Matematika” fakulteti “amaliy matematika va informatika” kafedrasi


R to‘plami sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish amallariga nisbatan chiziqli fazo bo‘ladi. 4



Download 230,81 Kb.
bet2/6
Sana20.07.2022
Hajmi230,81 Kb.
#828639
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi funk anal

3. R to‘plami sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish amallariga nisbatan
chiziqli fazo bo‘ladi.
4. Rn fazoda qo‘shish va songa ko‘paytirish amallarini
(x1, x2, . . . , xn) + (y1, y2, . . . , yn) = (x1 + y1, x2 + y2, . . . , xn + yn),
α(x1, x2, . . . , xn) = (αx1, αx2, . . . , αxn) ko‘rinishda aniqlasak, bu to‘plam chiziqli fazo bo‘ladi. Bu fazo no‘lchamli arifmetik fazo deyiladi.
Ta’rif. X va Y lar K ustida chiziqli fazolar bo‘lsin. O‘zaro bir
qiymatli Φ : X → Y akslantirish
Φ(x + y) = Φ(x) + Φ(y), x, y ∈ X;
Φ(αx) = αΦ(x), x, y ∈ X, α ∈ K
shartlarni qanoatlantirsa, u holda X va Y fazolar o‘zaro izomorf fazolar
deyiladi.
Misol uchun, n o‘lchamli Rn haqiqiy arifmetik fazosi bilan darajalari
n−1 dan katta bo‘lmagan barcha haqiqiy koeffitsientli ko‘phadlar fazosi
izomorf fazolar bo‘ladi, bunda izomorfizm
(a1, a2, . . . , an) 7→ a1 + a2t + . . . + an
qoida orqali o‘rnatilishi mumkin.
L chiziqli fazoning x1, x2, . . . , xn elementlari berilganda, kamida bittasi noldan farqli bo‘lgan α1, α2, . . . , αn sonlari mavjud bo‘lib, α1x1 + α2x2 + . . . + αnxn = 0
tengligi o‘rinli bo‘lsa, u holda x1, x2, . . . , xn lar chiziqli bog‘liq elementlar
deyiladi. Agar α1x1 +α2x2 +. . .+αnxn = 0 tengligidan α1 = α2 = . . . = α
n = 0 tengligi kelib chiqsa, u holda x1, , x2, . . . , xn elementlar chiziqli
erkli elementlar deb ataladi.
L chiziqli fazo elementlarining x, y, . . . cheksiz sistemasining ixtiyoriy
chekli qism sistemasi chiziqli erkli bo‘lsa, u holda berilgan sistema chiziqli erkli deb ataladi.
Agar L fazosida n sondagi chiziqli erkli elementlar topilib, n + 1
sondagi ixtiyoriy elementlari chiziqli bog‘liq bo‘lsa, u holda L fazosi
n-o‘lchamli deyiladi. Agar L da ixtiyoriy sondagi chiziqli erkli elementlarni topish mumkin bo‘lsa, u holda L cheksiz o‘lchamli fazo deb ataladi.
n-o‘lchamli L fazoning n sondagi ixtiyoriy chiziqli erkli elementlarining
sistemasini, bu fazoning bazisi deb ataladi.
L’ to‘plam L chiziqli fazoning qism to‘plami bo‘lsin. Agar ixtiyoriy
x, y ∈ L0 va ixtiyoriy α, β ∈ K sonlar uchun αx + βy ∈ L0 bo‘lsa, u
holda L0 to‘plam L ning qism fazosi deb ataladi.
L chiziqli fazo bo‘lib, θ uning nol elementi bo‘lsin. Faqat nol elementdan iborat {θ} to‘plam L ning eng kichik qism fazosi bo‘ladi. Bu
fazoni nol qism fazo deb ataymiz. Shu bilan birga, L ni ham o‘zining
qism fazosi sifatida qarash mumkin. Bu ikki qism fazolar L ning xosmas
qism fazolari deyiladi, boshqa qism fazolar xos deb ataladi.
Qism fazolarning xohlagan sistemasining kesishmasi qism fazo
bo‘ladi. Haqiqatan, {Aγ : γ ∈ I} (I ixtiyoriy to‘plam) sistema L
chiziqli fazosining qism fazolari sistemasi bo‘lsin. Ixtyoriy x, y ∈ T
γAγ elementlar va ixtiyoriy α, β sonlar uchun αx+βy ∈ Aγ, ∀ γ ∈ I munosabati o‘rinli. U holda αx + βy ∈ TγAγ munosabati ham o‘rinli, ya’ni TγAγ to‘plam qism fazo bo‘ladi.
L chiziqli fazoda biror bo‘sh bo‘lmagan S to‘plam berilgan bo‘lsin.
S to‘plamni o‘z ichiga olgan eng kichik qism fazo, S to‘plamning chiziqli qobig‘i deyiladi va u odatda L (S) ko‘rinishda belgilanadi. L (S) fazosi S ni o‘z ichiga oluvchi barcha qism fazolarning kesishmasidan iborat bo‘ladi. Boshqacha aytganda, L (S) fazosi quyidagi ko‘rinishdagi elementlardan iborat:

bunda αi ∈ K, ai ∈ S, 1 ≤ i ≤ n, n ∈ N.
5. L chiziqli fazo bo‘lib, x uning noldan farqli elementi bo‘lsin.

Download 230,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish