Mashinasozlikda aniqlik



Download 493,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana09.11.2022
Hajmi493,73 Kb.
#862721
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
M.T.A. 4-mavzu (1)



4 - mavzu: "Mashinasozlikda aniqlik" to‘g‘risidagi tushunchalar. 
M a ‘ r u z a rejasi: 
1.Aniqlik tushunchasi; 
2. Aniqlikka erishish usullari: 
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‘lchash" usuli (sinov qirindisi 
olish va o‘lchash); 
B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli; 
3.Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy faktorlar. 
Adabiyotlar: [ 2 ] – 26-31 betlar, [ 4 ] – 60-69 betlar. 
Tayanch so‘zlar: 1. Aniqlik. 2. Sinov qirindisi. 3. O‘lchash. 4. Xatolik. 5. 
Sozlash. Limb. 7. Aniqlikka avtomatik erishish. 
1.
 
Aniqlik tushunchasi 
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o‘lchamlarini ishchi 
chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o‘lchamlariga mos kelish darajasiga 
aytiladi. 
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar 
va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val 
tipidagi detallarda ko‘rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo‘ylama kesimi yo‘nalishi 
bo‘yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko‘ndalang 
kesimi bo‘yicha ovalsimon hamda ko‘pqirralik shakl xatoliklari bo‘ladi. 
2. Aniqlikka erishish usullari 
Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud. A. «Aniqlikka 
erishguncha ishlov berish va o‘lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o‘lchash») 
usuli. B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli. 
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‘lchash" usuli 
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o‘rnatilgan tanavor 
ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan 
qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo‘yiladi, 
so‘ngra esa dastgoh to‘xtatiladi. Ishlangan sirt o‘lchagich asbob bilan o‘lchab 
ko‘riladi, chizmadagi o‘lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning 
holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo‘yicha hisoblanib, amalga 
oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov 
qirindisi olinadi va o‘lchanadi va bu aniq o‘lchamga erishguncha davom ettiriladi. 
Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo‘yicha ishlov beriladi." Aniqlikka 
erishguncha ishlov berish va o‘lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan 
to‘g‘ri holati o‘rnatiladi va talab etilgan o‘lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi 
tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo‘llash yana takrorlanadi. 
«Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о‘lchash» usuli quyidagi 
afzalliklarga еga:
-noaniq dastgohlarda aniq ishlov berishga еrishiladi; tanavorga noaniq 
dasgohda ishlov berilganda, yuqori malakali ishchi bu usul yordamida tanavor 
xatoligini aniqlashi va yо‘qotishi mumkin; 
-mayda tanavorlar partiyasiga ishlov berganda, ushlanuvchi 
о‘lchamlarning aniqligiga keskich asbob eyilishining ta’sirini yо‘qotadi; bu usul 


bilan asbob holatini aniqlab, asbob eyilishiga bog‘liq bо‘lgan talab asosida kerakli 
tuzatishlar kiritiladi; 
-noaniq tanavorlarda qо‘yimlarni tо‘g‘ri taqsimlashga еrishiladi va ishga 
yaroqsizlik poydo bо‘lishining oldi olinadi; 
-kichik о‘lchamga еga bо‘lgan tanavordan bichish (razmetkalash) natijasida 
ishga yaroqli bо‘lgan detal olish mumkin; 
-ishchini, murakkab va qimmat baho moslama ishlatish (konduktor-
moslamalarga о‘xshash) aylanuvchi va bо‘luvchi moslamalar va boshqalardan 
ozod qilinadi; 
Teshik markazlari va ishlanuvchi yuzalarning о‘zaro joylashuvi bichish 
asosida aniqlanadi. 
Shuning bilan bir qatorda bu usul quyidagi jiddiy kamchiliklarga еga: -
ishlov berishda erishilgan aniqlik, kesib tushiriluvchi qirindining minimal 
qalinligiga bog‘liqdir;
-etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda qirindi qalinligi 
0,005 mm dan kam emas, oddiy charxlangan keskich bilan ishlov berilganda bu 
miqdor 0,02 mm ni tashkil еtadi (keskich bir-oz о‘tmaslashganda еsa bu miqdor 
hatto 0,05 mm gacha etadi); 
-aniqki, bu usul bilan ishlanganda, ishchi tanavor о‘lchamiga qirindi 
qalinligidan kamroq miqdorda о‘zgartish kirita olmaydi, shuningdenk bu 
qalinlikdan kichikroq bо‘lgan о‘lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi; 
-ishchining aybi bilan ishga yaroqsiz detal paydo bо‘lishi, ishlov berishda 
еrishiluvchi aniqlik ma’lum darajada ishchining diqqat-е’tiboriga ham bog‘liq 
bо‘ladi; 
-mehnat unumdorligining past bо‘lishi, ya’ni bu usul qо‘llanganda kо‘p 
vaqt sarflanadi; 
-bu usulda ishlanganda detallarning tannarxi yuqori еkanligi; bu еsa о‘z 
navbatida yuqori malakali ishchilar ishlab, yuqori ish haqqi tо‘lanishini talab 
qiluvchi omillarga bog‘liqligi natijasidir. 
Yuqorida kо‘rsatilgan kamchiliklarga kо‘ra bu usul, kо‘proq buyumlarni 
yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda keng qо‘llaniladi, shuningdek, 
tajribali ishlab chiqarishda hamda ta’mirlash va asbobsozlik sexlarida ham 
qо‘llaniladi. 
Asosan bu usul og‘ir mashinasozlikda kengroq qо‘llaniladi. 

Download 493,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish