zlashtirishga ko‘proq
e’tibor beriladi. Uch hatlab sakrashda “sapchish”ni o‘zlashtirishning eng yaxshi
mashqi predmetlar (to‘ldirma to‘plar) ustidan ko‘p marta “sapchib” o‘tishdir.
Dastlabki paytlarda mashq texnikasining detallarini o‘rgatish kerak emas. Eng
muhimi, uch hatlab sakrash sxemasini va maromini o‘zlashtirishdir. O‘rganuvchilar
yugurgandagidek qadamlamay, balki sakrashlari kerak. Buninig uchun yuqoridagi
mashqlarni va belgilar ustidan sakrashni ko‘proq bajarish kerak. Talabalarni
nisbatan bir xil maromga o‘rgatish uchun belgilar oralig‘i bir xilda bo‘lgani ma’qul.
Ketma-ket sakrashlarda, uchish fazasini uzaytirish maqsadida, “B-i-i-r, ik-ki-i, u-
uch” deb sanab turish kerak.
3-vazifa.
“Sapchish” va “qadam”dan keyin yerga tushish va depsinish uchun
oyoqni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rgatish.
Vositalari:
1. Siltanuvchi oyoq sonini gorizontaldan yuqoriroq ko‘tarib, to‘xtovsiz
“sakrash qadamlari”. Depsinuvchi oyoqni baland-baland ko‘tarib va uni oyoq
uchidan boshlab faol yerga qo‘yib, to‘xtovsiz “sapchish”lar.
2. Oyoqni depsinish joyiga shiddat bilan tez orqaga sidirayotganday qo‘yib,
sonni baland-baland siltab, turgan joydan besh va yetti hatlab “odimlab” va
“sapchib” sakrashlar.
Z. Yerga oyoq qo‘yishdan oldin, sonni baland ko‘tarishga diqqatni jalb qilib,
bir oyoqda sapchishlar.
4. Sonni baland-baland siltab, oyoqni depsinish joyiga tez va faol qo‘yib,
to‘xtovsiz “sakrash qadam” va “sapchish” mashqlari.
5. Qisqa yugurib kelib, uzunlikka sakrash taxtasida depsinish; bir oyoqda
qumga tushib, oldinga yugurib o‘tish.
6. Shu mashqning o‘zini “qadamlab” uchishni cho‘zibroq, oyoqlarni kechroq
almashtirib bajarish.
7. Shuning o‘zi, lekin oyoqlarni almashtirishda oyoqni baland siltab, tez va
shiddat bilan “sidiruvchi harakat” qilib yerga qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: