Ayiramiz: 614 dan 581 ni, 33 chiqadi. Bu —qoldiq.
Qoldiqnibo‘luvchibilantaqqoslaymiz: 33 < 83. Demak, bo‘lishni davom ettirish mumkin.
Birliklarnibo‘lamiz: 33 o‘nlik — bu 330 birlik,
yana 2 birlik, hammasi 332 birlik. Bu ikkinchi to‘liqsiz bolinuvchi. 332 ni 83 ga bo‘lsak, 4 chiqadi va chiqqan sonni bo‘linmaga yozamiz. 332 dan 332 ni ayirsak, 0 chiqadi. Qolgan misollar ham tushuntirish bilan bajariladi.
693-misol ham doskada o‘quvchilar tomonidan bajariladi. Bunda quyidagi rejadan foydalaniladi.
Birinchi to‘liqsiz bo‘linuvchini ayting. Bo‘linmada nechta raqam bo‘lishini aniqlang.
Bo‘linmaning birinchi raqamini qanday topganingizni ayting.
Ikkinchi to‘liqsiz bo‘linuvchini ayting.
Bo‘linmaning ikkinchi raqamini qanday topganingizni ayting.
350 ∙ 428 : 700 = 149 800 : 700 = 214
Yangi mavzuni tushunib olishgach yana bir vagoncha harakatlanadi.
Damolishdaqiqasi.O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagicha dam olish daqiqasi bajariladi.
Shamolesadig‘uv-g‘uv,Yig‘laydi bulut duv-duvOsmonda quyosh xafaKulibboqsinuyana!
694-masalahamdoskadaishlanadi.Masalalamiyechingva yechilishlarini taqqoslang:
Tegirmonga 39 qop bug‘doy va 27 qop arpa keltirildi. Tegirmonga arpaga qaraganda 840 kg ko‘p bug‘doy keltirildi. Agar bug‘doyli va arpali qoplar bir xil massaga ega bo‘lsa, tegirmonga necha kilogramm bug‘doy va necha kilogramm arpa keltirilgan?
Masalaning qisqa sharti: Bug‘doy – 39 qop, 840 kg ortiq Arpa – 27 qop,
Bug‘doy - ? kg Arpa - ? kg Yechish:
39-27=12 (qop)
840:12=70 (kg)
39·70=2730 (kg)
27·70=1890 (kg)
Javob: bug‘doy 2730 kg, arpa 1890 kg keltirilgan.
Tegirmonga bir xil qoplarda 2 730 kg bug‘doy va xuddi shunday qoplarda 1 890 kg arpa keltirildi. Bug‘doy arpaga nisbatan 12 qop ko‘p keltirildi. Necha qop bug‘doy va necha qop arpa keltirilgan.
Masalaning qisqa sharti: Bug‘doy – 2730 kg, 12 qop ko‘p Arpa – 1890 kg
Bug‘doy - ? qop Arpa - ? qop Yechish:
2730-1890=840(kg)
840:12=70(kg)
2730:70=39(qop)
1890:70=27(qop)
Javob: bug‘doy 39 qop, arpa 27 qop keltirilgan.
Masalalar bajarilib bir-birlari bilan solishtirib farqini tushunib olgach, vagonlardan yana biri yuradi. Shundan so‘mg mavzuga oid trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar berilgan misollarning bo‘linma va qoldig‘ini tog‘ri topsangiz qo‘ziqorin haqidagi qiziqarli ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Misol
Bo‘linma
Qoldiq
682:96
7
10
511:63
8
7
341:37
9
8
581:58
10
1
Agar to‘g‘ri moslashtirilsa misollarning o‘rniga qo‘ziqorin rasmi chiqib, u haqida ma’lumot beriladi.
Bilasizmi, olimlar 1960-yilgacha “Qo‘ziqorin o‘simlikmi yoki jonivor?” deya o‘zaro bahslashishgan ekan. Axiri qo‘ziqorinlar zamburug‘lar oilasiga kiradi, degan ilmiy
xulosani qabul qilishgan. Dunyoda qo‘ziqorinlarning taxminan 2 millionga yaqin turi mavjud. Ammo olimlar atigi 100 mingga yaqin qo‘ziqorin turini o‘rganishgan, xolos. Qo‘ziqorindan mazali taomlartayyorlash mumkin. Lekin ba’zi qo‘ziqorinlar zaharli bo‘ladi. Tanlashni bilmaydigan odam qo‘ziqorindan zaharlanib qolishi ham hech gap emas. Qo‘ziqorin judayam tez o‘sadi.
Oxirgi vagon o‘rnidan siljiganda o‘qituvchi bugungi kutilgan natijaga erishilganini aytadi va “quvnoq vagon” da kelajak sari yana bir omadli yurish qilinganini aytadi.