Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


 YaNGI MATERIALLAR YaRATISHNING ZARURLIGI



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

5.4. YaNGI MATERIALLAR YaRATISHNING ZARURLIGI 
So’nggi yillarda materialshunoslik va materiallarni qo’llash texnologiyasi sohalaridagi 
erishilgan katta yutuqlarga qaramasdan hali xam yanada tugal va ixtisoslashgan materiallarni 
yaratish, bundan tashqari bunday materiallarni ishlab chiqarish va ularning tashqi muhitga ta’siri 
orasidagi bog’liqlikni baholash zaruriyati saqlanib qolmoqda. SHu sababli ushbu savol yuzasidan 
sohadagi mavjud yangiliklarni ta’riflash uchun bir qancha fikrlarni keltirib o’tish zarur.
Yadro energetikasi kelajak uchun katta va’dalar bermoqda ammo bu yerda barcha 
bosqichlarda zarur yangi materiallarni ishlab chiqarish bilan bog’liq ko’p sonli kamchiliklar 
mavjudligicha qolmoqda bularga misol tariqasida radioaktiv chiqindilarni saqlash, reaktordagi 
yonilg’i joylash tizimlarini keltirish mumkin. Energiya bo’yicha katta xarajatlar uni tashish bilan 


31 
bog’liq. Tashuvchi uskunalar (avtomobillar, samolyotlar, poezdlar va boshqalar) vaznini 
kamaytirish, dvigatelь ishlaganda haroratnig oshishi energiya iste’molining oshishiga xizmat 
qiladi. Buning uchun yuqori harorat muhitida ishlay oladigan materiallarga tenglashuvchi yuqori 
kuchli yengil muxandislik materiallarini yaratish talab etiladi. Umume’tirof etilgan yangi 
iqtisodiy asoslarga ega energiya manbalari bundan tashqari foydalanishda yanada samarali 
man’balar mavjud. SHubxasiz kerakli xususiyatlarga ega materiallar ushbu yo’nalishni 
rivojlantirishda katta o’rin egallaydi. Masalan, quyosh energiyasini elektr tokiga to’g’ri 
o’zgartirish imkoniyati namoyish etilgan edi. Hozirgi vaqtda quyosh batareyalari murakkab va 
qimmat uskuna hisoblanadi. SHubxasiz quyosh energiyasidan foydalanish uchun yanada 
samaraliroq, nisbatan arzon yangi texnologik materiallar yaratilishi zarur. Energiyani o’zgartirish 
texnologiyasidagi yana bir yaxshi na’muna bo’lib vodorod yonilg’ili elementlar xizmat qiladi. 
Bundan tashqari ularning foydali tomoni tashqi muhitni ifloslantirmaydi. Hozirgi vaqtda ushbu 
texnologiyalar elektron qurilmalarda ishlatilishi asta sekin boshlanmoqda. Istiqbolda bunday 
elementlar avtomobillarning kuchlanish uskunalarida qo’llanilishi mumkin. Yanada yaxshiroq 
yoqilg’i elementlari yaratish uchun yangi materiallar zarur, vodorod ishlab chiqarish uchun esa 
yangi katalizatorlar kerak. Tashqi muhit sifatining talab etilayotgan darajada tutib turilishi uchun 
suv va havoning tarkibi doimo nazorat qilinishi kerak. Ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun 
turli materiallardan foydalaniladi. Bundan tashqari tashqi muhit ifloslanishini kamaytirish 
maqsadida materiallarni tozalash va qayta ishlash usullarini yanada rivojlantirish zarur. Foydali 
qazilmalarni qazib olishda tabiatga, insoniyatga kamroq zarar yetkazish va chiqindilar 
chiqarishni kamaytirish masalasiniolg’a surish zarur. Ayrim materiallarni ishlab chiqarishda 
zaxarli moddalar ajralib chiqishini buning natijasida ekologiyaga bunday chiqindilarni 
chiqarishdan yetadigan zararni xam xisobga olishimiz kerak. Biz tomondan foydalanilayotgan 
ko’pgina materiallar qayta tiklanmas resurslar, to’ldirib bo’lmas manba’lardan olinadi. Masalan 
polimerlarga va ayrim metallarga birlamchi xomashyo sifatida neft ishlatiladi. Ushbu zaxiralar 
asta sekin tugamoqda. Bundan quyidagi extiyojlar yuzaga keladi: 1. Ushbu manba’larning yangi 
zaxiralarini topish; 2. Atrof muhitga kamroq zarar yetkazuvchi mavjud tarkibli materiallarni 
o’rnini bosuvchi yangi materiallarni yaratish; 3. Qayta ishlash jarayoni rolini kuchaytirish va 
aloxida qayta ishlashning yangi tizimlarini yaratish. Buning natijasida nafaqat ishlab chiqarishni 
iqtisodiy baholash balki ekologik omillarning eng asosiysi materialning hayotiy davomiyligini 
“beshikdan to qabrgacha” va butun ishlab chiqarish jarayonini aniqlash lozim. Olim va 
muxandislarning ekologik va ijtimoiy jihatlardan tashqari materialshunoslik bilan bog’liq ishlab 
chiqarishning barcha soxalarida tutgan o’rni 20 bo’limda batafsil ko’rib chiqiladi.

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish