Shtapel polinoz tolalardan tayyorlangan iplar mayin, tovlanuvchan, quruq va ho‘l holatda viskoza iplarga qaraganda pishiqroq, yuvishga chidamli, quruq (810 foiz) va ho‘l (10-12 foiz) holatda kam cho‘ziluvchan bo‘ladi. Termik turg‘unligi yuqori bo‘lgani uchun polinoz iplarni istalgan tezlikda ishlaydigan tikuv mashinalarida ishlatish mumkin. Uzilishga pishiqligi jihatdan polinoz iplar paxta iplardan sifatsizroq. Polinoz iplarning xossalarini tekshirish natijasida pishiqligi yuqori polinoz iplar tayyorlash uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Har xil kiyimlar tikayotganda barcha operatsiyalarni bajarish uchun paxta iplar o‘rniga polinoz iplar ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |