«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet1/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
Oy


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

X.Z.ISMATULLAYEVA
«MATERIALSHUNOSLIK»

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o'quv yurtlari “5111000 - Kasbiy ta’lim (5150900 - Dizayn (kostyumi))” bakalavriat ta’lim yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.

Toshkent - 2017

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2017



yil buyrug'iga asosan “5111000 - Kasbiy ta’lim (5150900 -

Dizayn (kostyumi))” bakalavriat ta’lim yo'nalishi talabalari uchun darslik uchun nashrga ruhsat etildi.

«Materialshunoslik» darsligi talabalar uchun modjallangan bo‘lib, unda to‘qimachilik tolalarning olinishi, tuzilishi, yigirish jarayoni bo‘yicha umumiy ma’lumot, gazlamalarning tuzilishi, trikotaj va noto‘qima matolarning olinishi va tuzilishi, issiq tutuvchi materiallar, kiyim furniturasi, pardozlovchi materiallar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Undan tashqari, ushbu darslik davlat tilida sodda va tushunarli qilib yozilgan.

В данном учебнике отражены основные задачи курса “Материаловедения”. В книге изложены основные понятия, получение и свойства волокон, нитей, текстилных материалов. Даны новые методы, изучения свойств новых видов текстилных материалов. Учебник соответсвует предявляевым требованием и программе курса.

This textbook reflects the main tasks of the course "Materials Science". The book outlines the basic concepts, obtaining and properties of fibers, yarns, textile materials. New methods are given, studying the properties of new types of textile materials. The textbook corresponds to the pre-existing requirement and the program of the course.

Taqrizchilar: TTESI, «Materialshunoslik» kafedrasi

professori:

M. Kulmetov

Nizomiy nomidagi TDPU “Mexnat ta‘limi va dizayn” kafedrasi professori: B.Muhammadsaidov.

MUNDARIJA


X.Z.ISMATULLAYEVA «MATERIALSHUNOSLIK» 1

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 1

MUNDARIJA 2

KIRISH 5


I-BOB. TO‘QIMACHILIK TOLALARINING OLINISHI HAQIDA 7

UMUMIY MA’LUMOT 7

1.1.TOLALARNING TASNIFLANISHI 7

1.1.1.Tikuvchilik materialshunosligi fani va uning ahamiyati 7

1.1.2.Tolali materiallar, ularning tasniflanishi va asosiy xususiyatlari 8

1.1.4 Sellyuloza va oqsil moddalarining tuzilishi 15

Takrorlash savollari: 20

1.2.TABIIY TOLALARNING OLINISHI 21

1.2.1.Paxta tolasining olinishi 21

Takrorlash savollari: 28

1.2.2.Poya po‘stlog‘idan olinadigan tolalar. Zig‘ir, kanop, jut tolali o‘simliklarning turlari va ko‘rsatkichlari 29

Takrorlash savollari: 41

1.2.3.Jun tolalarining olinishi va ularning xossalari 41

Takrorlash savollari: 53

1.2.4.Tabiiy ipak. Umumiy malumotlar 54

Takrorlash savollari: 71

1.2.5.Asbest tolasining olinishi va ishlatilishi 71

Takrorlash savollari: 73

1.3.1.Kimyoviy tola olishda ishlatiladigan xom ashyolar 77

1.3.2.Sun’iy tola, iplarning olinish texnologiyasi va ularning xossalari 83

Takrorlash savollari 87

1.3.3.Sintetik tolalar va iplarni olish texnologiyasi 88

Takrorlash savollari: 92

П-BOB. TO‘ QIMACHILIK TOLALARIDAN IP YIGIRISH 93

2.1.Yigirish xaqida umumiy ma’lumotlar 93

Takrorlash savollari: 98

2.2.To’qimachilik iplarining tasniflanishi 99

Takrorlash savollari: 102

2.3.Kalava ip va iplarning xossalari 102

2.4 Kalava ip va iplarning nuqsonlari. 106

Takrorlash savollari: 107

2.5.Gazlamalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va ularni ishlab chikarilishi 108

2.6.Gazlama va uni to‘quv dastgohida shakllanishi 108

2.7.Gazlamaning turlari 110

Takrorlash savollari: 111

3.1.Gazlama o‘rilishlari. 113

Takrorlash savollari: 122

3.2.Gazlamalarning o’lcham tavsiflari 123

Takrorlash savollari: 130

3.3.Gazlamaning mexanik xossalari 131

тт 132

Takrorlash savollari: 145



3.4.Gazlamalarning fizik xossalari 145

Takrorlash savollari: 149

3.5.Gazlamalarning optik xossalari, koloriti, guli va ularni bo’yash 149

Takrorlash savollari: 152

3.6.Gazlamalarning texnologik xossalari 152

Takrorlash savollari: 161

3.7.Gazlamada bo’ylama ipni, gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini 161

aniqlash 161

3.8.Gazlamalarning tolali tarkibi 163

Takrorlash savollari: 167

3.9.Gazlamaning nuqsonlari 167

3.10.Gazlamalarning nomi va tarixi 173

Takrorlash savollari. 175

IV BOB. GAZLAMALAR ASSORTIMENTI 177

4.1.Ip gazlamalar assortimenti 177

4.2.Jun gazlamalar assortimenti 194

4.3.Shoyi gazlamalar assortimenti. 205

4.4.Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti. 212

4.5.Sun’iy va sintetik gazlamalar assortimenti 214

Takrorlash uchun savollar: 220

V-BOB. NOTO‘QIMA MATOLAR 221

5.1.Noto‘qima matolar ishlab chiqarish xaqida qisqacha ma’lumot 221

5.2.Noto‘qima matolarning tikuvchilik sanoatida qo‘llanilishi 227

Takrorlash savollari: 229

VI-BOB. TRIKOTAJ MAHSULOTLARI 229

6.1.Trikotaj mahsulotlarining tuzilishi va xossalari 229

6.2.Trikotajning tuzilishi 230

6.3.Trikotaj o‘rilishlari 231

Asosiy o‘rilishlar 233

Л / Л !. \' '/ \X / 233

богпаб тукилган 236

Takrorlash savollari: 236

VII-BOB. ISSIQ TUTUVCHI MATERIALLAR 237

7.1.Tabiiy va sun’iy mo‘ynalar 237

7.2.Momiq mo‘yna terilar acortimenti 240

7.3.Vatin, vatilin, porolon va qavat materiallar 249

7.4.Momiq 252

Takrorlash savollari: 253

8.1 Kiyim furniturasi. Tugmalar 255

8.2.Ignalar, petlyalar, tukalar va pistonlar 258

8.3.Qotirmalik materiallar. 262

8.4.Bezak materiallar. 263

Bezak lentalar : 265

Takrorlash savollari: 270

IX-BOB. KIYIM DETALLARINI BIRIKTIRISH UCHUN ISHLATILADIGAN MATERIALLAR 270

9.1. G‘altak iplar 270

9.2.Yopishtiruvchi materiallar 278

Takrorlash savollari: 280

Elektron ta’lim resursi: 285


KIRISH

Bozor munosabatlarining yangi sharoitida iqtisodiy islohatlami bosqichma- bosqich, davr talabiga qarab amalga oshirish, korxonalarni boshqarish tizimini bozor iqtisodiyotiga moslashtirish, chet el investitsiyalarini ko‘proq jalb etish, mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, korxonalarda servis xizmatini takomillashtirish, xom ashyo o‘rniga tayyor mahsulotlarni sotish uchun tadbirlar ishlab chiqish, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyatga egadir.

0‘zbekiston Respublikasida oqilona va samarali iqtisodiy siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojlanishi asosiy manba, omillarining to‘g‘ri tanlanishini va ularga ustuvor ahamiyat qaratilishi keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishining yuqori sur’atlarini ta’minlashiga imkoniyat yaratilmoqda, ya’ni yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sish an’anaviy xom ashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay konyuktura va ayrim xom ashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishi hozirgi bozor iqtisodiyoti bosqichida mahsulot va ish sifatini yanada yuqori darajalarga ko‘tarish g‘oyat zarur bo‘lgan masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ahamiyatli yutuqlar, salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritildi. Xususan, Prezidentimiz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2016 yil yakunlari to‘g‘risidagi ma’ruzasida, birinchi navbatda, mamlakat yalpi ichki mahsulotining yuksak o‘sish sur’atlari va oltin-valyuta zahirasining oshishi va to‘lov balansining barqarorligini ta’minlaydigan eksport hajmining misli ko‘rilmagan darajada ko‘payishi kabi ijodiy holatlarning xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan yuksak darajada baholanishini quvonch bilan qayd etib o‘tdi.

Mamlakatimiz rivojlanishi uchun hukumatimiz oldiga bir qator vazifalar qo‘yildi. U ham bo‘lsa, barcha turdagi korxonalarni tubdan yangilash, zamonaviy texnik va texnologiyalar bilan qayta jihozlash, mamlakatning boy tabiiy va mineral xom ashyo salohiyatidan to‘la va samarali foydalanish, eksportga moslashgan va import o‘mini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitda ustuvor hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga yordam ko‘rsatilmasa, iqtisodiy strategiya boy beriladi, o‘tish davrida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida shuni e’tiborda tutish kerakki, u ustuvor, katta istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har tomonlama rag‘batlantirish, ya’ni eng muhim bo‘g‘inlarini aniqlash va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta ishlash va tashkil etish bo‘yicha izchil siyosat o‘tkazish kerak.

Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini boshqarish taktikasi va strategiyasi o‘zgardi. Asosiy e’tibor korxonaning ichki ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishga qaratildi. Asosiy maqsad, korxonaning kelajakdagi istiqbolini aniq tasavvur eta olishdir.

«Materialshunoslik» fanidan yozilgan darslik talabalarga to‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalar, iplar, to‘qimachilik maxsulotlari xaqida asosiy ma‘lotlarni berib, ularning xossalarini va o‘rnini o‘rgatadi.

I-BOB. TO‘QIMACHILIK TOLALARINING OLINISHI HAQIDA

UMUMIY MA’LUMOT


  1. TOLALARNING TASNIFLANISHI

  1. Tikuvchilik materialshunosligi fani va uning ahamiyati

Tikuvchilik materialshunosligi fanining asosiy maqsadi, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan gazlama, trikotaj va notuqima matolarning olinishi, ularning tuzilishi, xossalari va sifatlarini aniqlash, qo‘llaniladigan jihoz va uskunalar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi, tasniflanishini batafsil bayon etiladi.

Respublikamiz tikuvchilik tarmog‘i korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash, xalq ehtiyojini qondirish va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash kabi mas’uliyatli masalalarni bartaraf etishda tikuvchilik materialshunosligi fanining ahamiyati katta. Muhandis texnologlar tomonidan ishlab chiqarish jarayonini, ishlatiladigan xom ashyo xossalariga muvofiq boshqarib, sifatli mahsulot tayyorlashda bevosita yordam beradi.

Tikuvchilik materialshunosligi bilan shug‘ullanuvchi mutahassislar, ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi materiallar nuqsonlarini, sifatini hamda xossalarini aniqlash bilan cheklanib qolmay, balki mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha ham faol qatnashib, bo‘lajak nuqsonlarni hosil bo‘lish sababalarini ham aytib berish mumkin.

Ma’lumki ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini oshirish qator omillarga, shu jumladan texnologiya uskunalarining ish holatiga, ishlab chiqarish jarayonida mehnatni tashkil etishga, ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi materiallarning sifatiga, tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda mutaxassislarning bilimdonligi va malakasiga, ishchilarning kasb mahoratiga hamda sinov o‘tkaziladigan jixoz va uskunalarning zamonaviyligiga bog‘liq.

Yuqorida aytilgan omillarning barchasi, bo‘lajak mutaxassislarning tikuvchilik materialshunoslik fanini qanchalik o‘zlashtirganligiga, bu fan to‘g‘risida qanchalik ko‘p axborot va ma’lumotlarga ega ekanligiga, ayniqsa tikuvchilik mahsulotlarining dastlabki tashkil etuvchisi-tola va to‘qimachilik iplarining ta’riflanishi, tasniflanishi hamda xususiyatlarga ega ekanligidan habardor bo‘lishi joiz.


  1. Tolali materiallar, ularning tasniflanishi va asosiy xususiyatlari

Tola deb, uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta bo‘lgan, ma’lum darajada egiluvchan, cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik tarmog‘ining xom ashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p xollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. Aytilganlarni inobatga olib, tolaga quyidagicha ta’rif beriladi: To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va ma’lum qayshqoqlik, pishiqlik, cho ‘ziluvanlik xususiyatlariga ega bo ‘lgan jismga aytiladi.

Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks tolalarga bo‘linadi: Uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks tola deyiladi.

Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi:



Tabiatdagi о ‘simliklardan (paxta, zig ‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi mavjud bo ‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi.

Kimyoviy tolalar ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: sun’iy tolalar va sintetik tolalar: Tabiatdagi mavjud bo ‘lgan moddalarni kimyoviy usul bilan qayta ishlash asosida olinadigan tolalar sun ’iy tolalar deyiladi. Yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul bilan sintez qilish asosida olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi1.

To‘kimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalarni mukammal o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. 1.1-jadvalda to‘qimachilik tolalarining tasniflanishi keltirilgan.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tolalar ikki sinfga bo‘linadi - tabiiy va kimyoviy tolalar. Xar ikki sinf ham ikkitadan kichik sinflarga bo‘linadi - organik va anorganik tolalar kichik sinflarga. Tabiiy tolalarning organik kichik sinfiga kiruvchi tolalar ikkita guruhga - o‘simliklardan va jonivorlardan olinuvchi tolalarga, anorganik kichik sinfiga kiruvchisi faqatgina bitta guruhga bo‘linadi. 0‘simliklardan olinuvchi tolalar uchta guruhchaga bo‘linadi - urug‘idan, poyasidan va bargidan olinuvchi. Jonivorlardan olinuvchi tolalar ikkita guruh chaga boTinadi - teri ustidagi jun qatlamidan olinuvchi va tola ajratuvchi bezlardan ishlab chiqariluvchi. Tabiiy tolalarning urug‘idan olinuvchi guruhchasiga paxta tolasi, poyasidan olinuvchi guruhchasiga - kanop, zig‘ir, kunjut va penka tolalari, bargidan olinuvchi guruhchasiga - sizal, manilla, geneken tolalari kiradi. Teri ustidagi jun qatlami guruhchasiga kiruvchi tolalarga tuya, echki, qo‘y junlari, tola ishlab chiqaruvchi guruhchasiga kiruvchi tolalarga tut, eman ipak qurti ipagi kiradi.

Tabiiy tolalarning anorganik kichik sinfi, ma’danlardan olinadigan tola guruhi, tog‘ birikmalaridan ishlab chiqariladigan guruhchasiga kiruvchi tola bu toshpaxtadir (asbest).



1.1-jadval


To‘qimachilik tolalarining tasnifi


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish