«materialshunoslik»


Tutchilik. Tut daraxti va uning tavsiflari



Download 4,24 Mb.
bet16/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120
Bog'liq
Oy

Tutchilik. Tut daraxti va uning tavsiflari. Tut daraxti ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, uning barglaridan ipak qurtlari uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari tutning manzarali va mevali daraxt sifatida ham ahamiyati katta. Uning mevasi, yani tuti juda lazzatli va sershakar bo‘ladi. Ipak-: qurti uchun ozuqa sifatida foydalaniladigan tutlar baland tanali daraxtlar va butalar ko‘rinishida o‘stiriladi. Qulay tabiiy sharoitdal tut daraxtlarining bo‘yi 18—20 metrga yetadi. Tut o‘rta hisobda 200 yil, ayrim turlari esa 500 yilgacha yashaydi. Tutning novdalari t ipak qurtlari uchun ozuqa sifatida kesib turilganda daraxt tez qarib, V 50—60 yilda qurib qoladi. Buta shaklida o‘stirilgan tutlar 25—30 yilgina yashaydi, lekin baland tanali tutlarga qaraganda 2—3 yil ilgariroq hosilga kiradi, boshqacha qilib aytganda, barglaridan 2—3 yil ilgariroq ozuqa sifatida foydalanish mumkin.

Tutning hayot davri shartli ravishda uchga boTinadi: kuchli o‘sish davri unib chiqqan paytidan hosilga kirgunga qadar 5—6 yil davom etadi, barg hosilining tobora ko‘payish va muttasil-hosil berib turish davri 50 yil davom etadi hamda o‘sish va hosil berish jarayonlarining sezilarli darajada so‘nish davri 50 yildan 100 yilgacha va bundan ham ko‘proqqa cho‘ziladi.

Tut — ko‘pincha ikki uylik, ayrim jinsli o‘simlik, changchi o‘simlikning kurtagidan, avvalo, faqat kuchala chiqadi: kuchalalar gullab to‘kilgandan keyingina dastlabki barglar paydo bo‘ladi.

Tutdoshlar oilasi o‘z ichiga 65 avlodni birlashtiradi. Maklyura, qog‘oz-daraxt (brussonetiya), fikus, tut va boshqalar ana shular jumlasidandir. Bu avlodlarni oilaga birlashtiruvchi asosiy belgilar o‘simlik to‘qimasida sut yo‘llari va sutsimon shira mavjudligi, shuningdek, to‘pgul, gul va barglarning tuzilishidan iborat.

Tut avlodiga urg‘ochi gulning tuzilishi, bargi, to‘pgulli va to‘pmevasining morfologik belgilariga qarab, tut daraxtining 24 botanik turi kiritiladi. Bu turlar xo‘jalik nuqtai nazaridan har xil qimmatga ega, ular orasida: ozuqabop, meva beradigan hamda manzarali daraxt sifatida ekiladigan tutlar bor. Pilla o‘raydigan ipak qurtini boqish (oziqlantirish) uchun asosan oq tut, sershox tut, yapon tuti va Kagoyama tuti barglaridan foydalaniladi.

Oq tutning navlari va jaydari xillari juda ko‘p, 0‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Oq tutning SANIISH-7, Pioner, Oktabr, Lixi- 5 kabi navlari, 0‘zbekiston hamda Tojikistonda urug‘siz tut, Qatlama, Safed, Balxi, Payvandi tut kabi jaydari tutlar o‘stiriladi.

Oq tutning barglari juda to‘yimli bo‘lib, ipak qurtlari shu barglar bilan oziqlantiriladi. Sershox, tanasi kul rang tut daraxtlari ayniqsa ozuqabop hisoblanadi. Shoxlaridan ko‘pincha yon novdalar o‘sib chiqadi. Barglari asosan o‘rtacha kattalikda, bazan mayda bo‘ladi, shakli yurak, tuxumsimon yoki tuxum shakliga salgina o‘xshaydi, chetlari kertikli, bazan butun bo‘ladi, bargning usti tekis va bir oz tuklidir.

Oq tut ayrim jinsli, ko‘pincha ikki uyli, urg‘ochi gulli kalta ustunchalardan iborat. To‘pmevasi oq, qora, pushti rang va binafsha rang, shakli silindrsimon yoki tuxumsimon uzunchoq, ichi urug’ bilan to‘lgan. Changchi-kuchalasi och sariq rang, changdoni bilan ajralib turadi.»

Yapon tuti (ipak qurti tuti) 0‘zbekistonda va Kavkazda uchraydi! Tutning bu navi past bo‘yli bo‘lib, shoxlari to‘g‘ri, to‘q qo‘ng‘ir rang, kurtaklari yirik, uchi cho‘zinchoq shaklda. Barglari yaxlit yoki bo‘lakchali, tuxumsimon cho‘zinchoq (oval shaklida), tepa qismi uchliroq. Bargining uzunligi 13 santimetrga yaqin, eni 6 sm., chetlari notekis-kungirali, bazan to‘mtoq kungirali yoki arra tishli bo‘ladi.

Bu turga kiruvchi navlar bir yoki ikki uyli, urg‘ochi guli uzun ustunchadan iborat. To‘pmevasi yirik, silindrsimon, qora rangda.

Tutning bu turiga, asosan, yapon navlari Ginriu-Itixey, Murasaki-Vase, Togo- Vase va boshqalar kiradi. Mazkur navlar nisbatan sovuqqa chidamliligi va erta barg yozishi bilan ajralib turadi.

Sershox tutning boshqa tutlardan farqi shuki, uning bir yillik shoxlari bahorda, ko‘pchilik yapon navlari kabi barg chiqarmaydi, balki shoxlarida kul rang yoki jigar rang yo‘g‘on, baquwat o‘suvchi novdalar va ularda barglar paydo bo‘ladi.

Barglarning sirti yaltiroq, do‘mboqchali, tuksiz, cheti yirik to‘mtoq kunguralidir. Urg‘ochi guli katta ustuncha va uzun tumshuqchadan iborat. To‘pmevasi yirik, qora rang, silindr shaklida. Kuchalalari uzun, g‘ovak, changdoni och sariq rangda.

Bu turga xilma-xil navlar kiradi. 0‘zbekistonda yaratilgan G‘alaba, SANIISH-14, Tbilisuri va boshqa navlar, Kokuso-70, Sioziso, Roso, Kosen kabi

va boshqa yapon navlari, Bay-Teo san, U Piy san, Tun shiyen sin kabi Xitoy navlari shular jumlasidandir.

Kagoyama tuti boshqa navlardan barglari yirik, chetlari butun, rangi to‘q yashil, usti yaltiroq, tepa tomonida uzun tishchalari bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bir yillik novdalari to‘q-qo‘ng‘ir rang, bo‘g‘imlari oralig‘itirsaksimon egilgan. Bu tut — ikki uyli. Urg‘ochi guli uzun ustunchadan iborat. To‘pmevasi yirik, qoramtir rangda. Bu tutga Kinriu degan yapon navi misol bo‘la oladi.

Yer yuzida tut daraxtlari eng ko‘p tarqalgan mintaqalar Janubiy va Janubi- Sharqiy Osiyo (14 turi), G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy Osiyo (4 turi), Janubiy Yevropa, Janubiy Amerikaning Shimoliy va Shimoli-G‘arbiy qismining janubiy tomoni (5 turi), shuningdek Afrikaning shimol, g‘arb hamda sharq (bir tur) tomonlaridadir. Kagoyama tuti asosan o‘rta Osiyo, Kavkazda, Rossiyaningjanubiy tumanlarida hamda Ukrainada o‘stiriladi.


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish