Pishitish - iplaming bir tekisliligi, pishiqligini oshirish va xom ipning buramini mustahkamlash maqsadida tashkil Etuvchi yakka iplarni burashdan iborat. Pishitishdan oldin iplar ho‘llanadi, shunda sirti ancha silliq chiqadi. Uchta yakka ipni qo‘shib g‘altak ip tayyorlashda eshishdan so‘ng iplar xom ipning buramiga teskari buraladi. G‘altak ip 6 ta yakka ipdan tayyorlanganda oldin iktadan ip qo‘shib buraladi, so‘ngra buralgan uch juft ipni qo‘shib, xom ipning buramiga teskari buraladi. Iplar har doim oxirgi marta xom ip buramiga teskari buraladi. Shunda g‘altak ipning burami bo‘shalib ketmaydi. Burami yaxshi mustahkamlangan g‘altak iplar tikish paytida halqalar hosil qiladi (mashina ip tashlaydi) va tez-tez uziladi.
G‘altak ipni pardozlash jarayoni qaynatish, oqartirish, bo‘yash, appretlash va yaltiratish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Qaynatish ipni o‘yuvchi ishqorda bosim ostida qaynatib toladagi kutikulani, kir va yog‘ moddalarini ketkazishdan iborat.
Oqartirish operatsiyasi faqat oq va och rangga bo‘yalgan iplar olish uchungina bajariladi. Iplar natriy gipoxloridda oqartiriladi, so‘ngra sul’fat kislota bilan ishlanadi. G‘altak iplar oddiy bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, keyin DSU, DSM va kub bo‘yoqlar bilan ishlanadi.
G‘altak iplar mayin qilib pardozlanib, sutrang va yaltiroq qilib chiqariladi. Maxsus buyurtma bo‘yicha iplar qattiq qilib pardozlanib, yaltiroq qilib chiqarilishi mumkin. Sutrang iplar sal-pal tovlanadi, chunki yupqa paraffin qatlami yoki ozgina kraxmal qo‘shilgan (yoki kraxmalsiz) rangsiz moy bilan qoplanadi.
Yaltiroq iplar tarkibida kraxmal, yopishtiruvchi moddalar, mum, stearin bo‘lgan tarkib bilan appretlanadi, so‘ngra tez aylanib turadigan cho‘tkali barabanda yaltiratiladi. Qattiq qilib pardozlangan yaltiroq ip olish uchun appret tarkibida kraxmal tarkibi oshiriladi.
Tayyor iplar yaroqli-yaroqsizga ajratiladi va g‘altaklar yoki gilzalarga ayqash qilib o‘raladi. Savdo tarmoqlariga yuboriladiugan yog‘och g‘altakli iplar uzunligi 200 m, tikuv fabrikalariga yuboriladigan bobinali iplarning uzunligi 400, 500, 1000, 2500 va 6000 m bo‘ladi.
Tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan paxta iplar qo‘shishlar soniga, yo‘g‘onligi, pardozi va bo‘yog‘ining xarakteriga qarab klasssifikatsiyalanadi.
Qo‘shib eshiladigan iplar soniga qarab, paxta iplar 3, 6, 9 va 12 qo‘shimli bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tkanimizdek, tikuvchilik sanoatida asosan 3 va 9 qo‘shimli iplar ishlatiladi.
Yo‘g‘onligiga qarab, 3 va 6 qo‘shimli g‘altak iplar quyidagi savdo nomerlariga bo‘linadi: 10, 20, 30, 40, 50, 60, 80, 100, 120. g‘altak ipning savdo nomeri qancha yuqori bo‘lsa, o‘zi shuncha ingichka bo‘ladi. G‘altak iplarning savdo nomeri ularning yo‘g‘onligini ifodalaydigan nomer hisoblanadi. Bunday nomer iplarning metrik nomeriga to‘g‘ri kelmaydi. Ular orasida quyidagicha bog‘liqlik bor: g‘altak iplarning savdo nomeri qancha katta bo‘lsa, savdo nomeri bilan metrik nomeri orasaidagi farq ham shuncha katta bo‘ladi.
G‘altak iplar va ignalarning nomeri tikiladigan gazlamaning qalinligi va pardoziga, bajariladigan ishlarning xarakteriga qarab tanlanadi.
Pardozining xarakteriga qarab, g‘altak iplar sutrang, mayin pardozlangan yaltiroq va qattiq qilib pardozlangan yaltiroq hillarga bo‘linadi.
Bo‘yalishiga qarab, g‘altak iplar xom, oq, qora va rangli hillarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |