«Qaysi biri qo‘shildi» o‘yini. Didaktik topshiriq: son qatori haqidagi tushunchani
mustahkamlash. O‘yin topshirig‘i: oldin turgan bolalarni sanab chiqib, yana qancha qo‘shilganini
aytib berish. O‘yin bayoni: bir necha bola bir qatorga turadi. Qolgan bolalar ularni sanab
chiqishadi. O‘qituvchi imo-ishorasi berilishi bilan o‘tirgan o‘quvchilar ko‘zlarini yumadilar.
O‘qituvchi ovoz chiqarmasdan yana bir o‘quvchini doskaga chaqirib, saflanganlar qatoriga
turg‘azib qo‘yadi. U mumkin degandan so‘ng, o‘quvchilar ko‘zlarini ochib, nechanchi kelib
qo‘shilganini aytib berishadi.
Xulosa qilib aytganda, ayniqsa, qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini
oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘yin oraqli bilimlarni egallashda
qiynalmaydilar. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur
o‘zlashtiradilar. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonining samardorligini oshiradi, o‘quvchilar
faolligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. L.Sh. Levenberg, I.G. Axmadjonov, A.N. Nurmatov. «Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasi». 1985 yil. Toshkent. O‘qituvchi
2. M.A. Bantova, G.V. Beltyukova. «Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi».
1983 yil. Toshkent. O‘qituvchi.
708
10
INTERFAOL METODLAR METODLAR ASOSIDA IJODIY MATN YARATISHGA
O‘RGATISH YO‘NALISHLARI
Zokirova Yoqutxon Boyzoqovna
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani
32- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99890 152 1920
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ijodiy matn yaratishga
interfaol metodlarni qo‘llash imkoniyatlari haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, ijodiy matn, ijodkorlik.
Bugungi milliy pedagogikaga «interfaol metodlar» nomi bilan kirib kelayotgan metodlar
o‘quvchi-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni
o‘quvchiga yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, shu
bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va
chaqqonlikni talab qiladi. Bugungi kunda qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan
«Aqliy hujum», «6x6x6», «Klaster», «Qarorlar shajarasi» singari metodlarning ayrimlaridan
mustaqil ijodiy ta’lim jarayonidagi badiiy asar tahlilida ham foydalanish mumkin.
Interfaol metodlardan amalda foydalanishda quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:
- o‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o‘rgata olmaydi;
- o‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil
qiladi ya’ni yapon xalq maqoli misolida olsak, o‘qituvchi baliq tutib bnermaydi, baliki unga
baliq tutishni o‘rgatadi;
- bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi kabilar.
Quyida o‘quvchilarni ijodkorlikka undovchi interfaol metodlardan namunalar keltiramiz.
Masalan, limerik tuzish - murakkab goya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan
ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir.
Limerik tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Limerik quyidagicha tuziladi:
Kim? yoki Nima?
Qanday? Qanaqa?
Qayerdan?
Nima qilgan?
Nima bo‘lgan?
Nima bilan tamomladi?
Harbiy
Sabotli, baquvvat.
Oiladan,
Xizmatga chaqirilgan,
Askar bo‘lgan,
Harbiy xizmatni o‘tagan.
Ijodiy mehnat-rasm chizish, andozalash, qo‘shiq, tarixlar, chizgilar yozish va o‘yinlar o‘ylab
topishni mujassam etadi. Bu metod asosida bir mavzu berilib, u asosda 1-guruh matn yaratadi,
ikkinchi guruh rasm chizadi va uni ijodiy matn asosida ta’riflaydi, 3-guruh esa she’r, qo‘shiq
topadi yoki o‘zlari to‘qib aytadi, 4-guruh applikatsiya, plastilindan yasashi mumkin va unga ham
matn yaratib izohlaydi.
“3X2 (3X3, 3X2,5X2,4X3) metodida texnologiyasihar bir kichik guruhchaga umumiy mavzu-
ga oid alohida topshiriq beriladi va 2 tadan javob yozish so‘raladi. Varaqlar almashtirilib, boshqa
guruh topshiriiqlariga javoblar topish vazifalari bajarilgach, umumiy xulosa chiqariladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol metodlar asosida ijodiy matn yaratishda o‘quvchilarning
adabiy-nutqiy kompetensiyalarini shakllanib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. J. G‘. Yo‘ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T- O‘qituvchi, 2004.
2. R.J. Ishmuhamedov Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo‘llari. T- 2006.
709
Do'stlaringiz bilan baham: |