«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet116/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
Oy

Sintetik iplar. Tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan iplarning assortimenti ximiyaviy tolalardan iplar tayyorlanishi hisobiga yildan-yilga kengaymoqda. Ko‘p xossalari jihatidan tabiiy g‘altak iplardan ustun turadigan sintetik iplar keng qo‘llanilmoqda. Sintetik iplar uzilish va ishqalanishga yaxshiroq chidaydi, uncha kirishmaydi, yorug‘lik va ob-havo ta’siriga, oksidlanish, ximiyaviy reaktivlar ta’siriga, chirish va mog‘orlashga chidamli bo‘ladi.

Sintetik iplar ishlatiladigan sohalar yildan-yilga kengayib bormoqda. Bunga sabab shuki, to‘quvchilik sanoatida kam kirishadigan va kirishmaydigan iplarni talab qiladigan materiallar: tarkibida sintetik tolalar ko‘p bo‘lgan gazlamalar va sintetik gazlamalar, qavat materiallar, kirishmaydigan, kam kirishadigan, suv yuqtirmaydigan qiluvchi va boshqa maxsus moddalar shimdirilgan gazlamalar keng ishlatilmoqda. Shunday materiallarni tikishda sintetik iplar ishlatish natijasida buyumlarning sifati ancha oshadi.

Mamlakatimizda sintetik iplar ichida kompleks kapron va lavsan iplar eng ko‘p ishlatiladi. Kapron o‘zakli va lavsan o‘zakli karkas iplar, taslan tipidagi teksturalangan iplar ham ishlab chiqariladi.

Lavsan va kapronning kompleks tolalaridan sintetik iplar ishlab chiqarish o‘z ichiga eshish, pishitish, qaynatish, oqartirish yoki bo‘yash va pardozlash (silison preparatlar, arkil emulsiyasi va antistatis moddalar aralashtirilgan paraffin- stearin emulsiya bilan ishlov berib iplarning termik turg‘unligini oshirish) ishlarini oladi.

Strukturasini o‘zgartirish va pardozini mukammallashtirish yo‘li bilan sintetik iplarning xossalari yaxshilanadi.

Kapron iplarning uzilishiga pishiqligi tabiiy ipak va paxta iplarning pishiqligidan 1,5 - 2 marta yuqori. Mavjud barcha g‘altak iplarga qaraganda kapron iplarning ishqalanishiga chidamliligi eng yuqori bo‘lganidan ular petlyalarni yo‘rmash uchun ishlatiladi.

Kapron iplarning elastikligi yuqori bo‘lishi halqa hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir qiladi va gazlamaning choklarda yig‘ilib qolishini oshiradi. Bunday iplar issiqqa uncha chidamasligi va erishi ularning qo‘llanilish ohalarini cheklaydi.Kapron iplar bilan tikilgan buyumlarga namlik-issiqlik ishlovi berishda dazmol va pressning issiqligi 160°S dan yuqori bo‘lmasligi hamda ular buyum ustida 30 s dan ortiq tutib turilmasligi kerak. Agar material ustiga flanel qo‘yib dazmollansa, temperaturani 5°S, bortovka qo‘yib dazmollansa, 10°S oshirish mumkin.

Sintetik materiallardan buyumlar tayyorlashda kapron iplar yeng ko‘p ishlatiladi.

Sintetik iplarga xos umumiy kamchilik ularning issiqqa uncha chidamasligidir. Minutiga 2000-2200 qaviq hosil qilib tikilganda, igna ipga ishqalanib kuchli qiziydi, kapron iplar eriydi va uziladi. Minutiga 3000 qaviq hosil qilib tikilganda lavsan iplar eriydi. Tabiiy ipak ip o‘rniga kapron yoki lavsan iplar ishlatilsa, katta iqtisodiy foyda olinadi.

Taslan tipidagi teksturalangan g‘altak iplar, hajmdor iplar hisoblanadi.(9.2-

rasm.)



9.2 - rasm. Teksturalangan iplar.




Hajmdor ip hosil qilish uchun elementar tashkil qiluvchi tolalarni pishitishda tolalarni siqilgan havo oqimi ta’sir ettirib turiladi. Bunda tolalarning bir qismi halqalar hosil qiladi, bir qismi to‘griligicha qoladi, natijada hajmdor strukturali ip olinadi, ip sirtida har xil o‘lchamli halqalar hosil bo‘ladi. Taslan tipidagi iplar kamroq cho‘ziladigan va ko‘proq cho‘ziladigan qilib ishlab chiqariladi. Hajmdor iplarning elastikligi, qayishqoqligi, pishiqligi yuqori. Halqador strukturali bo‘lgani uchun tikuv mashinasida ishlatish jarayonida taslan tipidagi iplar havo qatlamlari hosil qilib, ignani qisman sovitadi, natijada ip erib ketmaydi.

G‘altak iplar teksturalangani tufayli universal tikuv mashinalarida ham kam uziladi.

9.2.Yopishtiruvchi materiallar

Tikuvchilik sanoatida kiyim detallarini yopishtirib biriktirish usuli borgan sari kengroq qo‘llanilmoqda. Buning uchun suyuq va pastasimon yelimlardan, yelim plyonkasi va kukunidan, qotirmalik gazlamaning biror tomoniga surtiladigan yelim qatlamidan, yopishtiruvchi iplardan foydalaniladi.

Yopishtiruvchi materiallarni qo‘llash katta iqtisodiy samara beradi. Detallarni yelimlab yopishtirish usuli tikuvchilik buyumlarini sifatini yaxshilaydi, ishlab chiqarishni keng mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi, buyumlarni ishlash vaqtini qisqartiradi va bir buyumga bo‘ladigan mehnat sarfini 3-11 foizgacha qisqartiradi. Detallarni yelimlab biriktirish usullarining qo‘llaniosh sohalarini butun kiyim-bosh ishlab chiqarish hajmining 12-15 foizidan to 40 foizigacha oshirish, mehnat unumdorligini anchagina ko‘tarishga imkon beradi.

To‘qimachilik materiallarini yopishtirish uchun mo‘ljallangan yelimlar buyumning nimaga ishlatilishiga, undan foydalanish sharoitiga qarab ba’zi talablarga javob berishi lozim.

Kiyimning nimaga mo‘ljallanganligidan qat’i nazar, yopishtiruvchi materiallarga qo‘yiladigan umumiy talab quyidagilardan iborat:



  • yelim material sirtiga yaxshi yopishishi va unda mustahkam yopishib turishi kerak;

  • yelim qatlamining pishiqligi va elastikligi yetarli darajada bo‘lishi lozim;

  • yelim tarkibida kishi organizmiga zararli ta’sir qiladigan moddalar bo‘lmasligi lozim;

  • eskirishga jidamligi yetarlicha bo‘lishi kerak (yelimning eskirishi deganda vaqt o‘tishi bilan yelimga turli tashqi muhit omillari - yorug‘lik, quyosh nurlari, namlik, yuvish, tozalash va hokazolar ta’sirida yelimning strukturasi o‘zgarishi, fizik mexanik va ximiyaviy xossalari yomonlashishi tushuniladi);

  • oson va xavfsiz yelimlashni ta’minlashi kerak.

Yuviladigan buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladigan yelimlar shaffof va elastik bo‘lishi bilan birga, yelimlab yopishtirilgan chokning namlik, yuvish, dazmollashga ham chidamli bo‘lishini ta’minlashi lozim. Ustki kiyimlar tayyorlashda qo‘llaniladigan yelimlar chokning pishiq, elastik, namlik va temperatura o‘zgarishlari ta’siriga, sovuqqa chidamli, ximiyaviy tozalashga turg‘un bo‘lishini ta’minlashi lozim.

SNIISHP tavsiyasiga ko‘ra, tikuvchilik sanoatida BF-6 va PVB yelimlari quruq gazlamaga surtilganda chok juda qattiq bo‘ladi. Shuning uchun yopishtirishda BF-6 va PVB yelimlarining plyonkali yoki bir tomoniga yelim qoplangan gazlamalar ishlatiladi. Plyonka yopishtirilgan qotirmalik gazlamalar, butun sirtiga yelim plyonkasi qoplangan gazlama, yelim plyonkasi polosalar tarzida qoplangan bort va tukli gazlama ishlab chiqariladi. Yopishtiruvchi hoshiya gazlama sifatida bir tomoniga 0,10 - 0,13 mm qalinlikda sidirg‘a yelim plyonkasi qoplangan bo‘z yoki mitkal ishlatiladi. Bunday gazlama 10-12 mm li lentalar tarzida qirqiladi va palto, kostyum, jaketlarning bortlariga (zig‘ir tolali hoshiya o‘rniga) ishlatiladi. Bort gazlamasi - bir tomoniga 0,10 - 0,17 mm qalinlikda yelim plyonkasi polosalar tarzida qoplangan zig‘ir tolali bortovka. Yelim qoplangan zig‘ir tolali bortovka bort qotirmasi, latskanlar, yoqalar va yelka nakladkalarning qotirmalari uchun ishlatiladi. Tukli gazlamalarda ham ikki polosa tarzida yelim qoplama bo‘ladi va bort qotirmasi uchun ishlatiladi.

BF-6 va PVB yelimlari plyonkasining kengligi 70 sm gacha va qalinligi 0,13-0,27 m bo‘ladi. BF-6 va PVB yelimlari bilan yopishtirilgan choklar yetarlicha pishiq, elastik, sovuqqa, benzin ta’siriga chidamli bo‘ladi. Bu yelimlarning namlik va yuvish ta’siriga uncha chidamasligi ularning qo‘llanilish sohalarini cheklaydi va ularni yuvilmaydigan kiyimlar uchun ishlatishga to‘g‘ri keladi.


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish