20
Shuningdek, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning eng ilg‘or jihatlaridan biri – unda
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy quyidagi tamoyillari o‘rganiladi:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
majburiyligi;
- ta’limning o‘zluksizligi va izchilligi;
- o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturini tanlashga yagona va
tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Masalaga bunday tarzda yondashuv ta’limning demokratik, huquqiy,
insonparvar jamiyat talablariga to‘liq javob berishi, uning milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqligidan guvoh berishi, shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta
mahsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlariga
asos solinganligi tushuntiriladi.
Uchinchi savolda talabalarga madaniy meros qadriyatlar, g‘oyalar, tajriba, bilimlar
ularni o‘zlashtirish yo‘llari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyati usullari ekanligi,
madaniy meros uni asrash va kelgusi avlodlarga qoldirish zaruriyati, ma’naviy
qadriyatlar ularni qayta ko‘rib
chiqish va baholash, o‘zaro bog‘liqlik usullari,
munosabatlari, hayot me’yorlari, voqelikni estetik idrok qilish kabi sohalari bayon
etiladi.
Madaniyatning – inson uchun mavjudlik belgisi, madaniy boylik – u yoki bu
millatni boshqa etnik birikmalardan o‘ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim
omil ekanligi, madaniy merosning shakllanishida butun dunyoga mashhur imom al-
Buxoriy, at-Termiziy, Naqshbandiy,
Yassaviy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino,
Ulug‘bek A.Navoiy kabi ko‘plab buyuk mutafakkirlarning bilimi va salohiyati,
Amir Temur va Boburlarning davlatchilik va siyosati qurilishi tajribalari;
buyuk
me’morchilik yodgorliklari, tasviriy san’at, muzika, amaliy san’at asarlari, urf-
odatlari va an’analar, milliy sport turlarining o‘rni va boshqa jarayonlar yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: