34
– kimyoviy birikmada elementlar massasining nisbati doimiy saqlanadi; shu sababli
kimyoviy
birikmalar
A
m
B
n
ko’rsatkichda ifodalanadi (bu yerda
m
va
n
lar butun sonlar bo’lib,
elementlar atom nisbatlarini bel–gilaydi);
– kimyoviy birikma xossalari uni tashkil etuvchilari xossalaridan keskin farq qiladi;
– suyuqlanish harorati o’zgarmas bo’lib, kimyoviy birikma suyuqlanish haroratigacha
saqlanib qolishi ham parchalanib ketishi ham mumkin;
– kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida harorat o’zgaradi, bunda atom elektron tuzilishlari
bir–biridan keskin farq qiladigan komponentlar (masalan, MgSn, Mg
2
Rb, Mg
3
Bi
2
, Fe
3
C, VC,
TiC kabi kimyoviy birikmalar) qatnashadi.
Metallar bilan metallar birikkanda kimyoviy bog’lanishning metall bog’lanish turi
qoladi. Odatda, bunday bog’lanish intermetallid bog’lanish deb, hosil bo’lgan
fazalar esa
intermetalloidlar deb ataladi.
O’zgaruvchan valentlikga ega Fe, Mn, Cr, W, S, Ti, V, Mo kabi elementlar kristall
panjaralariga atom o’lchamlari kichik bo’lgan uglerod, azot, bor, vodorod atomlari singishi
mumkin. Bunga misol sifatida TiN, FeN, VN nitridlarni va Fe
3
C, W
2
S, VC, TiC kabi karbidlarni
keltirish mumkin.
Qotishmalarni berilgan haroratda qanday fazalardan iborat ekanligini ko’rsatuvchi
diagramma
holat diagrammasi
deyiladi. Bu diagramma muvozanat holatdagi diagramma bo’lib,
muayyan haroratda qotishmani tashkil etuvchi komponentlarning aniq miqdorida qanday fazalar
muvozanatda turganligini ko’rsatadi. Temir–uglerod qotishmalari
shartli ravishda ikki
komponentli qotishmalar jumlasiga kiradi.
Tuzilishiga qarab qotishmalar turlicha xossalarni namoyon qiladi. SHu sababli
qotishmalarning tuzilishini, kimyoviy tarkibi bilan haroratga bog’liq ravishda o’zgarishini holat
diagrammalari yordamida o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Temir–kimyoviy belgisi
Fe
. D.I.Mendeleev elementlar davriy jadvalining 8–guruhida
joylashgan, tartib raqami 26, atom og’irligi 55,85, solishtirma og’irligi 7,86 g/sm
3
bo’lgan
yumshoq, plastik, kulrang tusdagi oqish metall. Temirning erish harorati 1539°C, qaynash
harorati esa 2770°C. Texnik toza temir elektrotexnikada
elektr motorlari, dinamo-mashinalar,
elektromagnit o’zaklari sifatida ishlatiladi. Kukun metallurgiyasida temir kukunidan turli detallar
olinadi. Temir sanoatda ishlatilishi jihatidan salmoqli o’ringa ega bo’lgan cho’yan va po’latning
asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tarkibida uglerod miqdori 0,025 foizdan kam temir-uglerod qotishmasi
texnik temir
deb
ataladi. Toza temir yumshoq bo’lib, magnit xossasiga ega. Toza temirning mexanik xossalari
6.1–jadvalda keltirilgan.
Temir yaxshi magnitlanish xossasiga ega. Uning bu xossasi ferromagnitlik
deyiladi.
Temir qizdirilganda ma’lum haroratga yetgach (768°C), ferromagnitlik xossasi yo’qoladi. Bu
haroratga to’g’ri
keladigan nuqta
Kyuri nuqtasi
deyiladi. Kyuri nuqtasiga yaqinlashgan sari
temirning ferromagnitlik xossasi pasayib boradi va boshqa xossalari birdaniga o’zgarmaydi.
Metallning mexanik va ba’zi fizik xossalari o’zgarmaydi, lekin elektr,
magnit va issiqlik
xossalari o’zgaradi. Temirning ferro–magnitlik xossasi o’zgarganda u qayta kristallanmaydi,
kristall panjaraning parametrlari o’zgaradi.
Tarkibida uglerod miqdori 0,025 dan 2,14 % gacha bo’lgan temirning uglerod va boshqa
elementlar bilan qotishmasi
po’lat
deyiladi.
Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko’ra po’latlar evtektoiddan oldingi, evtektoiddan keyingi
va evtektoid po’latlarga bo’linadi. Tarkibida uglerod miqdori 0,8 % gacha bo’lgan po’lat
evtektoiddan oldingi po’lat
deyiladi. Struktura tashkil etuvchilari ferrit va perlitdan iborat
bo’ladi.