10
so‘nggisi «xudoning o‘g‘li» Iisus Xristos, musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, ollohning
oxirgi payg‘ambari va elchisi Muhammad (sav.) hisoblanishi, xristianlik IV asrda
Rim imperiyasida keng yoyilganligi, 470- yillarda shakllangan cherkov tizimi
ta’sirida davlat diniga aylanishi, bu davrda butun Yevropada keng tarqalgan va
xristianlikni o‘z dini sifatida qabul qilgan xalqlar (gotlar, gallar, irlandlar va
boshqalar) cherkovning tayanchiga aylanishi, din turli e’tiqod va an’analarga ega
bo‘lgan xalqlarning o‘zlariga xos madaniyatlarini yaratishlarida birlashtiruvchi
kuch bo‘lishi.
din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa
sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tushuntiriladi.
G‘arb va Sharqda borliq ilohiy «oliy hukmdor»ning aksi sifatida idrok
qilingan. Xudo (Olloh) borliqni yaratuvchi sifatida va narsalarda uning qudratli
namoyon bo‘lishi tarzida tushuniladi. Narsalarning mohiyatini bilish Xudoni
(Ollohni) tanishdir deb talqin qilinganligi, o‘rta asrlarda nafaqat alximiya va
astrologiya, balki an’anaviy, majoziy matematika, jug‘rofiya, filologiya va boshqa
fanlar ham rivojlanib, so‘zlarning ramziy ma’nosini tushunishga harakat
qilinganligi yoritiladi.
Shuningdek, G‘arb va Sharq mamlakatlarining diniy
madaniyatlarida sezilarli farqlar mavjudligi ham tushuntiriladi.
Ikkinchi savolda talabalarga O‘rta asrlarda yaratilgan tasviriy san’at asarlarida
insonlarning koinotda bo‘shliq mavjudligini tan olmaslikka intilishi, zangori rang
ayni chog‘da inson erki, ozodligi ramzi bo‘lganligi, rassomlar o‘z asarlarini turli
tasvirlar, masalan: serbarg o‘simliklar, murakkab geometrik shakllar, to‘g‘ri va
kesishgan chiziqlar, tillarang muhit bilan bezatganliklari, o‘rta asr rasmlarida
mazmunan va geografik jihatdan vaqt nuqtai-nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan
voqea hodisalarni ham birlashtirishga intilishlar, masalan, XV asrda yaratilgan va
hozirgi kunda Florensiya muzeyida saqlanayotgan naqshinkor idishdagi “Paris
ustidan sud” asarida mashhur afsonaning bir nechta ko‘rinishlari tasvirlanganligi
tushuntiriladi.
Me’morchilik sohasida V – VI asrlardayoq shaharsozlik sohasida yangi
uslublar yaratilganligi, bir qator cherkov va ibodatxonalar qurilishi yuksak san’at
darajasiga ko‘tarilganligi, ayniqsa, Vizantiyada bu hol yaqqol ko‘zga tashlanishi,
Imperator Yustinian (527 – 565 yy.) buyrug‘i bilan 532 – 537 yillarda barpo etilgan
Muqaddas Sofiya ibodatxonasi Vizantiya me’morchiligining ajoyib namunasi
bo‘lganligi, bu ibodatxona “Mo‘jizalar mo‘jizasi” deb nom olganligi tushuntiriladi.
X – XIII asrlarda G‘arbiy Yevropa me’morchiligida
roman uslubi keng
tarqalganligi, Roman tushunchasi Rim, ya’ni Qadimgi Rim madaniyatiga xos degan
ma’noni bildirganligi, 11-asr oxiridan sayyor quruvchilar sobor, monastir, cherkov,
qo‘rg‘on va qasrlar qurib roman uslubini yaratganliklari, bu uslubda binolar toshdan
qurilganligi, tuzilishining asosini minora tashkil qilganligi, uning atrofidagi
geometrik shakllar (kub, prizma, silindr va b.) binoning yaxlit majmuini tashkil
qilganligi, qurilishda ark, ravoqlardan keng foydalanilgan holda, eshik va derazalar
tor qilib ishlanganligi, binoning tashqi ko‘rinishi oddiylik, ayni paytda buyuklik,
vazminlik bilan ajralib turganligi, Roman uslubi asosida Fransiyaning Klyunidagi
(XI asr) cherkov, Klermon-Ferandagi Notr-Dam Por cherkovi (XII asr),
11
Germaniyaning O‘rta
Reyndagi Voris, Mayns va Shpeyere shaharlaridagi
cherkovlari (XIII – asr) qurilganligi bayon etiladi.
XII asrning oxirlaridan boshlab, Yevropa me’morchiligida Gotika uslubi keng
tarqalganligi, Gotika atamasi shartli bo‘lib, u german qabilalari-gotlar nomidan
olinganligi, Gotika arxitekturasining o‘ziga xos jihati, asosi tosh sinchlar va
ustunlardan, ularning ustiga qurilgan tosh arklar o‘rnatilgan binolardan iborat
bo‘lganligi, bu binolarning baland va keng bo‘lishini, devor o‘rnida ustunlardan
foydalanilganligi, ustunlar orasiga derazalar o‘rnatilganligi bino ichini yorug‘
bo‘lishini ta’minlaganligi, bu uslubda savdo ratushalari, shifoxonalar va
mehmonxonalar qurilishi avj olganligi,
Gotik tasvirlar, xristianlik diniy
inshootlarning baland gumbazlari yuksaklikka, ma’naviyatga intilishi ramzi
bo‘lganligi, shuni aytish kerakki, gotika uslubida bunyod qilingan yirik
ibodatxonalar minorasining uchi 150 metrga yetganligi, masalan, Fransiyadagi
Shartr shahridagi butxonaning balandligi 115 metr, Strasburg shahridagi esa 142
metrga teng bo‘lgan. Shuni yana qayd etish joizki, gotika uslubi 3 asosiy qismdan
tarkib topganligi ham tushuntiriladi.
Uchinchi savolda o‘rta asrlar madaniyatini yaratish jarayonida aholining
barcha tabaqalari ishtirok etib, har bir qatlam o‘zining madaniyatini yaratganligi va
o‘z navbatida an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli,
yuqori
qatlamining madaniyatigina namoyon bo‘lishi, Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar
davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganligi, dehqonlar orasida xristianlikning ta’siri
o‘ta boshlagan qadimgi dinlarga xos tasavvur, an’ana va rasm-rusumlar saqlanib
qolganligi, dehqonlar ongida xalqona madaniyatning konservatizmi tufayli dastlabki
dinlarning xudolari, afsonaviy qahramonlari haqida hikoya qiluvchi (islandlarning
«Kukilinlar haqida Saga», inglizlarning «sovular»i, skandinaviyaliklarning
«Edda»si) singari qadimgi ertaklar, asotirlar, qo‘shiq, odat va udumlar saqlanib
kelganligi, shahar hayoti odamlarda faollik, hisob-kitobda aniqlik, ishbilarmonlik,
ratsional tafakkur tarzini shakllanishiga turtki berganligi, shaharliklar orasida ilm,
ma’rifatga intilish boshqa tabaqalar mezonlariga tanqidiy yondoshish ruhiyati
uyg‘onganligi, yirik asarlar (Ai haqida roman), ixcham hikoyalar (novella, fabio,
shvanklar)da ruhoniylar va ritsarlarning takabburligi, dangasaligi,
nafsi buzuqligi
hajv etildi, shaharliklarning sahovati va mehnatsevarligi ulug‘langanligi yoritiladi.
O‘rta asrlar Sharq madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, balki ikki
yirik madaniyat-o‘troq-shahar madaniyati va ko‘chmanchi xalqlar madaniyati
ajralib turishi, Sharqda «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun» singari dostonlar
turli poetik shakl va janrdagi adabiy asarlar (qasida, masnaviy, g‘azal, madhiya,
ruboiy maqom), hikoya va ertaklar (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna), latifa
va rivoyatlar yaratilganligi, miniatyura bilan boyitilgan kitoblar, musiqa san’ati va
raqs janrlari xalq orasida keng tarqalganligi manbalar asosida yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: