Масъул муҳаррир


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BOSHLANG‘ICH MATEMATIK



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BOSHLANG‘ICH MATEMATIK 
TASAVVURLARNI QANDAY SHAKLLANTIRISH KERAK. PSIXOLOG TAVSIYASI.
Tursinbayeva Go‘zal Baxtiyarovna
Angren shahar 34-sonli maktab
 internati psixologi.
Tel; +99894 414 04 57
Annotatsiya: Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning elementar matematik 
ko‘nikmalarini shakllantirishda yangi axborot texnologiyalari asosida yaratiladigan, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari o‘quv faoliyatida foydalaniladigan elektron animatsion matematik ertaklarni 
tayyorlash metodikasi va samadorligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: elementar matematik ko‘nikma, animator dastur, globallashuv, matematik ertak,
mashg‘ulot.
Bolalarning aqliy tarbiyasida boshlang‘ich matematik tasavvurlarni rivojlantirish kata 
ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik ko‘nikmalarini 
rivojlantirishda asosan raqamlar va ular ustida amallar, oddiy geometrik shakllar, fazoda mo‘ljal 
olish, katta-kichik, vaqt tushunchalari bilan tanishtiruvchi g‘oyalar ilgari surilgan didaktik 
materiallar zarur hisoblanadi. Bunday didaktik materiallar maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv
qiziqishini va matematik tafakkurini rivojlantirish, mulohaza yuritish, bahslashish va amalga 
oshirilgan harakatlarning to‘g‘riligini isbotlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Aynan matematika 
bola ongining rivojlanishiga ta’sir etadi, fikrlashning moslashuvchanligini rivojlantiradi, mantiqqa 
o‘rgatadi, xotirani, e’tiborni, tasavvurni, nutqni shakllantiradi.
Hozirgi globallashuv davrida maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarni
shakllantirish muammolari bilan ko‘pgina olimlarimiz shug‘ullanmoqdalar. 
Men ushbu maqolamda yuqoridagi muammoning bir yechimi sifatida matematik ertaklarning 
imkoniyatlarini, ulardan, maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni 
shakllantirishda o‘quv faoliyatining vositasi sifatida foydalanish haqida ma’lumotlar keltirdim. 
Bola psixikasining taraqqiy etishida faoliyatning ro‘li katta. CHunki bolaning psixikasi o‘yin, 
o‘qish, mexnat jarayonida taraqqiy etadi. SHaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi. 
Psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu 
faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Faollikning 2 turi farqlanadi - tashki faollik, ichki faollik. Tashki faollik - bevosita ko‘rish, qayd 
qilish mumkin bo‘lgan xarakatlarimiz. Ichki faollik - fiziologik va psixik jarayonlarni – faoliyat 
kechishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘z ichiga oladi. Ikki turdagi faollik xam shaxsiy tajriba va 
rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Matematik ertaklar - sarguzasht janriga asoslangan badiiy matn syujetda asosiyqahramonlar 
o‘quvchilarning e’tiborini o‘ziga tortadigan g‘ayrioddiy, “jonli” ko‘rinishga ega bo‘ladi va ba’zi 
bir matematik tushunchalar bilan bog‘lanadi. Ushbu jarayonni tasvirlashda animatsion kompyuter 
dasturlari asosiy vosita hisoblanadi. Adobe Flash Professional CS6 va Crazy Talk Animator 
dasturlarida tayyorlangan 3D formatdagi matematik ertaklar bolada juda kata qiziqish uyg‘otadi 
va bolalar ertak qahramonlari bilan birgalikda turli xil vazifalarni bajaradilar, savollarga javob 
izlaydilar, taqqoslaydilar, xulosa chiqaradilar.
O‘qituvchi ta’lim samaradorligini oshirishda o‘quvchilarga qisqa vaqt ichida juda katta
miqdordagi axborotlar to‘plamini o‘zlashtirishiga, ularni qayta ishlash va amalda qo‘llay 
olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o‘qituvchi o‘qitishning zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan va interfaol metodlardan foy-dalanishi ta’lim samaradorligining 
oshishida katta yordam beradi 
Dars jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘qitish jarayonini 
qiziqarli olib borish va o‘quvchilar faolligini oshirish imkonini beradi. Bunda, birinchidan, axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining keng imkoniyatlari orqali o‘quvchilarga juda ko‘p bilim, fakt 
va ma’lumotlarni etkazish mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘qituvchining innovatsion reja, g‘oya va 
o‘y-fikrlarini to‘laqonli amalga oshirish engil va samarali tarzda kechadi. 
Matematik ertakning tuzilishi xayoliy mamlakat, qahramonlar o‘rtasidagi mojarolar va nizolarni 
hal qilish, topshiriqlarni bajarishga qaratilgan bo‘lib baxtli yakun topishi kerak. 


226
10
Ertaklarda fantastik qahramonlar yoki insonning g‘ayrioddiy qobiliyatiga ega bo‘lgan real 
hodisalar aks etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Samarali matematik ertaklarni yaratish shartlari:
- Ertakni tayyorlashda har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olinishi kerak;
Ertak syujetlari bolalarga ma’lum bir ketma-ketlikda, materialning asta-sekin murakkablashishi 
bilan taqdim etilishi kerak;
-Animatsion matematik ertaklar bolaga tushunarli tilda obrazlar asosida ovozli tasvirlanishi 
lozim;
-Ertaklardagi ranglar uyg‘unligi bola psixologiyasini o‘rgangan holda tanlanishi zarur.
Puxta o‘ylangan va tartibga solingan matematik ertaklar tizimidan foydalanish orqali, bolalar 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturiga muvofiq matematik bilim va ko‘nikmalarni ortiqcha 
yuklamalarsiz hamda zerikarli mashg‘ulotlarsiz egallaydilar. Egallangan bilimlarni mustahkamlash 
maqsadida esa mavzuga mos rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlaridan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Baguns, A. SHag v matematiku : posobie dlya pedagogov i roditeley/ Rostov.n/D: Legion, 
2003–80.s.
2. Ismailova.Z.K. Tarbiyaviy ish metodikasi – Toshkent, istiqlol, 2003.


227

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish