667
10
INFORMATIKA DARSLARIDA TA’LIMNING INTERFAOL METODLARIDAN
FOYDALANISH
Xamidova Umida Mo‘ydinovna
Andijon viloyati Asaka tumani 36- umumta’lim maktab
Informatika va matematika fani o‘qituvchisi
umidahamidova05@gmail.com +998 916192944
Annotatsiya: Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida
ilm - ma’rifatni rivojlantirish tashabbusini ilgari surdilar.
Darhaqiqat, yoshlarni ilm- ma’rifatli
hamda jismonan barkamol etib tarbiyalash bugunning muhim vazifasidir. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘tkaziladigan informatika darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini
takomillashtirish hamda ularning dasturlash savodxonligini oshirish bosh maqsad etib belgilangan.
Yangi pedagogik texnologiyaning muhim talabi hisoblangan interfaol usullar- kichik guruhlarga
bo‘linib ishlashni talab etadi. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi yakka tartibda shug‘ullanish
imkoniyatini yaratadi.
Kalit soʻzlar: informatika, aqliy hujum, metodika, interfaol usullar, pedagogik mahorat.
Aqliy hujum bu- metodning eng samarali usuli hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar
oldiga muammoli savol qo‘yadi yoki topshiriq beradi hamda qaytarilgan javoblarga asoslanib,
umumlashtiradi, zarur hollarda tuzatishlar kiritadi. “informatika ”
fanidan istalgan mavzuni
o‘rganishda “ aqliy hujum”dan foydalanish mumkin . Masalan, 8- sinfda “ Elektron jadvallar
va ular ustida amallar“ mavzusi o‘rganillar ekan, o‘quvchilarga avval
Exsel dasturini takomi
va tuzilish sistemasi va ularda sodda misollar yechish uchun kichik misollar keltirish,
sodda
misollar qatorini hosil qilish, dasturdagi katakcha o‘rnini tushuntirish topshiriladi. sodda
misollarni tuzilishiga qarab katakchaga joylash va yacheyka ( katakcha ) hosil qilishni tushuntirish
o‘quvchilarning aqlini charxlashga qaratilgan hujumdir.
“Aqliy hujum”dan tanqidiy fikrlashga o‘tiladi. “Tanqidiy fikrlash ” deganda o‘rtaga tashlangan
masala yoki muammo yuzasidan fikr aytish, o‘zgalarning fikrini tanqidiy idrok etish, o‘z qarashlari,
hukm va xulosalarini asoslash, dalil va isbotlar keltirish anglanadi. Oquvchilarning tanqidiy fikr-
mulohazasini yuzaga keltirishda bahs munozara darslarining ahamiyati katta.
Bahs- munozara
darsining o‘ziga xos xususiyati mavzu hamda muammoli savollarning oldindan o‘quvchilarga
ma’lum qilinishidir. Savollar har biriga o‘quvchi o‘zicha javob izlaydi,
fikrini isbotlash uchun
dalillar qidiradi.
Masalan, “karra jadvalini tuzish ” ( 8- sinf) mavzusini o‘rganishda quyidagi muammoli savollar
o‘rtaga tashlanishi mumkin :
1. matematika faniga bog‘lash qanday ?
2. Ayrim misollarni yechish, matematik tenglama tuzish orqali to‘g‘ridan- to‘g‘ri misol yozib
olishdan foydalanamiz. Mana shunday qilish zarurmi?
3. Exsel dasturidagi buyruqlarni o‘rganish qanday va qo‘llash osonmi ?
Bunday muammoli savollar o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga va to‘g‘ri xulosa chiqarishga
o‘rgatadi. Darsni interfaol usullar asosida tashkil etishda o‘qituvchi, asosan o‘quv topshriqlarini
ishga soladi. O‘qituvchi topshiriqlar ko‘pligini nazarda tutib, ularni bajartirish uchun vaqtni aniq
chegaralashi lozim . Aks holda o‘quvchilar 1-2 ta topshiriqni bajarish bilan vaqtni o‘tkazib, qolgan
( rajalashtirilgan ) topshiriqlarni bajarishga ulgurushmaydi. Bu esa
informatika darslarining
samaradorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi eng kamida 7- 8 ta topshiriqni
bajarishga ulgursagina, o‘rganilayotgan dasturini puxta o‘zlashtirishi mumkin. Ta’lim jarayonida
interfaol metodlarni qo‘llashdan ko‘zlangan yakuniy natija ham aynan shu hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun // Xalq ta’limi. 1997. №5. S.4-16.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. “Xalq so‘zi”. 11
fevral, 2004 y.
3. “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Xalq so‘zi”
gazetasi, 2005, 3-iyun.
4. “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning