16
Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqei oshib borishi, shuningdek, tashqi savdo
aloqalari ham rivojlanib, Rossiyaning turli savdo shaharlari (Astraxan, Orenburg,
Sibirdagi shaharlar), Hindiston, Eron, Qoshg‘ar, Turkiya bilan savdo-sotiq olib
borilganligi, tashqi bozorga asosan turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari: paxta, teri,
jun, turli matolar chiqarilganligi yoritiladi.
2. Ikkinchi savolda O‘rta Osiyo xonliklari davrida xususan Buxoro
amirligida chorvachilikning yetakchi tarmoqlari sifatida yilqichilikning ahamiyati
katta ekanligi, ayniqsa, o‘z chidamliligi, tezligi va kuchi bilin Shahrisabz
qorabayirlari mashhurligi, amirlikda asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida
shaharlar katta o‘rin
tutsalar-da, ko‘pgina yirik qishloqlarda ham hunarmand-
chilikning ba’zi sohalari rivojlanganligi, butun o‘rta asrlarda bo‘lganidek,
hunarmandlar bu davrda ham o‘z uyushmalari (kasaba, sex)ga ega bo‘lib, ularning
tashkil topishi ma’lum turdagi maxsulot ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat
o‘rnatishga, bu sohada o‘z monopoliyasini, ya’ni maxsulotni ishlab chiqarishga
bo‘lgan yagona huquqni saqlash va raqobatga dosh berishga intilish bilan bog‘liq
ekanligi tushuntiriladi.
Qo‘qon xonligida O‘rta Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan barcha yirik
hunarmandchilik turlari: to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik, misgarlik,
duradgorlik va boshqalar mavjud bo‘lganligi, iqtisodning bu sohasi, ayniqsa, yirik
shaharlarda: Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Marg‘ilon, O‘sh, Xo‘jand, Turkistonda
yaxshi rivojlangan bo‘lib, xonlikdagi ayrim yirik qishloqlarda hunarmandchilikning
bir qancha turlarini ishlab chiqarish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, xususan,
Qo‘qon o‘z temirchilari, misgarlari, Chust do‘ppido‘zlari,
Rishton kulolchilik
mahsulotlari, Shahrixon pichoqlari, Marg‘ilon ipak va shoyi buyumlari bilan shuhrat
topgan bo‘lib, xonlikdagi yuqori sifatli hunarmandchilik buyumlariga ichki va tashqi
bozorda talab katta bo‘lganligi, shu bois hunarmandchilikni qadim an’analarga ega
soha sifatida XVIII-XIX asrda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelganligi tushuntiriladi.
Xiva xonligida hunarmandchilik o‘z tarixiy ildizlariga ega soha sifatida
katta ahamiyatga ega ekanligi, hunarmandchilik markazlari sifatida asosan yirik
shaharlar, xususan, poytaxt Xiva, shuningdek, Urganch, Xazorasp, Toshxovuz,
Xonqa va boshqa shaharlar katta o‘rin tutganligi, mahalliy xom ashyo manbalari
(jun, teri, ipak, paxta va boshqalar), chetdan keltiriladigan metall (mis, cho‘yan) va
boshqa mahsulotlar Xorazm vohasi hunarmandchiligi taraqqiyotini belgilab
to‘rganligi, mahalliy hunarmandlar mahsulotlari ichki bozor ehtiyojini ta’minlab
qolmasdan, ba’zi mahsulotlar qo‘shni Buxoro, Qo‘qon xonliklarga ham
chiqarilganligi, savdo-sotiq dehqonchilik va chorvachilikdan keyin mamlakat
iqtisodining asosiy tarmog‘i hisoblanganligi, Xiva xonligida ichki va tashqi savdo
ancha rivojlangan bo‘lib, Rossiyadan qo‘rg‘oshin, mis, temir, cho‘yan
kabi turli
metallar, Buxoro, Qo‘qon, Eron, Rossiyadan oltin, kumush, hunarmandchilik hamda
qishloq xo‘jalik mahsulotlari keltirilganligi, Xivalik savdogarlar tranzit savdo
aloqalarida ham faol ishtirok etishganligi, Xonlik hududi orqali o‘tuvchi savdo
karvonlari (Rossiya, Buxoro savdogarlari) dan olinadigan boj to‘lovlari ham saroy
xazinasiga katta daromad keltirganligi bayon etiladi.
17
Uchinchi savolda talabalarga Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida
Turkiston o‘lkasida madaniy hayot o‘ziga xos tarzda bo‘lganligi, XIX asrning
oxirlarida Turkistonda ko‘plab maktablar bo‘lganligi, ular asosan boshlang‘ich va
o‘rta maktablar ekanligi, 1884-yildan Toshkentda rus-tuzem maktablari
ochilganligi, qisqa muddat ichida ularning soni ikki yuzdan oshganligi, bunday
maktablarda o‘quv kuni 2 qismdan iborat bo‘lib, dastlabki mashg‘ulotlarni rus
o‘qituvchisi (o‘quv, yozuv, hisob), ikkinchi qismini esa o‘zbek domlasi olib
borganligi tushuntiriladi.
XIX asr oxirida yuzaga kelgan tarixiy sharoit adabiyot, ijtimoiy-siyosiy
fikrlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi, ilg‘or ziyolilar dunyoqarashida bu o‘zgarishlar
o‘zining sezilarli
ifodasini topganligini, Turkistonning XIX asr oxiri –XX asr
boshlarida yashab ijod etgan ilg‘or arboblaridan Ahmad Donish (1827-1897), Furqat
(1858-1909), Muqimiy (1850-1903), Zavqiy (1853-1921), Avaz O‘tar (1884-1919)
va boshqalar ma’rifiy-demokratik g‘oyalarni ilgari surganlarini, o‘zlarining yorqin
ijodlari bilan maorif, fan va texnika kabi ilg‘or qarashlar va sohalarga qiziqish
uyg‘otganliklarini, xalqni yangi turmushga chorlaganliklarini, taraqqiyot va
ma’rifatni kuylaganliklarini bayon etadilar.
XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistonda tarixnavislik ancha
rivojlanganligi, Ahmad Donish ham shu soha rivojiga salmoqli hissa
qo‘shganliklarini, uning “Nomus al-a’zam” (“Ulug‘ qonun”), “Muntaxab al-ahkom”
(“Tanlangan qarorlar”), “Risolai muxtasare az ta’rixi saltanati xonadoni amironi
mang‘it” (“Mang‘it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi”), “Nodir
voqealar”, “ Buxoroi sharif amirlarining tarjimai ahvoli amir Doniyoldan to
Abdulahadgacha” risolalari shundan dalolat berishini yoritadi.
Tabiatshunos olim V.V. Dokuchaev O‘rta Osiyo tuproqlarining tarkibini
o‘rganganligi, 1867 yilda Toshkentda meteorologik stansiya ochilganligi, u o‘lka
iqlimini o‘rganish bilan shug‘ullanganligini, 1870 yilda Toshkentda kutubxona,
1874 yilda Observatoriya ochilganligini, “Turkiston viloyati gazeti”,
“Turkestanskie vedomosti” gazetalari (1870-1917) nashr etila boshlanganligi, 1870
yilda O‘rta Osiyo olimlari jamiyati tuzilganligi, Turkiston
Rossiya imperiyasi
tomonidan zabt etilgach, ko‘plab shaharlarda Yevropa tipidagi turli imoratlar paydo
bo‘la boshlaganligi, amaliy bezakli san’at turi ham rivojlanib borganligi, undan
uylarni, kiyim-kechaklarni bezashda qo‘llanilganligi. ajoyib so‘zanalardan tortib
mayda-chuyda uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha mehr bilan ipak gullar solinganligi
manbalar asosida yoritiladi.
To‘rtinchi savolda Ismoil Gaspirali g‘oyalari Turkistonga ham kirib
kelganligi, 1893 yilda u Turkistonga kelib, ilg‘or ziyolilar bilan uchrashganligi,
Buxoro amiri huzurida bo‘lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik olganligi,
Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilganlari, "Usuli jadid"
maktablarini ochishga kirishganlari, 1898 yilda Qo‘qonda Salohiddin domla,
Toshkentda Mannon qori domlalar jadid maktablariga asos solib, 1903
yilda
Turkistonda 102 ta boshlang‘ich va 2 ta o‘rta jadid maktablari faoliyat
ko‘rsatganligi, Turkiston jadidlariga Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o‘nlab milliy ziyolilar
18
rahnamolik qilganlari, ular dastlab maorifni isloh qilish yo‘lidan bordib, "Usuli
jadid" maktablari tarmog‘i kengayib borganligi, diniy ta’limot bilan birga tarix,
tibbiyot, kimyo, nujum kabi dunyoviy bilimlar o‘rgatilganligi, savod chiqarish
tezlashtirilib, M.Behbudiyning "O‘z urug‘i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan
qul-manqurtdir" degan so‘zlari talabalarni milliy o‘zligini anglashga chaqiriq
bo‘lganiga to‘xtaniladi.
Umuman olganda birinchi jadidchilik guruhlari Turkistonda va Buxoroda XX
asr boshida paydo bo‘lgan bo‘lib, ularning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari Munavvar
Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla
Xo‘jaev, Toshpo‘lat Norbo‘tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalar milliy ziyolilar
gulini tashkil qilganliklarini, Turkiston jadidchiligida M.Behbudiy birlashtiruvchi
va jipslashtiruvchi rolni o‘ynaganlarini, jadidlarning ma’rifatparvarlik mafkurasi
ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-barang bo‘lganligi,
Jadidlarning tariximizda
tutgan o‘rni va qimmati shundaki, birinchi bo‘lib, mustaqillik milliy mafkurasiga
asos solganlari, g‘aflat uyqusida yotgan mazlum Sharqni uyg‘otib va ko‘zini ochib,
ozodlik, erk, milliy g‘urur va inson sha’ni haqida, buyuk ajdodlari, boy madaniyati,
umuman mustamlaka istibdodi davrida unutilayozgan qadriyatlar to‘g‘risida jar
solib, ovoza qilganlari, jadidlarning hizmati millatimiz taqdirida muhim rol
o‘ynagani bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: