9 - LABORATORIYa MASHG’ULOTI
TOKARLIK KESKICHNI ISSIKLIK DEFORMATSIYaSINING QIYMATINI KESISH YULIGA BOG’LIQLIGI
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
Ishdan maqsad.
Tadqiqot yuli bilan tokorlik keskichi issiklik deformatsiyasining qiymatini kesish yuliga boglikligini aniqlash va uni ishlov berish aniqligiga ta’sirini o’rganish.
1.2. Kerakli jixozlar va asboblar.
1. 1K62 tokorlik vintqirqar dasgoxi.
2. Qo’zg’almas va aylanuvchan markazlar
4. Po’lat 45 dan tayyorlangan val zagotovkasi
5. Povodo’qli xomid.
6. Indikatorli orka babka pinolida maxkamlash uchun moslama.
7. 0,001mm bulinmali indikator.
8. Sekundomer.
2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR
VA KO’RSATMALAR
Zagotovkaga mexanik ishlov berishda kesish jarayonida kesuvchi asbobga zagotovka va dastgox qismlari orasida taqsinlanuvchi issiqlik ajralib chiqadi. Issiqlik oqibatida kesuvchi asbob va ishlov berilayotgan maxsulot o’zining o’lchamlarini o’zgartiradi. Bu xodisa
ishlov berish xatoliklariga olib keladi. Bunday xatoliklarni oldini
olish uchun ularni vakt davomida o’zgartirish qonunlarini bilish xamda
ularni qiymatini tajriba asosida aniqlash zarur.
Tokarlik ishlov berishda issiqlik deformatsiyasini kiymati asosan kesish maromi ishlov berilayotgan material xossasi, keskich to’zilishi va geometriyasiga bog’lik kesish jarayonida keskich ma’lum bir issiqlikga kizigunicha o’zayib atrof muxit bilan issiqlik almashuvi xisobiga o’lchami o’zgarmay turadi. Agar ishda tanafus bo’lsa, keskich sovish oqibatida qisqara boshlaydi.
3.1-rasm. Keskich issiklik deformatsiyasini ish vaktiga bogliqligi
1 – o’zuluqsiz yunishda; 2 – o’zuluqli yunishda
3.2-rasm. Keskichni qisqarishini o’lchash shakli
Yunish davrida keskichni issiklik deformatsiyasini eksperimental usulda aniqlashni eng sodda va qulay usuli keskichni sovushdagi qiskarishini aniqlash. Bu usul kuyidagilardan iborat kesish jarayoni ma’lum vaqtda to’xtatilib, keskich darxol ishlov berilaetgan maxsulotdan o’zoqlashtiriladi va 1 mkm bo’linmali indikator yordamida uni atrof muxit temperaturasigacha sovushidagi kiskarishi o’lchanadi. Sovushdagi keskichni qisqarish qiymati kyosish jarayonidagi o’zayishiga teng bo’ladi. Bunday o’lchashni 3.2-rasmdagi shaklda ko’rsatilganidek bajarish mumkin. Yunishdan keyin support tez chap tomonga 2700 buridib orqa babka pinoliga xomut orqali maxkamlangan o’lchov uchiga keskich tekiziladi.
Keskichni qiskarishini o’lchash bir kecha marotaba kaytariladi va xar safar keskichi ishlatish vaqti ko’paytiriladi. O’lchovlar bajarilayotganda keskichni qiskarilishi xar 30 sekund oralig’ida belgilanib keskich kischarish qiymatini sovush vaqtiga bog’liklik egri chizigi kuriladi. Egri chiziq 3.3 - rasmda ko’rsatilgan koordinatalarda quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |