2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR VA KO’RSATMALAR
Metal qirqish dastgohlarida zagotovkalarga ishlov berishda kesish jarayonida texnologik tizimni bo’g’inlarini deformatsiyalovchi kuchlar hosil bo’ladi. Bunday deformatsiyalar kuch taosiri yo’nalishida o’tib, kesuvchi asbob va zagotovkaning holatini o’zgartirishga olib keladi. Buning oqibatidagi xatoliklar ishlov berish yig’indi xatoligini 80 % tashil etadi. Asosan olinayotgan o’lchamga Ru kesish kuchi ta’siridagi siljishlar salbiy oqibatga ega. Texnologik tizimni Rukesish kuchiga qarshilik ko’rsata olishi, uni qattiqligini tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish sharoitida tokarlik dastgoxining qattiqligi bir o’tishda pog’onali valni yuklangan xolatda yo’nalishi aniqlanadi.
Bunday sinovning mohiyati quyidagilardan iborat. Patronga po’lat 45 dan tayyorlangan zagotovka mahkamlanib uning tashqi yuzasida 2…..3 mm farqidagi diametrli bo’yin yo’nib xosil qilinadi.
Mikrometr yordamida bo’yinlarni diametrini aniqlab yozib olinadi. Keskich kichik diametri o’lchamga sozlangan holda ikkala bo’yin yo’niladi. Hosil bo’lgan tsilindrik yuza poьonasimon bo’ladi, chunki kesish chuqurligi oshishi bilan zagotovka va keskichga taosir etuvchi Rukuchi oshadi (1.1rasm). Katta va kichik diametriga ishlov berib, ‘osil bo’lgan yuzalarning o’lchamini aniqlab yozib olinadi.
5.1 rasm. Tokarlik dastgohining dinamik qattiqligini ishlov berish xatoligining xizmatiga ta’sirini aniqlash shakli
Pog’onali valning katta va kichik diametri yo’nish chuqurligi quyidagicha bo’ladi.
mm (5.1)
mm (5.2)
bu yerda: D1-kichik diametr.
D2-katta diametr.
D0-xosil bo’layotgan nominal o’lcham.
Dastgohning qattiqligi absalyut qiymatga ega bo’lganda yo’nishdan keyin D0 o’lchamni olish mumkin edi. Lekin texnologik tizim bo’ьinlarining deformtsiyasi oqibatida D1 va D2 o’lchamlar hosil bo’ladi. Bu o’lchamlar D0 dan u1 va u2 qiymatga farqidir.
mm (5.3)
mm (5.4)
SHunday qilib yo’nalishdan keyin pog’onalarning farqi quyidagiga teng bo’ladi.
mm (5.5)
mm (5.6)
Tokarlik dastgoximizning qattiqligini quyidagicha aniqlashimiz mumkin.
(5.7)
bu yerda: Ru = -kesish kuchi, kg (5.8)
bu yerda: - keskich geometriyasiga kesuvchi qirra holatiga ishlov berilayotgan material hossasiga bog’liq bo’lgan koeffitsient.
Sr-kesish burchagiga va ishlov berilayotgan materialni fizik mexanik xossalariga bog’liq bo’lgan koeffitsient.
t –kesish chuqurligi mm.
s –surilish qiymati.
Xr, Ur-daraja ko’rsatkichlari.
Bizning sharoitimizda kattalikning quyidagicha aniqlash maqsadga muvofiq.
(5.9)
bu yerda -(t1 va t2 kesish chuqurligida D1 va D2 valni bo’yinlariga ishlov berishda me’yoriy kesish kuchlari).
Yuqoridagilarni ta’lil qilib quyidagiga erishamiz.
= (5.10)
Dastgoh qattiqligini bilgan holda Ru kesish kuchi ta’siridan xosil bo’lgan xatolikni qiymatini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |