Paxta iplar. Paxta iplar qayta tarash usulida yigirilgan yuqori sifatli xom ipni eshish, pishitish va pardozlash yo‘li bilan olinadi. Iplar 3, 6, 9 va 12 ta yakka ipni qo‘shib tayyorlanadi. Tikuvchilik sanoatida asosan 3 va 6 ta yakka ipni qo‘shib tayyorlangan g‘altak iplar ishlatiladi.
Eshish - 2-3 ta yakka ipni qo‘shish va bir g‘altakka qayta o‘rashdan iborat. Eshish jarayonida kalava ipning nuqsonlari yo‘qoladi va ipni tashkil qiluvchi yakka iplar bir tekis taranglanadi (9.1-rasm).
9.1 - rasm. G‘altak iplarning tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |