Ta'limning mazmuni.
Algebra va analiz asoslari
1. To’plamlar nazariyasi elementlari. (6 soat)
To’plam, to’plam elementlari. Bo’sh va qism to’plam. To’plamlar ustida amallar. Sonli to’plamlar. Mantiqiy amallar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
2. Haqiqiy sonlar. (14 soat)
Haqiqiy sonning moduli va uning asosiy xossalari. Matematik induksiya usuli va ular yordamida misollar yechish.
3. Bir o’zgaruvchili ko’phadlar. (18 soat)
Bir o’zgaruvchili ko’phadlarni bo’lish, ko’phadlarni qoldiqli bo’lish. Ko’phadni ildizi. Kompleks sonlar va ular ustida amallar, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarish. Chiziqli, kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalar.
Algеbra va analiz asoslari fani mavzulari bo’yicha dars soatlari taqsimoti Algebra va analiz asoslari | № | Mavzular | Ajratilgan soat | Nazariy | Amaliy | Nazorat | I | To’plamlar nazariyasi | 6 | 3 | 3 | | 1 | To’plam. To’plam elementlari. Bo’sh va qism to’plam | 2 | 1 | 1 | | 2 | To’plamlar ustida amallar. | 2 | 1 | 1 | | 3 | Mantiqiy amallar, mavjudlik va ihtiyoriylik kvanto’rlari | 2 | 1 | 1 | | II | Haqiqiy sonlar | 14 | 7 | 7 | | 4 | Natural, butun, ratsional va irratsional sonlar. | 2 | 1 | 1 | | 5 | Cheksiz o’nli kasrlar | 2 | 1 | 1 | | 6 | Davriy o’nli kasr haqida tushuncha. | 2 | 1 | 1 | | 7 | Davriy o’nli kasrni oddiy kasrga aylantirish | 2 | 1 | 1 | | 8 | | 2 | 1 | 1 | | 9 | Haqiqiy sonning moduli va uning asosiy xossalari | 2 | 1 | 1 | | 10 | Matematik induksiya usuli va ular yordamida misollar yechish | 2 | 1 | 1 | | III | Bir o’zgaruvchili ko’phadlar | 18 | 9 | 9 | | 11 | Bir o’zgaruvchili ko’phadlarni bo’lish, ko’phadlarni qoldiqli bo’lish | 2 | 1 | 1 | | 12 | Ko’phadning ildizi | 2 | 1 | 1 | | 13 | Ko’mpleks sonlar va ular ustida amallar | 2 | 1 | 1 | |
| | | | | | 14 | Ko’mpleks sondan kvadrat ildiz chiqarish. | 2 | 1 | 1 | | 15 | | 2 | 1 | 1 | | | Jami; | 30 | 15 | 15 | |
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashdek buyuk baxt bugungi yosh avlodga nasib etdi.
Keyingi yillarda respublikamizda mustaqillikni mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish borasida juda ko‘p ishlar qilinmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomi, «O‘zbekiston Respub likasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi», misol bo‘la oladi.
Mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lishi kelajak avlodni har tomonlama kuchli va bilimdon qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
Davlat, jamiyat ishlarini mukammal bilish uchun huquqiy bilimli, ongli, madaniyatli bo‘lish — davr talabi.
Xalq va davlatning o`ziga xos mentalitetini hisobga olgan holda O`zbekiston tanlab olgan o`z rivojlanish modeli shunga olib keladiki, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotning taraqqiy etgan mamlakatlarda umume`tirof etilgan tamoyillari hamda me`yorlari hukmron va muqarrar xususiyat kasb etib, ular mamlakatimizning nafaqat hozirgi holatini, balki uning rataqqiyotini belgilaydi.
Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo`ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo`nalish ola bilish mahoratiga ega bo`lgan yangi avlodni shakllantirishni ta`minlaydi.
Yurtboshimiz tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta`lim-tarbiya modelini amaliyotga tatbiq etish o`quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog`liqdir. Shundan kelib chiqib Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida «O`quv tarbiyaviy jarayonni ilg`or pedagogik texnologiyalar ta`minlash» uning 2- va 3- bosqichlarida bajariladigan muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta`lim jarayonidagi sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, ya`ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarning echimini topib, ularni amalda keng qo`llash oliy ta`lim tizimi xodimi oldiga juda katta vazifalarni qo`yadi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o`quv jarayonini yaxshilash, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o`qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalardan keng foydalanish va shu asosda masofadan o`qitishni keng joriy qilish belgilab beriladi.
Mamlakatimizdagi ta`lim yo`nalishlarida o`qitish texnologiyalar, eng avvalo, insonparvarlik tamoyiliga asoslangandir. Falsafa, huquq, pedagogika va psixologiyada e`tirof etilganidek, bu yo`nalishning asosiy farqli tomoni shundaki, bunda diqqat-e`tibor talabaning shaxsiga qaratiladi. Chunki talaba bo`lajak mutaxassis, u – shaxs. SHuning uchun ta`lim jarayonidan o`qitish texnologiyalari talabaning o`ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, mustaqil, faol bilish faoliyatini tashkil etishga qaratilgandir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, «Matematika» o`quv fani bo`yicha ta`lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy majmuaviy yondashuvlarni ko`rsatib beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |