Shunga o‘xshash quyidagi formulalarni ham keltirish mumkin:
S= a.b To‘g‘ri to‘rtburchakning S yuzini topish uchun uning eni a ni bo‘yi b ga ko‘paytirish lozim.
formulani hosil qilamiz.
a
b
S= a2 P = 4 a Asosi a ga teng bo‘lgan kvadratning P perimetri 4a ga, yuzi S esa a2ga teng.
Formulalar -bir nechta kattaliklarni bir-biriga tenglik yordamida bog‘laydi. Ularni yodda tuting! Ular masalalar yechayotganingizda ko‘p kerak bo‘ladi.
To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 6 cm. Eni bo‘yidan 4 cm uzun. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping (2-rasm).
Yechish: Masala shartida uchta kattalik - to‘g‘ri to‘rtburchakning a-bo‘yi,
S=? b - eni va S -yuzi haqida gap boradi.
Ma’lumlar: bo‘yining uzunligi a=6 cm.
Noma’lumlar: enining uzunligi b-? Izlanayotganoma’lum: yuzi S-? a=6 cm
Ma’lumbog‘lanishlar: masala shartiga ko‘ra; to‘g‘ri to‘rtburchak eni bo‘yidan 4 cm uzun
To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish uchun uning bo‘yi bilan enini ko‘paytirish kerak.
Lekin, faqat bitta ko‘paytuvchi, ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi ma’lum.
To‘g‘ri to‘rtburchakning enini topish uchun uning bo‘yi uzunligiga 4 cm ni qo‘shish kerak.
To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi Sni topish uchun uning bo‘yi ani eni bga ko‘paytirish kerak.
To‘g‘ri to‘rtburchakning eni: b=a+4 =6 + 4 = 10 (cm).
To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi: S=a.b=6 .10 = 60 (cm2).
To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini topib, tekshiramiz: 60 : 10 = 6 (cm). To‘g‘ri natija!
Javob:To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 60 cm2ga teng.
Quyidagi masalalarni yeching va ularning shartlarini o‘zaro taqqoslang:
Bo‘yi 8 m, eni 5 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping (4-rasm);
Bo‘yi 8 m, yuzi 40 m2bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning enini
toping (5-rasm);
d) Eni 5 m, yuzi 40 m2bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini toping (6-rasm);
7-rasmda tasvirlangan futbol maydoni o‘lchamlariga
ko‘ra uning yuzini hisoblang.
8-rasmdagi uy sxemasiga ko‘ra, har bir xonaning yuzini toping.
90 m
40 m
6 m
6 m
8 m
20 m
9-rasmdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi hovli haqidagi ma’lu- motlardan foydalanib, uning bino- dan tashqari bo‘lagining yuzini toping.
60 m
To‘g‘ri to‘rtburchakmining perimetri 14 cm, bo‘yi 4 cm. Enini toping.
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 36 dm, eni 12 cm. Bo‘yini toping.
10-rasmdagi ABCDto‘g‘ri to‘rtburchak yuzini toping.
210 m2
100 m2
90 m2
C B ? K 4 m C
3 m
A D A M D
11-rasmdagi ABCDto‘g‘ri to‘rtburchak perimetri 18 m. CD=3 m,
KC= 4 m bo‘lsa, BKkesma uzunligini toping. 12B C 12-rasmdagi ABCDkvadrat va bo‘yalgan
shakl perimetrlarini o‘zaro taqqoslang.
Tomoni 6 cm bo‘lgan kvadrat ikkita teng to‘g‘ri to‘rtburchakka bo‘lindi. Har bir to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping.
A D
13-rasmga ko‘ra masala tuzing va uni yeching.
Tomorqa sxemasiga ko‘ra har bir maydon perimetrini toping (14-rasm).
20 m
Kartoshka
Bodring
Pomidor
? m 6m 8 m
10 m
6 m
Boks ringi atrofi 4 qavat arqon bilan o‘ralgan (15-rasm). Agar ring tomoni
6 m bo‘lgan kvadrat shaklda bo‘lsa, uni o‘rash uchun necha m arqon kerak bo‘ladi?
16-rasmdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi dala maydoni yuzi necha sotix?
17-rasmgagi tomorqa bo‘yi 6 m va eni 12 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Uning 6 m x 7 m o‘lchamdagi bo‘lagiga chim o‘t, qolgan qismiga atirgullar ekildi. Atirgul ekilgan maydon yuzini toping.
18-rasmdagi bo‘yi 10 cm eni 18 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi faner bo‘lagidan tomoni 5 cm bo‘lgan kvadrat kesib olindi. Fanerning qolgan qismining yuzini toping.
6 10
12 m
444.19-rasmdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklarning yuzi teng. Birinchisining bo‘yi - 24 cm, eni esa 3 cm. Ikkinchi to‘g‘ri to‘rtburchakning eni birinchisining enidan 5 cm uzun. Ikkinchi to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini toping.
To‘g‘ri to‘rtburchakmining perimetri 36 dm, eni 12 cm. Bo‘yini toping.
Bog‘dagi uzunligi 10 m, eni 50 cm bo‘lgan yo‘lakka plitkalar terildi. Plitka tomoni 25 cm bo‘lgan kavadrat shaklida. Necha dona plitka kerak bo‘lgan?
Kvadratning perimetri 60 dm bo‘lsa, tomonini toping.
3 cm
24 cm
?,
5 cm uzun
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 64 dm, bo‘yi 18 cm. Enini toping.
20-rasmdagi tomorqa sxemasiga ko‘ra, har bir maydon yuzini toping.
21-rasmdagi bo‘yi 65 cm eni 30 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi faner bo‘lagidan o‘lchamlari 20 cm x 15 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kesib olindi. Fanerning qolgan qismining yuzini toping.