10 - LABORATORIYa MASHG’ULOTI
VAL TURIDAGI DETALLARGA TOKARLIK ISHLOV BERISHDA
TEXNIK VAQT ME’YoRINI ANIQLASH
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1. Ishdan maqsad.
Texnik vaqt me’yorini eksperimental va xisobiy yo’l bilan aniqlash va ularni bir-biriga taqqoslash.
1.2. Kerakli jixoz va asboblar.
1K62 tokarlik-vintqirqar dastgoxi.
Berk va aylanuvchi markazlar.
Ishlov beriladigan detal zagatovkasi-10 dona (po’lat 45).
Povodokli xomut.
T15K6 qattiq qotishma plastinkali o’tuvchi keskich.
SHtangentsirkulь 0-150 bo’linish qiymati 0,2 mm.
Sekundomer bo’linish qiymati-0,1 sek.
Me’yorlash bo’yicha ma’lumotlar va qo’llanmalar.
2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR VA KO’RSATMALAR
Operatsiya - texnologik jarayonining asosiy hisobiy elementi bo’lib xisoblanadi. Operatsiyani bajarish vaqti va tannarxi berilgan ishlab chiqarish dasturi sharoitida uni qullashni maqsadga muvofiqligini tavsiflovchi omil bo’lib xizmat qiladi. Texnik asoslangan vaqt me’yor deb, berilgan ishlab chiqarish uchun maqsadga muvofiq bo’luvchi muayyan bir tashkiliy-texnik sharoitda texnologik operatsiyalarni bajarish uchun kerakli bo’lgan vaqtga aytiladi. Texnik asoslangan vaqt me’yori ishlab chiqarish texnikasining xozirgi zamon yutuqlari va ishlab chiqarish ilg’orlarini ish tajribalariga mos keluvchi ishlash usullarini qo’llash sharoitida jixoz, kesuvchi asboblar va boshqa ishlab chiqarish vositalarini ekspulatatsion imkoniyatlariga mos ravishda o’rnatiladi. Texnologik asoslangan vaqt me’yori asosida jarayon baholanadi, jixozlar unumdorligi aniqlanadi, ishlab chiqarishni kalendarli rejalashtirish amalga oshiriladi, ko’p dastgoxlilik xizmat ko’rsatish mumkinligi aniqlanadi.
Me’yorlashtirishning 3 xil turi mavjud: normativlar bo’yicha vaqt me’yorlarini texnik hisoblash usuli, ish vaqti sarfini kuzatish bilan o’rganish asosida me’yorlarni xisoblash usuli va tipik me’yorlar bo’yicha taqqoslash va xisoblash usuli.
Birinchi usulda me’yorlanayotgan operatsiyalarning davomiyligini aniqlash elementlar bo’yicha hisobiy yo’l bilan normativlardan foydalanib bajariladi. Vaqt me’yor ishchi va dastgoh xarakatlarini ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilish natijasida o’rnatiladi.
Ikkinchi usulda vaqt me’yori ishlab chiqarish sharoitida bevosita kuzatish orqali ishchining vaqt sarfini o’rganish asosida o’rnatiladi.
Bu usul mehnatni ilg’or usullarini o’rganish va unumlashtirish, shuningdek hisobiy yo’l bilan texnik asoslangan vaqt me’yorlarni o’rnatish uchun kerakli bo’lgan normativlarni ishlab chiqish uchun o’ziga xos axamiyatga ega.
Uchinchi usulda vaqt me’yorlari yiriklashgan tipik me’yorlar bo’yicha tahminiy ravishda aniqlanadi. Bunda tipik operatsiyalarni va alohida ish turlari bo’yicha jarayonlarni hisoblash va taqqoslashga asoslangan holda ishlab chiqiladi. Noavtomatik ishlab chiqarish turi uchun donabay vaqt me’yori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, daq (4.1)
bu yerda,
ta-asosiy vaqt, zagatovka yoki detalь yuza qatlamining xossalarini, shaklini, o’lchamini o’zgarishiga sarflangan vaqt;
tyor-yordamchi vaqt, detalning shaklini va o’lchamlarinit yoki xossalarini o’zgarishiga olib keluvchi xarakatlarni bajarish uchun sarflanayotgan vaqt;
ttash-tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti, ish joyiga xizmat ko’rsatishga sarflangan vaqt;
txiz-texnik xizmat ko’rsatish vaqti, asbobni almashtirishga, dastgoxni sozlashga, asbobni o’tkirlashga va moslashga sarflangan vaqt;
tj-ishchining jismoniy extiyojlari va dam olishga sarflangan vaqt.
Donabay vaqtni aniqlashda xizmat ko’rsatish va dam olish vaqtlari xisobga olinadi.Ularni operatsion vaqt orqali ifodalab quyidagini yozish mumkin:
, daq (4.2)
bu yerda,
K-operatsion vaqtdan xizmat ko’rsatish va dam olish vaqtlarining ulushi.
Uz navbatida asosiy vaqt qo’yidagi formula orkali aniqlanadi:
, daq (4.3)
bu yerda,
L-ishlov berilayotgan detal chizmasida kursatilgan yuza uzunligi, mm.
l1-kesuvchi asbobni detalga nisbatan ishchi yurishi uzunligi,mm.
l2-kusuvchi asbobni detalga nisbatan kushimcha yurishi,mm.
S-surish,mm/daq.
n-shpindelьni aylanishlar soni, ayl/daq
i-utishlar soni
Texnologik vaqt kesish maromining elementlari kesish chukurligi, surilish va kesish tezligini tug’ri tanlanganligiga bog’lik.
2.1. Texnik hisoblar orkali tashkil etuvchi vaqt me’yorlarini o’rnatish.
Ish joyida detalga ishlov berish operatsiyasi o’tishlar va holatlarga bo’linadi. O’tishlar va holatlarni uzuliksiz ko’zatishlar natijasida haqiqiy mazmuni va ketma-ketligi o’rnatiladi. Donabay vaktni kattaligiga ta’sir qiluvchi kesish maromini, moslamada o’rnatish usulini, 1K62 dastgohini yokish kurilmasining tuzilishi, o’lchov asboblar turlari va zagotovka o’lchamlari va boshka omillar kaydlanadi .
Xar bir o’tish uchun asosiy texnologik vakt xisoblanadi. Normativlardan foydalanib berilgan operatsiya uchun yordamchi vaqt qabul qilinadi tashkil qilish uchun ketgan vaqt va dam olish vaqti ham shunga o’xshab topilib, donabay vaqtning qiymati aniqlanadi.
2.2. Xronometraj yordamida tashkil etuvchi vaqt me’yorlari o’rnatish.
Xronometrajga tayorlashda ishni bajarilishini ko’zatishga asoslanib operatsiya o’tishlar va holatlarga bo’linadi.
Ortiqcha va noratsional holatlarni chiqarib yuboramiz. Ishni alohidagi bosqichlarini ketma-ketligi va mazmuni tahlil qilinib, holatni dasgohning avtomatik yurish davri bilan birlashtirish mumkinligi hisobga olinadi. Vaqtni o’lchash uchun sekundomerdan foydalanib, natijalarni yozib olinadi. Ko’zatish boshi 0 dan boshlanadi. Undan so’ng har bir holatning usuvchi vaqti ko’rsatmasi yoziladi. Keyinchalik ikkinchi holatda esa birinchi holatdagi vaqt qushib ketiladi. Uchinchi holatda esa ikkinchi holatni oxirgi vaqti uchinchi xolatni oxirgi vaqt orasidagi vaqtga teng bo’ladi va keyingilari shunga o’xshab davom etadi. Agar jarayonda tanafuslar bo’lsa, vaqtlar xronometraj kartalariga to’ldirilib kuyiladi.
Kuzatishlar sonini operatsiyani davom etishiga bog’lab belgilanadi (4.1 jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |