Masalan: 6 soni va 20 soni yozilgan kartochkalardan 26 slnini xosil kilanadi. Teskari topshirik xam berish mumkin. 18 va 81, 43 va 34 kaysi xona sonlaridan tashkil topgan? 10, 8, …18. kartochkalar bilan bajariladigan bu amaliy ishlar xar kanday sonni xona onlarining kushiluvchilarning yigindisi shaklida tasvirlashda yordam beradi. 97=90+7, 80+5=85. o`quvchilarning nomerlashga doir bilimlari keyinchalik 100 ichida kushish va ayirishni urganish vaktida mustaxkamlanadi. Yuz ichida sonlarni nomerlashni urganish natijasida o`quvchilar kuyidagi bilimlar, malakalar va kunikmalarni egallab olishlari kerak.
Yuz ichida sonlarni nomlarini uzlashtirish ular o`nliklar va birliklardan kanday xosil bulishini tushunish.
Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-ketlikdagi urinlarini bilganlikka, shuningdek sonlarning o`nli tarkiblarini bilganlikka asoslanib sonlarni takkoslay olish.
Yuz ichida sonlarni yozish va ukiyo olish,ungdan chapga sanalganda birliklar (I xona birliklari) kaysi uringa va o`nliklar (II xona birliklari) kaysi uringa yozilishini uzlashtirish
Natural keta-ketlikni bilganlik asosida sonlarni kushish va ayirishni bilish. Sonlarning o`nli tarkiblari asosida sonlarni kushish va ayirishni bilish, sonlarni xona kushiluvchilarining yigindisi bilan namunaga karab xozircha xona kushiluvchilarining yigindisi terminidan foydalanmay turib almashtirish malakasini egallab olish.
Mavzuni o'rganish masalalari
O'quvchilarni yangi sanoq birligi o'nliklar biIan tanishtirish.
Xonalar bo'yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikki raqamdan, birlik va o'nlikdan iboratligini, bitta 1 o'nlik esa o'nta birlikdan iboratligini o'rgatish.
46 sonidagi ikkita raqam sonni bildirishini tushuntirish.
Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo'shish va ayirish ko'nikmalarini shakllantirish.
Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi o'lchov birliklari uzo`nlik (dm, m) haqida tushuncha berish.
100 ichida sonlarni raqamlashni o'rgatishda predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga o'rgatish.
100 ichida sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish xona birliklari bilan tanishtirish.
Raqamlashni o'rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
11-20 sonlarni raqamlash va 21-100 sonlarni raqamlash.
10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o'nli guruhlashga va raqamlarning o'rin qiymatlari tamoyilini qo'llanishga asoslangan: o'ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o'ringa, o'nliklar ikkinchi o'ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni raqam- lashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash bo'yicha ish davomida o'quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» atamalarini o'quvchilar o'zlashtirishlari, ularni tushunishini va o'z nutqlarida ulardan foydalana olishni o'rganishlari kerak) bilan
tanishadilar.O'quvchilarga quyidagi ko'rinishdagi topshiriqlarni berish yo'li bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak:
Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19
6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni o'qing?.
1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so'ngra ikki xonali sonlarni yozing.
Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Bu topshiriqni bajarishda o'quvchilarning e'tiborini 22 sonini yozish uchun bitta 2 raqamining o'zidan ikki marta foydalanilgan, bu son bir xil ikkita belgi yordamida yozilganligiga qaratish kerak.
O'quvchilarni 20 ichida, so'ngra 100 ichida sonlarni o'rganishda avval tayyorgarlik bosqichi olib borilib, so'ngra og'zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga oshiriladi.
20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlashga doir ish davomida o'quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari bilan tanishadilar.Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20.
Raqamlash jarayonida 11-20 sonlarini hosil bo'lishi quyidagi didaktik materiallar bilan mustahkamlanadi:
Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish mumkin? (bitta o'nlik)
O'n ikki sonida nechta o'nlik va nechta birlik bor?
Sanoq cho'plar yordamida 15 ta cho'pni ajrating, 10 ta cho'pni alohida o'nlik qilib bog'lang, bu nechta o'nlik va nechta birlik bo'lishini ayting.
Uzo`nligi 13 katakta bo'lgan qatorni chizing, 10 ta katakni bo'yang. Nechta katak bo'yalgan?
Bir o'nlik va beshta cho'p oling - hammasi qancha bo'ldi?
Qanday son bir o'nlik va 9 birlikdan iborat?
100 ichida sonlarni raqamlashni o'rganishda o'qituvchining vazifasi bolalarni quyidagilarni o'rgatishdan iborat:
Predmetlarni bittalab, o'ntalab, va yuztalab guruhlarga birlashtirib yozish.
100 ichida sonlarni o'qish va yozishni hamda ularning natural qatorida kelish tartibini bilish.
Sonlarni yuzliklardan, o'nliklardan va birliklardan hosil qila olish (ya'ni sonlarning o'nli tarkibini bilish)
O'ngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari) o'nliklar (2-xona) yuzliklar (3-xona) qaysi o'ringa yozilishini aniqlash.
Sonni (ikki va uch xonali) xona qo'shiluvchilarining yig'indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |