6.1.-jadval.
Yuza g’adir-budurligining asosiy sinflari va ko’rsatkichlarining qiymatlari.
G’adir-budurlik sinfi
|
Profilning o’rtacha arifmetik chetlanishi,
mkm (Ra)
|
Notekisliklar balandligi,
mkm (Rz)
|
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
|
80
40
20
10
5
2,5
1,25
0,63
0,32
0,16
0,08
0,04
0,02
0,01
|
320
160
80
40
20
10
6,3
3,2
1,6
0,8
0,4
0,2
0,1
0,05
|
Ishlov berilgan yuza g’adir-budurligini o’lchash aniqligini oshirish uchun kontaktsiz (optik) va kontaktli o’lchov usullariga asoslangan o’lchov moslamalari qo’llaniladi.
Bajarilayotgan ishda yo’ldosh va qarama-qarshi frezerlangan yuzalarning g’adir-budurligini o’lchash uchun 240 raqamli profilometrdan foydalaniladi. Profilometr Ra ko’rsatkichi bo’yicha 6-12 sinflardagi g’adir-budurliklarni o’lchash uchun mo’ljallanagan. 240 raqamli profilometrda yuza g’adir-budurligini o’lchash tartibini va uni sozlash, ushbu o’lchov maslamaning instruktsiyasida keltirilgan.
3.ISHNI BAJARISH TARTIBI
Ishni bajarishdan oldin xavfsizlik texnikasi va berilgan mavzuning nazariy savollari bo’yicha o’qituvchi nazoratidan o’tish kerak. SHundan so’ng ishning eksperimental qismini bajarish uchun ruxsat olinadi.
3.1. TSilindrik freza kesish jarayonida soat strelkasi bo’yicha aylanishini ta’minlagan holda, shpindel opravkasiga o’rnatilsin.
3.2. Zagotovka dastgoh stolidagi qisqichga o’rnatilsin va mahkamlansin.
3.3. Ko’yidagi kesish maromi o’rnatilsin:
- shpindelning aylanishlar soni, n=315 ayl/daq;
- surilish qiymati, S=0,01 mm/tish;
- kesish chuqurligi, t=0,5 mm.
3.4. Zagotovka yuzasining yarimi surilishga qarshi frezerlansin (qarama-qarshi frezerlash).
3.5. Freza qayta o’rnatilsin va shpindel aylanishining yo’nalishi o’zgartirilsin (soat strelkasiga qarshi).
3.6. Zagotovka yuzasining qolgan qismi surilish bo’yicha frezerlansin (yo’ldosh frezerlash).
3.7. Zagotovka dastgohdan yechib olinsin va qarama-qarshi hamda yo’ldosh frezerlash bilan frezerlangan yuzalarning g’adir-budurligi g’adir-budurlik etalonlari bilan taqqoslash yordamida aniqlansin. G’adir-budurlik sinfi aniqlangandan so’ng 6.1.-jadval bo’yicha o’rtacha mikronotekisliklar balandligi - Rz va profilning o’rtacha arifmetik chetlanishi - Ra aniqlansin. Aniqlangan qiymatlar 6.2.-jadvalga kiritilsin.
3.8. 240 raqamli profilometrni ishlatish instruktsiyasi va yuza g’adir-budurlikni o’lchash tartibi bilan tanishilsin. Qarama-qarshi va yo’ldosh frezerlash bilan ishlov berilgan yuza g’adir-budurligi profilometr yordamida aniqlansin. O’lchash ishlari yuzaning uchta turli joylarida o’tkazilsin. Olingan qiymatlar 6.2.-jadvalga kiritilsin va 6.1.-jadval bo’yicha ishlov berilgan yuzalarning g’adir-budurlik sinfi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |