G‘altak iplarning sifati ularning bir tekisliligi, cho‘ziluvchanligi, pishiqligi, qayishqoqligi, rangi aynimasligi, buramining mustahkamligi, tashqi nuqsonlari bor-yo‘qligi bilan ifodalanadi.
G‘altak iplarning cho‘zilishiga pishiqligi ularning asosiy sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Yakka iplarni dinamometrda cho‘zib ko‘rib aniqlanadi. Iplarning pishiqligini organoleptik usulda aniqlash uchun 0,5 m uzunlikdagi g‘altak ip namunasini qo‘lda cho‘zib va uzib ko‘riladi. Agar ip pishiq bo‘lsa, qo‘lda cho‘zib bo‘shatilganda prujinalanishi va ancha kuch ishlatilgandan keyingina uzilishi kerak. Ipning pishiqligiga qo‘shishlar soni, oqartirish, bo‘yash, appretlash protsesslari ta’sir qiladi. Xom va oq iplar qora va rangli iplarga qarganda pishiqroq. Yaltiroq iplar sutrang iplardan pishiq bo‘ladi. Qanday kuchga chidashiga qarab, uch qo‘shimli iplar « Ekstra » va « Prima » markalarga bo‘linadi. « Ekstra » markali iplar pishiqroq bo‘ladi. 6 qo‘shimli g‘altak iplarning pishiqligi 3 qo‘shimlilamikidan ancha yuqori. Ular faqat « Spetsalnaya » markada chiqariladi. Qo‘shishlar soni va pishiqligiga qarab, g‘altak, gilza va bobinalarga har xil rangli etiketka: 6 qo‘shimli iplarga qizil, « Ekstra » markali 3 qo‘shimli iplarga jigarrang va « Prima » markali iplarga yashil etiketka yopishtiriladi.
Ipning cho‘ziluvchanligi nomeriga, burami, qo‘shishlar soniga, pardozlash xarakteriga bog‘liq. CHo‘ziluvchanlik 3 - 8,5 foiz bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bir tekkislilik - iplarning yo‘g‘onlik, pishiqlik, cho‘ziluvchanlik, og‘irlik jihatidan bir hilligi. Iplarning pishiqlik jihatdan notekisligi 6-8,5 foiz, og‘irlik jihatdan notekisligi 3 foizgacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Tashqi nuqsonlariga qarab, g‘altak iplar I va II navlarga bo‘linadi. Bu g‘altak yoki bobinalarning har qaysisidan 200 dan ip olinadi. Aniqlangan har qaysi nuqson GOSTga muvofiq ma’lum shtraf birliklari - balar soni bilan belgilanadi. Sezilgan barcha nuqsonlar uchun berilgan ballar yig‘indisi hisoblanadi va har qaysi nav uchun belgilangan ballar normasiga taqqoslanadi. I nav oq iplar uchun 50 ballgacha, I nav xom, qora va rangli iplar uchun 40 ballgacha ruxsat etiladi. Qanday pardoz berilganligidan qat’i nazar, II nav g‘altak iplar uchun 120 ballgacha yo‘l qo‘yiladi. Ip o‘ramida har xil nomerdagi aralashmasi bo‘yoq tekkan joylar, tukdor iplar, solqilangan iplar, bir - biriga o‘ralishgan iplar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ipak iplar. Ipak ip xom ipakni ikki qayta pishitib olinadi. Oldin bir necha xom ipak qo‘shib buraladi, keyin shu buralgan iplarni uchtadan qilib birlashtirib, oldingi buramga teskari buraladi. Pardozlash jarayonida ipak ip qaynatiladi va turli ranglarga bo‘yaladi.
Ipak ip 65, 33 va 18-savdo nomerlarida ishlab chiqariladi. Ipak ipning metrik nomeri savdo nomeridan bir oz kichik bo‘ladi. 65, 33-nomerli ipak ip, odatda, yupqa gazlamalardan kiyim tikishda biriktiruvchi qaviqlar uchun ishlatiladi. Ipak iplar petlyalarni mashinada yo‘rmash va pardoz baxyalar uchun ishlatiladi.
Ipak ip g‘altaklar, bobinalar, karton patronlarga o‘rab va kalavalar tarzida chiqariladi. Karton patronlarga o‘ralgan 65-nomerli ipak ipning uzunligi 100 va 200 m, 33-nomerli iplarniki 50 va 100 m.
Ipak ipda tashqi ko‘rinishmi buzadigan va pishiqligini pasaytiradigan nuqsonlar : ikkinchi burashda hosil bo‘lgan tugunlar, moy tekkan va kir joylar, bo‘yalmagan joylar, har xil tusli joylar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Viskoza ipak ip viskoza ipdan tayyorlanadi va petlyalarni mashinada yo‘rmash uchun ishlatiladi. Tabiiy ipak singari viskoza ip ham ikki qayta buraladi. Oxirgi burami uch qo‘shimli bo‘ladi. Iplar har xil rangga bo‘yaladi va 50-100 m uzunlikda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |