Junni xas-chuplardan tozalash. Ayrim turdagi jun tarkibida kup mikdorda usimlik qoldiqlari, xas-chuplarda tikan siniqlari bo‘ladi.
Jun tolasini tarash jarayonida bunday chiqindilarni olib tashlashni imkoniyati ogir, balki mayda bulakchalarga bulinib ketadi. Natijada kelgusidagi texnologiya jarayonlarini qiyinlashtiradi, jundan ishlab chiqarilgan gazlama sifatini pasaytiradi. Bunday chiqindilarni olib tashlanishi maqsadga muvofikdir.
Xas-cho‘p va usimlik qoldiqlarini ikki xil usulda ajratiladi: kimiyoviy va mexanika usullaridir.
Jun tolasining ifloslanish darajasiga qarab xas-chupdan tozalaydigan mashinalarning unumdorligi soatiga 40-80 kilogramdan iborat.
Junni xas-chup chiqindilaridan tozalashning kimyoviy usulini karbonizatsiya deb ataladi. Bunday usul jun tolasi tarkibiga aralashgan xas-chup qoldiqlariga sulfat javxari (kislota) eritmasini ta’sir etdirishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |