3. Ekspert xulosasi
O‘qituvchi-texnolog tomonidan ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirish yaxshi bajarilgan.
Ishning ustunlik tomonlari.
1. Maqsadni belgilanishi. O‘quv mashg‘ulotlarining ta’limiy maqsadlari va talabalarning o‘quv yutuq natijalari bir ma’noda va fe’l shaklida, aniq ifodalangan.
2. O‘qitishning usul va vositalarini tanlanishi. Ushbu fan uchun belgilangan ta’lim maqsadiga erishishni samarali ta’minlovchi eng maqbullari tanlangan:
O‘qitish metodlari: ma’ruza, tushuntirish, suhbat, namoyish, mashq, amaliy ish, ko‘rsatish, shu jumladan aqliy hujum, insert, pinbord, keys-stadi, muammoli vaziyat.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli: ommaviy, jamoaviy, guruhlarda ishlash,
O‘qitish vositalari: o‘quv topshiriqlar va yo‘riqnomalar. Grafikli organayzerlar, o‘quv axborotini slaydli taqdimoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |