TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
KONSEPTUAL ASOSLARI
«Matematika» fanining maqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talabiga ko’ra kasb –hunar kollejlaridagi o’quvchilar kasb o’rganishlari bilan birga o’qish jarayonida oily o’quv yurtlariga kirish uchun aniq maqsadlarga yo’naltirilgan , fanlarni chuqur o’rganishga qaratilgan bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Kasb –hunar kollejlarida matematika fanining tadbiqiy ahamiyati nafaqat o’quvchilarning kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirish , balki ularning strukturaviy tuzilmasini takomillashtirish hamda bitiruvchilarni zamon talabi darajasidagi kichik mutaxassis darajasiga ko’tarilishiga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shadi. “Matematika” faniga jami 190 soat ajratilgan bo’lib, shu jumladan 90 soat nazariy, 100 soat amaliy mashg’ulot. Ushbu qo’llanmada 30 soatlik dars mashg’ulotlari ta’lim tex nologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |