10
DARSLIK VA UNGA QO‘YILGAN TALABLAR. O‘QISH DARSLIKLARIDAGI
O‘ZIGA XOSLIKLAR.
Yuldasheva Nilufar Bahodirovna
Gurlan tuman 17-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Davlatova Javida Allamberganovna
Gurlan tuman 17-son maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+998937595270
Nilufar.yuldasheva@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf darsliklarining o‘ziga xos xususiyatlari,bola
shaxsining rivojlanishida darsliklarning o‘rni,o‘qish darsliklardagi o‘ziga xoslik, ta’lim jarayo-
nida qo‘llaniladigan mazkur darsliklardagi rang-barangligi o‘quvchilarning mustaqilligi, tirish-
qoqligi, xushmuomalaligi kabi ijobiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam berishi aks etgan.
Kalit so‘zlar: darslik, ta’lim, kitob,bilim,o‘qituvchi,o‘quvchi, dars,
Darslik nima? Darslik – bu Davlat ta’lim standarti (DTS) o‘quv dasturi, uslubiyoti va didaktik
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining
mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda
turdosh ta’lim yo‘nalishlaridan foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr. Darslikni har
kim ham yarata olmaydi. Buning uchun ya’ni darsliklarni tayyorlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim Vazirligi zimmasida bo‘ladi.
Pedagogika va xususiy metodika fanlari tizimda darslik masalasi asosiy mavzulardan biri
sanaladi. Zero, dars jarayoning asosini, bola ilm oladigan manbani darslik deya hech shubhaga
bormasdan keltirtishimiz mumkin. Darsliklar o‘quvchi yoshiga mos tarzda yaratiladi. Ayniqsa,
so‘nggi yillarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan darsliklarning turfa xil mavzu-
lari-yu, mavzuga mos rasm va rebuslar o‘quvchining diqqatini to‘liq darajada jalb qila oladi.
Bunday dizayn esa, o‘quvchi mavzuni tushunishi bilan bir qatorda tasavvur qilishi uchun keng
imkoniyat yaratadi. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish darsliklarini misol ta-
riqasida keltirib o‘tsak, har bir mavzuga mos rasm, va har bir bo‘limdan keyin bo‘lim yuzasi-
dan takrorlash uchun berilgan topshiriqlarning xilma-xilligi, rasmli boshqotirmaslar, rebuslar va
topishmoqlarni ko‘rishimiz mumkin. Topishmoqlarning javoblari ham oddiy so‘z ya’ni matn
shaklda emas, balki rasmi berilganligi ham alohida e’tirofga loyiq. Darsliklar bolaning tasav-
vuri bunday oddiy detallardan, rasm, rebus, jadval, chizma kabilardan boyib, fikrlash doirasi
kengayib borishini inobatga olib yaratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish darslarida nafaqat o‘qish ko‘nikmalarini yaratadilar, balki
bu darslar o‘quvchiing intelektual salohiyatini yanada oshirish, tasavvur dunyosini kengaytirishga
katta yordam beradi. Bu borada esa o‘qish darlsri uchun yaratilgan darsliklarning o‘rni juda
muhim. Yuqori sinf o‘quvchilarining darsliklari ham o‘z yosh toifasiga moslab yaratilganligini
ko‘rishimiz mumkin.Bu, albatta, tushunarli. Ahir, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari darslik
tufayli bilim oladilar. Ayni, vaqtda darslik o‘qituvchilarning bilim berish vositasi hisoblanadi.
O‘quvchi nimani o‘rganishi, o‘qituvchi nimani o‘rgatishi, pirovard, darslikka borib taqaladi.
Modomiki shunday ekan, darslikning tuzilishi, mazmuni uning metodik apparati qanday bo‘lishi
kerak, degan muammo pedagoglar, psixologlar, metodistlarni doimo qiziqtirib kelgan. Darsliklar
“ Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan
holda tayyorlanishi kerak. Xususan, darsliklar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari bo‘lmish: ta’lim bilan tarbiyaning insonparvarligi, demokratik xarakterda ekanligi,
ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi to‘g‘risidagi
prinsiplarga asoslangan bo‘lishi lozim..Bundan tashqari, darslik ta’lim bilan birgalikda tarbiyani
o‘quvchilar ongiga singdirish lozim. Darslilardagi har bir mavzuda yangi bilim berishdan tashqari,
tarbiyaviy ahamiyatga ham egaligi nazarda tutiladi. Darsliklardagi savollar va topshiriqlar ta’lim
konsepsiyasi asosida tuzilgan va metodik nuqtayi nazardan to‘g‘ri joylashtirilgan(kamol toptirish
maqsadida yoki rasmlar orqali ifodalangan) bo‘lishi lozim. Ular, asosan, quyidagi uch guruhga
bo‘linadi. Darslikda dasturning barcha talablari aks etishi va asosiy g‘oyalar, xulosalar yaqqol
ifodalanishi lozim. Darslikni bolalarga moslashtirishda quyidagilarni alohida e’tiborga olishni
bilish kerak:
700
10
materiallarni darlikka to‘g‘ri taqsimlash;
- o‘quvchilarga beriladigan asta-sekin qiyinlashtirib boorish (tizimga solish);
- o‘quvchilarga tabaqali yondashishni nazarda tutish(topshiriqlarni qiyin yoki osonligiga
qarab tanlash);
- darsda, uy vazifalarini bajarishda, takrorlashda asosiy va qo‘shimcha materiallarni ajratish;
- darslikdagi savol va topshiriqlarning mo‘ljallangan vaqtga mosligi va o‘quvchilarni qiynab
qo‘ymasligi;
- darslikning mazmuni (o‘quvchilarni qiziqtirishi, matnlarning g‘oyaviy va estetik jihatlari)
uni o‘rgatishning metodik tizimga muofiq bo‘lishi;
- darslik tilining osonligi va ravonligi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun namuna bo‘la
olishi.
- Darslikning asosiy komponenti uning matnidir. Matnlar asosiy va qo‘shimcha
materiallardan (murojaat, hujjat,xrestomatiya va hakozolardan) hamda tushuntirishlardan iborat
bo‘ladi. Darslikni tahlil qilishda uning tuzilishi, mavzularning o‘rni, illyustratsiyalarga boyligi va
eng muhimi o‘quvchilarga ta’siri hisobga olinishi kerak.
Mana shu talablar amalga oshirilishi uchun har bir yangi darslikni yaratishning o‘ziga xos
muammolarini to‘g‘ri hal qilish, darslik o‘quv metodik ishlarining asosi bo‘lishi kerakligini
nazarda tutish shart. Boshlang‘ich ta’limdao‘qish kitobi darsliklari o‘quvchilarning har tomonlama
barkamol bo‘lib yetishishlari uchun muhim vosita vazifasini o‘taydi. Bu darsliklar o‘quvchilarning
dunyoqarashini rivojlantirish, barcha fanlardan olgan bilimlarni umumlashtirish, savodxonlik
darajasini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, to‘g‘ri talaffuz etish, mustaqil fikrlashga
o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda darsliklarga qo‘yilgan talablar ortib bormoqda.
Darsliklarga pedagogik, psixologik, ilmiy, metodik, ma’naviy –axloqiy, estetik, dizayn, ekologik
hamda gigiyenik talablar qo‘yiladi. Darsliklarning yaratilishida bu talablarning barchasiga rioya
qilingan. Natijada sifatli, hammaga manzur darsliklar yaratishga erishilgan
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boshlang‘ich ta’lim Konsepsiyasi //Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 1998. №6. 3 - 4 - betlar.
2 . Ishmuhamedov R. va b. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T. : 2008.
701
Do'stlaringiz bilan baham: |