Pilla tayyorlash va uni dastlabki ishlash. Pilla tayyorlash. Pillalarni dastlabki ishlash tuman va tumanlararo bazalarda, ipakchilik, pillachilik tizimining quyi bo‘g‘inlarida olib boriladigan jarayon hisoblanadi. Mazkur bazalar bajaradigan ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ipak qurti pillalarga shartnoma tuzish, urug‘larni jonlashtirish va jamoa, davlat xo‘jaligi hamda ayrim qurt boquvchilarga ipak qurti tarqatish, pillachilik ozuqa bazasini tashkil etish va kengaytirish, qurt boqishga tayyorgarlik ko‘rish va qurt boqish vaqtida jamoa, davlat xo‘jaligi azolariga hamda ayrim pillachilaiAa tashkiliy va agrotexnika jihatidan yordam ko‘rsatish, pillachilik xo‘jaliklarini ishlab chiqarish materiallari, asbob-uskuna va yordamchi jihozlar bilan, shu jumladan, oldindan bo‘nak (avans) puli berish tartibida taminlash, pilla tayyorlash, pilla topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish, pillalarni dastlabki ishlash (g‘umbagini o‘ldirish va pillalarni quritish) hamda pillalarni pillachilik korxonalariga quruq holda sotish.
Qabul qilingan pillaning qizib ketishi va sifati pasayishining oldini olish maqsadida, uni juda yupqa qatlam qilib yoyiladi. Eng yaxshisi, tirik pillalarni, tubi 75 sm va o‘rta qismining balandligi 50 sm keladigan pushtalar tarzida brezent sholchalarga to‘kib joylashtirilgani maqul. Bunday pushtaning har metr uzunligiga 30 kilogrammga yaqin pilla to‘g‘ri keladi. Pushtalar orasida 50 sm kenglikda yo‘l qoldiriladi.
Qorapachoq pillalarning hidiga terixo‘r qo‘ng‘izlar uchib kelishi mumkin, shunga ko‘ra bunday pillalarni navli pillalardan uzoqda. tuprog‘i shibbalangan yoki yuzi shuvalgan maydonchaga to‘kish tavsiya qilinadi, ular asosi eni 100 sm va balandligi 10 sm keladigan pushta holida joylashtiriladi.
G‘umbaklarni o‘ldirish va pillani quritish pillalami dastlabki
ishlash bazalarining vazifasi hisoblanadi. Pilla g‘umbaklarini o‘ldirishning quyidagi usullari mavjud:a
issiq havo yordamida;
suv bug‘i yordamida;
quyosh nuri bilan;!
havosiz bo‘shliqda;
radiaktiv nurlar bilan;
yuqori chastotali elektr toki yordamida;
kimyoviy moddalar bilan zaharlash asosida;
manfiy ishorali haroratda sovqottirish asosida;
suyultirilgan azot bilan ishlash asosida va hokazolar.
Sanoatda pilla g‘umbaklarini o‘ldirish jarayoni bilan pillaning qobig‘ini quritish birgalikda bajariladi. Chunki pilla qobig‘ining tarkibidagi namlik uni uzoq muddatga saqlashga yo‘l bermaydi. Qobiqdagi namlikning hisobiga, uning sirtida mog‘orlash yuzaga keladi. Shuning uchun pilla g‘umbagi o‘ldirilishi bilan birgalikda uni quritish jarayoni olib boriladi.
Pilla g‘umbagini issiq havo yordamida o‘ldirish va uning qobig‘ini quritish. Pillalarning g‘umbagini o‘ldirish maxsus bug‘ xonalarda 20—25 daqiqa muddat ichida 70—80 gradusli haroratda bajariladi. So‘ng g‘umbagi o‘ldirilgan pillalar maxsus qutilarga solinib, to‘la sovigunigacha qoldiriladi.
Pillalami o‘lchamlari bo‘yicha saralash jarayonida ular 4 guruhga; mayda, o‘rta o‘lchamdagi: yirik va o‘ta yirik pillalarga ajratiladi. Pillalarning bunday saralanishi, uning yarim sharlarini diametriga qarab bajariladi. Quyida pillalarning yarim sharlari diametrlari bo‘yicha guruhlari keltirilgan:
guruh — mayda pillalar — 15 millimetrgacha
guruh — o‘rta pillalar — 18 millimetrgacha
guruh — yirik pillalar — 21 millimetrgacha
guruh — o‘ta yirik pillalar —22 millimetrdan katta o‘lchamdagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |