Tabiiy ipakning xusuiyatlari. Har bir to‘qimachilik mahsulotlarining xususiyatlari kabi tabiiy ipak ham malum xususiyatlarga ega.
Tabiiy ipakning asosiy ko‘rsatkichlariga, uning chiziqiy zichligi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zgaruvchanlik koeffitsienti, bir kilogramm vaznga to‘g‘ri keluvchi uzilishlarning miqdorini ifodalovchi o‘raluvchanlik (peremotochnaya sposobnost) xususiyati hamda pilla iplarining xom ipakka birikkanligini ko‘rsatuvchi ilashuvchanlik (svyazannost) kattaliklar kiritilgan.
Tabiiy ipakdan pishitilgan iplarni ishlab chiqarish. Tabiiy ipakdan pishitilgan iplar gazlama va bezak buyumlari to‘qish, tikuvchilikda va jarrohlikda ishlatiladigan chok materiallari sifatida qo‘llanish hamda texnikada (masalan, himoya vositalari ishlab chiqarish) ishlatish uchun foydalaniladi.
Pishitilgan ipaklarning ishlatilish vazifasiga ko‘ra, ipak pishitiladigan korxonalarda nafaqat tabiiy ipak, balki viskoza, atsetat kabi suniy, kapron, neylon, lavsan va anid kabi sintetik iplar va ularning tolalaridan yigirilgan kalava iplar ham qayta ishlanadi (pishitiladi).
Pishitilgan iplar o‘zining pishitilishdagi buramlar soniga, olingan ipning qanday maqsadda qo‘llanilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Arqoq ipi deb — ikki va undan ortiq tabiiy ipak yoki kimyoviy iplarni biriktirib, har bir metrga 50 dan 150 gacha buramlar to‘g‘ri keladigan pishitilgan ipga aytiladi. Tanda ipi deb — odatda ikki va to‘rt xom ipakdan iborat bo‘lib, ularning alohida holda pishitilib, so‘ngra qo‘shilgandan so‘ng qarama-qarshi yo‘nalishda pishitiladigan ipga aytiladi. Tabiiy ipakdan tanda ipi tayyorlan-ganda, ipning chiziqiy zichligi va soniga qarab, birinchi pishitishda har bir metrga 300 dan 600 gacha buramlari bo‘ladi, ikkinchi pishitishda esa har bir metrga 250—550 buramlari bo‘ladi.
Grenadin ipining — tanda ipidan farqi, uning birinchi pishitilishdagi har bir metriga to‘g‘ri keluvchi buramlari 1000— 1500; ikkinchi pishitilishda esa 750— 1250 dan iborat.
Jilvali ipak — tabiiy ipakning pishitilgan ipi ichida eng keng tarqalgani bo‘lib, u ikki yoki yetti qavatli xom ipakdan tashkil topgan bo‘ladi. Jilvali pishitilgan ip ishlab chiqarish uchun, ipakning bir metriga to‘g‘ri keladigan buramlar soni 2200 dan 3200 gacha to‘g‘ri keladi. Bunday yuqori pishitishga ega bo‘lgan iplarning buramlari ochilishga intiladi, natijada ipning sirtida chigal- tugunlar vujudga keladi. Bunday holatni yo‘q qilish uchun jilvali pishitilgan iplarga bug‘ yordamida ishlov beriladi. Bug‘ harorati ipak tarkibidagi seritsin moddasini yumshatib, bug‘dan olingandan so‘ng qotadi, natijada buramlar mustahkamlanib qoladi.
Tikuvchilik iplari — xom ipakning uch yoki undan ortig‘ inlarni biriktirib, birinchi pishitish, so‘ngra birinchi pishitishdan chiqqan iplardan uchtasini biriktirib, qarama-qarshi yo‘nalishda pishitiladi. Odatda pishitilgan ip ishlab chiqarilganda birinchi pishitilishlar soni ikkinchi pishitilish sonidan ko‘p bo‘ladi. Shunda pishitil-gan ipning buramlari muvozanat holatiga keladi.
Hashamdor iplar — murakkab usulda pishitilish asosida ishlab chiqariladi. Bu usulda bitta ip o‘zak vazifasini bajaradi, ikkinchi ip o‘zak ipning ustini chirmovuq kabi o‘rab turli xildagi shakllar (tugun, halqa, to‘liqsiz halqa va hokazolar) hosil qiladi, uchinchi ip esa shakl hosil qilgan ipni, uning buramlarini ochishiga yo‘l qo‘ymay ushlab turadi. Pishitilgan ip sirtidagi shakllar burash urchug‘iga kelayotgan iplarning tezligi, tarangligi va chiziqiy zichligi turlicha bo‘lishidan hosil bo‘ladi (masalan, o‘zak vazifasini o‘tovchi ip tezligi kam). Ikkinchi marta pishitilganda uchinchi ip hashamdor buramlarni mustahkamlaydi. Hashamdor iplar bir xil tarkibda (faqat tabiiy, yoki kimyoviy iplar) yoki turli tarkibda (tabiiy va kimyoviy iplarni birgalikda ishlatish) bo‘Iish mumkin.
Ipak pishitish korxonalarida muslin, jilvali-grenadin, murakkab buramli jilvali ip, himoya ipagi, texnikada qo‘llaniluvchi pishitilgan ip (kord) va hokazolar ishlab chiqariladi. Pishitilgan iplaming turlari to‘g‘risidagi batafsil malumotlar adabiyotlarda batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |