Matematika fanida interfaol usullardan foydalanish



Download 1,66 Mb.
bet1/4
Sana25.02.2022
Hajmi1,66 Mb.
#463472
  1   2   3   4
Bog'liq
Matematika fanidan interfaol usullardan foydalanish


Matematika fanida interfaol usullardan foydalanish


Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni o’quvchilarning bilim olish, ko’nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo’g’rilgan o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi sanaladi.
Тa’lim-tarbiya jarayonida ustoz va tahsil oluvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni tarkib toptirish uchun avvalo, o’sha jarayonni insonparvar­lashtirish, do’stona muhitni yaratishni taqozo etadi. Bebaho milliy qadriyatlarimiz bo’lgan o’rta asrda yashagan allomalarning pedagogik qarashlari, ma’naviyat durdonalari sanalmish hadislar, hikmatli so’zlar va o’zbek xalq maqollarida bu borada juda purma’no fikrlar bildirilgan.
Тa’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida hamkorlikni vujudga keltirish, do’stona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan o’qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko’nikma, malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi avvalo:
• Yumshoq, ko’ngilli, ochiq chehrali, shirin so’zli, bolalarni qanday bo’lsa shundayligicha yaxshi ko’rishi;
• Mehr-muhabbat, qalb qo’rini o’quvchilarga bab-baravar bo’lib berishi, sinfda do’stona muhitni yaratish va o’quvchilarning o’quv motivlarini rivojlantiruvchi kuch – rag’batlantirish metodlari ekanligini anglashi;
• O’quvchilarning taqdiri, baxti va kelajagi uchun mas’ul ekanligini chuqur his etishi, ularning nafsoniyati va qadr-qimmatini e’zozlashi;
• Har qanday pedagogik vaziyatda o’quvchilarga qo’pollik qilmaslik, haqorat qilish va baqirish, tahdiddan o’zini tiyishi zarur;
• O’quvchilarni tushuna olishi, ularning his-tuyg’ularini qadrlashi, tashvishlari, iztiroblarini yengishga yordam berishi, yoshlik va psixologik rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlari qiziqishlari, ehtiyojlarini bilishi;
Men o’z faoliyatimda o’quvchilar bilimining samaradorligini oshirish maqsadida turli tuman usullardan foydalanaman.
Mamlakatimiz kelajagi yosh avlod qo’lida. Yosh avlodni o’qituvchi tarbiyalaydi. Bevosita mamlakat kelajagi bugungi kun o’qituvchisiga bog’liq. Shuning uchun bugungi kun o’qituvchisi bilimdon, zukko va albatta vatanparvar bo’lishi kerak.Bizga ma’lumki xalq pedagogikasida ta’lim berishning an’anaviy usullari mavjud .Bugungi kunda esa ta’lim jarayoniga yangi usullar kirib kelmoqda. Har bir o’qituvchi o’z faoliyati davomida nimanidir kashf qiladi. Men o’zimning pedagogik faoliyatim davomida turli usullardan foydalanishga harakat qilaman.Ular quyidagilar:
1.Darslarni interfaol usullarda tashkil qilish
Yangi pedagogik texnologiyalar, darslarda innovatsion- uslublarni qo’llash o`quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi.
Musobaka, topqirlar bellashuvi, testlar asosida sinash, bingo, bahs-munozara, musobaqa, konferensiya darslari o’quvchilarni izlanuvchanlikka olib keladi.
Chunki har bir darsda guruhlarda ishlash, guruhlarga mavzu bo’yicha topshiriqlar berish, savol-javob o’tkazish (aqliy hujum) , muammoli vaziyatlar yaratish, muammo yechimini topishga undash kabi bir qator ilg’or ta’limiy o’yinlar kiritiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 2- bosqich vazifalaridan biri ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarini olib kirishdir. Hozirgi kunda ilg’or pedagogik texnologiya elementi bo’lgan interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda.
Interfaol degani bu – o’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro hamkorlik asosida dars samaradorligini oshirish , mustaqil fikr berish ko’nikmalarini shakllantirish , fikr-mulohaza , bahs orqali o’rganiladi , qo’yilgan maqsadga mustaqil , o’zi faol ishtirok etgan holda yakka . juftlikda , guruhlarda javob topishga harakat qiladi , fikrlaydi , yozadi, so’zga chiqadi , dalil va asoslar orqali yoritib berishga harakat qiladi.
Bu esa qatnashuvchilarning xotirasida saqlanadi. Yangi axborotili o’zlashtirishda tanqidiy , tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat fasilitator (yo’l yo’riq ko’rsatuvchi, tashkil qiluvchi , kuzatuvchi) vazifalarini bajaradi.Bu esa o’quvchida shaxsiy fikrni shakllantiradi, qiziqishni oshiradi va yaxshi samara berishini Finlandiya ta’limida ham ko’rish mumkin bo’ladi
Bunda o’quvchilarga mavzularni oldindan mustaqil o’qish va tushunish , ya’ni o’zlashtirish uchun topshiriq beriladi. Mavzu uchun ajratilgan soatda o’qituvchi mavzuni tushuntirib . yoritib bermaydi , balki yangi mavzu bo’yicha tayyorlangan savollarni o’quvchilarga berib , javoblar olinadi, Mavzuga doir misollar keltirish so’raladi.
O’quvchilarning mavzuga doir bildirgan fikrlari mustahkamlanadi, mavzu bo’yicha misol va masalalar yechiladi . O’quvchilarning shu mavzuga doir bilimlaridagi bo’shliqlarini o’qituvchi, albatta to’ldiradi.
Ayrim qiyin mavzularni o’tishda o’qituvchi o’quvchilarni fikrlarni to’ldirib . mavzuni mustahkamlab borishi lozim. Shunday qilib, o’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro hamkorlik asosida darslarni tashkil etib , o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bilan ularning bilimlari mustahkamlanib boriladi. O’z o’rnida egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olishga ham o’rganishadi. Xalqaro baholash tizimi bo’lgan PISA testlarini ham hal qilishda to’olagan bilimlari yordam beradi.
Bunday darslarni tashkil qilishda sinf o’quvchilarining guruhlarga bo’lib , yangi mavzuga doir savollariga beriladigan javoblarga qarab guruhlar musobaqasini tashkil etib, g’olib chiqqan guruhni rag’batlantirish ham mumkin.
Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil qilishda « Guruhlar bilan ishlash» , «Kompyuter o’yinlar» , « Yozma bahslar» , «Aqliy hujum» kabilar o’quvchilar faolligini oshirishga xizmat qiladi. Aqliy hujum metodi o’quvchilarni matematika fani bo’yicha tasavvurlari , mustaqil fikr yuritishlari , izlanishlari va ijodlaridan samarali foydalanishga undaydi . Bu metod beriladigan har qanday muammo , vaziyat , topshiriq va vazifalarning (yakka, juftlikda, guruhda) yechimlarini topishda yaqindan yordam beradi.Hamkorlik va hamjihatlikni oshiradi.
2.Darslarda turli o’yin va musobaqalardan foydalanish
Matematika darslarida interfaol metodlarni qo’llashda quyidagi ta’limiy o’yinlardan ham foydalanish mumkin :
-« Хotirani sinash »
-« Zigzag »
-« O’ylab top »
-« Kim birinchi »-
-« Bingo »
- « Javobini top »
- « Davom ettir »
-« Olma terish »
-« Katakchalarni to’ldir »

Bu ta’limiy o’yinlaridan 1-7 sinflar matematika darslarida o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o’z o’rnida mavzuga moslashtirib foydalanish mumkin.


Masalan . 6-sinfda «Тub va murakkab son1ar » mavzusini o’tishda ta’limiy o’yinlardan quyidagicha foydalanaman:
1. « Davom ettir » o’yini
Тub sonlaridan bir nechtasini ketma-ket yozib o’quvchilaridan bu qatorni davom ettirish kerakligi so’raladi va undan keyingi tub sonni topib , qatorni davom ettirish kerak bo’ladi. - ....31,37,41,43,47,......
Yoki shu maqsadga yo’naltirilgan “Koptok” o’yinini ham qo’llash mumkin har bir o’quvchi tub sonlar qatoridagi navbatdagi sonni aytadi va koptokni keying o’quvchiga uzatadi. Davom ettirolmagan o’quvchi o’yindan chiqadi va o’yin shu tariqa davom etadi.
2. «Хotirani sinash» o’yini

Bunda murakkab sonlardan bir nechtasi o’quvchilarga faqat bir marta aytiladi va sukut saqlash vaqtida xotirada eslab qolgan sonlarni daftarga yozishadi, O’yin oxirida har bir o’quvchi yozgan murakkab sonlar hisoblanib, g’olib aniqlanadi.


3 « Mosini top » o’yini


O’quvchilarga mavzuga doir bir nechta savollar berilib , ularga mos keladigan javoblar tanlanishi so’raladi. Masalan,

Bu berilgan savollarga o’quvchilar zudlik bilan javob berishi lozim.
45 minutlik dars jarayonini yirik san’at asari darajasiga yetkazish mumkin.Buning uchun o’qituvchi izlanuvchan va bilimdon, o’quvchilar esa talabchan va ilmga chanqoq bo’lishlari lozim .Darslar davomida o’quvchining yoshi, bilim darajasi , qobiliyatini hisobga olish lozim.Chunki hamma o’quvchiga bir xilda yondoshish , bir xil savol bilan murojaat qilish noto’g’ri. Men o’z faoliyatim davomida har bir o’quvchiga o’zgacha yondoshishga harakat qilaman.Savollar bilan murojaat qilganda esa o’quvchini bilimiga qarab birta savolni murakablashtirib yoki oddiylashtirib berish mumkin.
Miyaga hamla”—sinfdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv uslubidir. Uslub mohiyati “Bir kalla –yaxshi ,Yigirmatasi undan a’lo” prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlay olishida bo’lib , darvoqe,istisno tariqasida ta’lim oluvchilarni barcha fikrlari,shu jumladan,aytarli to’g’ri bo’lmaganlari ham inobatga olinadi.Chunki, o’quvchi javob qidirishga harakat qiladi loqayd bo’lib qolmaydi, izlanadi va fikrlaydi.
Tanqidiy tafakkur”uslubi o’quvchi qo’yilgan masala yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon qilish ,o’zgalarni fikrilarini tanqidiy qayta idrok qilish , o’z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lishga asoslangandir.Odatda bunday zarurat mulohaza xarakteriga ega masalalarni hal etayotganda yuzaga keladi va bu ululni geometriya darslarida kengroq qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash uslubiyoti ta’lim berish jarayonida ta’lim oluvchilarni maksimal faollashtirish maqsadiga egadir .
Kichik guruhlarda ishlash asnosida alohida masalalar yuzasidan o’z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda muhokama qilishda va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga o’rganadilar.Bundan tashqari, o’quvchi spiker sifatida nutq so’zlashi va katta auditoriya ko’z oldida guruh nuqtai nazarini isbotlashi kerak bo’lganda so’zlash malakasi ham vujudga keladi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish