Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFLAR OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHNING



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet464/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFLAR OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHNING 
PSIXOLINGVISTIK JIHATLARI
Xaydarova Dilrabo Usmandjanovna
Namangan viloyati Namangan shahar 
53-maktab boshlang‘ich sinf o‘qitivchisi 
Tel: 90 275 15 46
Annotatsiya: Maqolada og‘zaki nutqni o‘stirishning psixolingvistik jihatlari va olimlarning 
bu haqdagi fikrlari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: nutq, Leontev, fikr, matn, til, ta’lim.
O‘zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, 
iqtisodiy rivojlantirishning o‘zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi 
va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor 
qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. 
Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj 
topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni 
yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday 
sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. 
Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. 
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda 
boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘qituvchilar darsda ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foydalanmoqda. Har bir 
ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli o‘quv-metodik adabiyotlar, 
jumladan, elektron resurslarning katta zaxirasi mavjud. Boshlang‘ich sinflarda bolalar nutqini 
o‘stirish dastlabki vazifalardan. Zero aqlni namoyon etuvchi kuch ham, fikrning moddiy asosi 
ham nutqdir. Nutq faqatgina fikr ifodalash vositasi emas, balki fikrni shakllantiruvchi vosita 
ham hisoblanadi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot uzatish va axborotni qabul qilish 
jarayoni nutqiy faoliyat sanaladi. Ferdinad de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi 
asosida amalga oshishini ta’kidlab, nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til ekanligini 
aytgandi. Psixologlar nutq faoliyatini odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirish va 
avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish yoki o‘z harakatlarini rejalashtirish maqsadida 
tildan foydalanish protsessi sifatida ta’riflaydilar. Nutqiy faoliyat jarayoni ko‘p bosqichli. Nutqiy 
faoliyatning yagona konsepsiyasini shakllantirishda rus tilshunosi, psixolingvisti A.A.Leontevning 
xizmatlari katta. U o‘z ilmiy ishlarida nutqning psixologik, lingvistik, neyrofiziologik, falsafiy 
jihatlarini umumlashtirdi. Leontev nutqning vujudga kelishini murakkab bosqichli, davriy 
shakllanishga ega nutqiy harakat sifatida baholaydi.
Olimning fikricha, nutqning vujudga kelish bosqichi quyidagicha:
a) ifodaning grammatik-sintaktik tomonlarini programmalashtirish;
b) grammatik realizatsiya va so‘z tanlash;
v) ifoda (sintagma) komponentlarini programmalashtirish;
g) tovush tanlash;
d) ifoda;
Nutqning vujudga kelish jarayoni ikki bosqichdan iborat ekanligi haqida dastlab Vigotskiy 
shunday degan edi: “Jonli nutqiy tafakkur dasturida harakat motivdan boshlanib, fikrdan fikr 
shakllanib ichki so‘zga, keyin tashqi so‘zga va nihoyat so‘zlarga aylanadi”. Demyankov matn 
yaratilish jarayoni ham ikki bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Matn tuzishni rejalashtirish 
(kontseptual mazmunni tartibga solish); matn generatsiyasi (tabiiy tilga transformatsiya qilish). 
SHu o‘rinda bir narsani ta’kidlash zarur, bizningcha, Axutina taklif etgan chizma ruhan sog‘lom 
odamlargagina mos keladi. Ruhiy xasta, mast, hatto uyqusirash holatida ham ichki nutq bo‘lmaydi, 
har qanday ma’nodan holi tashqi nutq bo‘ladi, xolos. Vigotskiy ta’rifidagi birinchi bosqich – 
motivlash, bir so‘z aytishdan oldin fikrlash bosqichi ro‘y bermaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K. Qosimova va boshqalar Ona tili o‘qitish metodikasi.


670

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish