Qp‘y junining qirqimi. Mayin va yarim mayin, bir toifali junli qo‘ylar juni yiliga bir marta baxorda qirqiladi, yarim va dag‘al junli qo‘ylarning juni yiliga ikki marta- baxorda va kuzda qirqiladi.
Qo‘ylarning junini qirqishdan oldin ularning ustki kismini tozalash uchun daryo kechuvidan utkaziladi, 10-12 soat sugorilmaydi va ovkatlantirilmaydi. Qo‘y juni elektr mashinalar yordamida bajariladi, chunki kulda jun qirqish elektr mashinaga nisbatan 3-4 marta unumdorligi past bo‘ladi. Baxorgi jun qirqishda junni butunligiga, bir-biriga ilashib turgan xolda olinadi. Junning bunday xolati tushama (runo) deb ataladi (1.18-rasm). Kuzda qirqilgan junlar esa tola bulaklaridan iborat bo‘ladi.
rasm. Jun tushamasi (Runo).
Qo‘ylarning tushama xolidagi junlaridagi tolalar uzaro yogli ter yordamida bir-biriga yopishgan bo‘ladi. Mayin jun tutamlarida tolalarning ostki kismida uchigacha bir tekis tuzilishida bo‘ladi. Uning tarkibida kiska uzunlikdagi tivit va bir oz uzunrok dag‘al tolalar bo‘ladi. Dag‘al jun tushamasi kiska uzunlikdagi tivit, bir oz uzunrok dag‘al tolalardan tuzilgan bo‘lib, ular uzaro yogli-ter bilan bir- biriga yopishgan bo‘ladi7.
Baxorgi qirqilgan jun tushamasi tarkibida tivit tolasi kup bulishiga karamay, kuzgi qirqilgan junga nisbatan ifloslik mikdori kup va vazniga nisbatan xam ikki barobar ogir. Bir qo‘ydan olingan junning mikdori baxorgi qirqimda 6-14 kg, dag‘al junli qo‘ylardan esa 1-4 kg. bo‘ladi. Kuzichoklardan birinchi marta qirqilgan jun birlamsi jun (poyarkoviy) deb ataladi. Jun tushamasida eng ko‘p uchraydigan tikanaklar turi 1.19-rasmda berilgan.
1.19-rasm. Jun tushamasida eng ko‘p uchraydigan tikanaklar turi (a,b). a - yengil ajraladigan , b - qiyin ajraladigan.
Avstraliyada qo‘y junini qirqish turli garmonli preparat yordamida, Amerika Kushma Shtatlarida esa turli kimyoviy moddalar yordamida amalga oshiriladi.
Boshka turdagi junlar va ularning tasniflanishi. Echki juni. Jun uchun bokiladigan echkilar mustakil davlatlar xamdustligiga kiruvchi respublikalarda, Mongoliya xalk respublikalarida, Xitoy xalk respublikasida, Turkiya va boshka davlatlarda bokiladi. Mustakil davlatlar Xamdustligiga kiruvchi Respublikalardagi jami echkilarning 49,2 foizi Rossiya, 12,7 foizi Kozogiston, 11,1 foizi O’zbekiston, 4,8 foizi Kirgiziston, Taxminan 3 foizi Ukraina, Ozarbayjon va Turkmaniston ulushiga tugri keladi.
Bir xil turdagi yarim dag‘al echki junlari angor zotidan qirqib olinadi. Bunday junlar sanoatda angor, moxer va tivit deb nomlanadi. Echkidan qirqiladigan junning yiliga urta xisobda 3-5 kilogrammdan iborat.
Echki junining tiviti Orenburg, Volgadon, togli-Oltoy va boshka maxalliy zotdagi echkilardan tarash usuli bilan yigib olinadi. Bunday tivitlar zotiga, rangiga, xolatiga va tarash uslubiga qarab farklanadi. Tivit yiliga xar bir bosh echkidan 0,21,0 kilogramm mikdorida yigib olinadi.
Xar bir bosh bir urkachli tuyadan olinadigan yillik jun mikdori 2-3 kilogramm, ikki urkachli tuyaniki - 5-6 kilogramm. Tuyalar sinfiga lama, guanako, alpak va boshka xayvonlar kiradi. Bunday xayvonlar asosan issik mamlakatlarda bokilib, lama va guanakoning juni dag‘al, alpakning juni esa mayin va yaltirokdir.
Tiklangan jun. Tiklangan jun, jun matolar kiykimlarini, yigirilgan ip chigallarini titish usulida olinadi. Tiklangan jun tolasi kiyim, matolarning eskirishi tufayli pishikligi kam bo‘ladi. Bundan tashkari tola titilish jarayonida kushimcha shikastlanganligi uchun xam tabiiy junga nisbatan pishikligi kam bo‘ladi.
Junni dastlabki ishlash. Yuvilmagan va sinflarga ajratilgan junlarni dastlabki ishlash jarayoni qo‘yidagi boskichlarni uz ichiga oladi: junlarni kabul kilish, aralash yuvish sovish, quritish, yuvilgan junning sifatini aniklash, junni usimlik tikonlaridan tozalash va ularni junatish uchun urash. Junni dastlabki
ishlash aloxida korxonada yoki jun yigirish korxonasining dastlabki ishlash sexida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |