Kalit so‘zlar: kelajak poydevorlari, kasbiy tayyorgarlik, badiiy til vositalari foydalanish.
Hozirgi kun o‘qituvchisi boshqaruvchilik maqomidan o‘quvchining teng huquqli she’rigiga
aylanmoqda. Har bir darsda o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘qituvchi va har bir o‘quvchi, o‘quvchi
va o‘quvchi hamkorligiga erishishi lozim. Shundagina har bir dars samaradorligi yuz foiz
ta’minlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari shuni unutmasligi kerakki, kelajagimiz poydevori
bilim dargohida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun
qanday ta’lim va tarbiya olishlariga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni
ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un
holda olib borishni talab etadi. O‘qituvchi fadliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni
ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iborat. Bilim berishning
o‘ziga xoz tarzi boshqalarnikidan ajralib turishi kerak bo‘lgan yo‘sini mavjud. Bunga o‘quv
jarayoni ishtirokchilarining yoshi, bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari, moyilliklarini hisobga
olgan holda amal qilinadi. Aynan shunday dars o‘tish yo‘sinining alohidaligi tufayli bitta mavzu
bir yoshdagi o‘quvchilarga tamomila farqli tarzda tushuntiriladi va keskin farqli ta’limiy natijaga
erishiladi. Shu bois o‘qituvchi mashg‘ulotlardan oldin qaysi sinfga qaysi mavzuni qanday usulda
o‘tishini, o‘rganilajak mavzuni barcha qirralarini hisobga olgan holda dars loyihasini tuzib olishi
shart.
O‘qituvchi ziyrak bo‘lishi, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchilar fikrini yo‘naltirib turishi,
qisqa va aniq gapirishni talab etishi, fikr va tuyg‘ularini bu tarzda boshqara olishi uchun sinfdagi
har bir o‘quvchini imkoniyat va qobiliyatini yaxshi bilishi shart. O‘qituvchining har bir so‘zi
imo-ishora va yuz harakatlari bilan mos bo‘lishi, fikrlari mantiqqa asoslanishi kerak.
Fan o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarliklariga qo‘yiluvchi talablar quyidagilardan iborat:
- Ta’limga tegishli me’yoriy hujjatlar mohiyatidan xabardor bo‘lish
- Umumiy pedagogic, psixologik, metodik, iqtisodiy va siyosiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi,
mazkur sohalar bo‘yicha kiritilayotgan yutuqlardan xabardor bo‘lish, ular bo‘yicha amaliy faoli-
yatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarni egallash
- Ijodiy qobiliyatga ega bo‘lish, ilg‘or pedagogic texnologiyalar hamda zamonaviy ta’lim
vositalaridan samarali, o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalana olish
- Boshlang‘ich ta’lim darslarida o‘quvchilarning imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari va qobil-
iyatlarini tarbiyalash, ma’naviyatini oshirish, ta’lim berih asosida ularni mustaqil fikrlaydigan,
teran xulosalar chiqara oladigan va nazariyani bevosita amaliyotda qo‘llay oladigan komil inson
qilib kamol toptirishni puxta o‘zlashtirish.
Bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biriga aylangan bola shaxsiga
yo‘naltirilgan ta’lim, ma’naviyatni yuksaltirish masalalari, bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish,
ta’lim jarayonida ijodiy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir o‘qituvchiga
muntazam ijodiy faoliyat, o‘zgaruvchan sharoitlarda o‘zini yo‘qotmaslik, muammoni aniq ko‘ra
olish, ixtirochilik, sezgirlik kabi sifatlarni shakllantirishi lozim. Shu maqsadda zamonaviy o‘quv
jarayonida reproduktiv usul bilan bir qatorda mahsuldor, ijodiy qidiruv usullarini ham qo‘llash
kerak. Ular mantiqiy fikr yuritish va muammolarni ilmiy asosda ijodiy yechishga o‘rgatadi,
692
10
zarur bilimlarni mustaqil ijodiy qidirishga odatlantiradi, qiyinchiliklarni yengish ko‘nikmasini
hosil qiladi, o‘quv materialini tushunarli darajada bayon qilish va chuqur o‘zlashtirish imkonini
beradi, o‘zlashtirilgan bilimlarning aniqliligi va ishonchliligini ta’minlaydi, bilim olishga qiziqish
uyg‘otadi, xullas, ijodkor shaxsni shakllantirishga yordam beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, intelektual rivojlanish dunyo taraqqiyotida keskin
o‘zgarish va ilgarilash yasayotgan bir davrda jamiyat ma’naviyatining tayanch kuchi bo‘lgan
ushbu soha vakillari mahorati, ularning fidoyiligi muammolar yechimini topishda o‘ziga xos
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”T.Ma’naviyat 2008y. 61-bet.
2. ”Samaradorlikni aniqlash me’zonlari”. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi,
Respublika ta’lim markazi. Bolalar jamg‘armasi . T. 2005 y.
3. I.P.Po‘latov “Yangi asr o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablar” // Uzluksiz ta’lim jurnali, 2006
yil 4-son 40-43-betlar
693
Do'stlaringiz bilan baham: |