1-amaliyot. Texnologik jarayonlarni tanlash va taxlil qilish
Nazariy qism
Kimyo texnologiya jarayonlari .Har qanday kimyoviy korxonani, har qanday texnologik tizimni
ma`lum bir miqdordagi tipik texnologik zvenolar orqali ifodalash mumkin. Odatda ularda adsorbtsiya,
rektifikatsiya, kimyoviy reaktsiya va boshqa tipik kimyoviy texnologik jarayonlar ketadi. Ma`lum bir
apparatda ketayotgan tipik jarayon, o‟z vaqtida tipik boshqarish ob`ekti hamdir. Ichki moddiy va
energetik bog‟liqliklar xarakteriga qarab, kimyo texnologiyasining hamma jarayonlarini quyidagi
klasslarga bo`lish mumkin: gidrodinamik, issiqlik, diffuzion, kimyoviy va mEXanik. Bundan tashqari
texnologik jarayonlar determinlashgan va staxostik jarayonlarga bo`linadi. Determinlashgan deb
shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy kattaliklar uzluksiz va aniq qonuniyatlar bo`yicha o`zgaradi.
Bunda, ushbu jarayonni ifodalovchi chiqish parametrining qiymati, kirish parametrining qiymatiga
to‟g‟ridan-to‟g‟ri bog‟liqdir. Staxostik deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy parametrlar
o`zgarishi tartibsiz va diskret ro`y beradi.
Kimyo texnologiya tizimlarini (KTT) tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish.
Apparatlaroro texnologik oqimlar strukturasi va texnologik oqimlar tizimi kirish parametrlari berilgan
bo`lsa, KTT larni tahlil qilishda, shu tizim texnologik oqimlarining chiqish va oraliq parametrlari va KTT
apparatlarining konstruktiv va texnologik parametrlarining berilgan qiymatlari uchun effektivlik kriteriysi
aniqlanadi. YA`ni, KTTlarini tahlil qilishda, texnologik oqimlar strukturasi va kirish parametrlari berilgan
bo`lsa, unda chiqish va oraliq parametrlari aniqlanadi va KTT ning effektivlik kriteriysi aniqlanadi.
KTSlarini optimallashtirishda apparatlararo oqimlar strukturasi ma`lum bo`lganda, texnologik tizimning
effektivlik kriteriysi ko`rsatkichining optimal qiymatlari aniqlanadi. KTTning sintez qilishda, xom
ashyodan kerakli maxsulot olish usuli ma`lum bo`lsa, optimal texnologik sxema ishlab chiqiladi. Odatda,
KTTlarini tahlil qilish, optimallashtirish va sintez qilish masalalarini ishlab chiqarish sharoitida yoki tajriba
moslamalarida echish juda murakkab masala bo`lib, hamma vaqt ham echish mumkin emasdir. Bu
masalalarni echilishi kimyoviy kibernetika usullarini qo`llash bilan ancha osonlashadi. Bunda, KTT ning
aloxida jarayonlarning matematik ifodalari tuzilib, ular asosida butun tizim matematik ifodasi tuziladi. Bu
matematik apparat yordamida hisoblash eksperimenti o`tkazilib, KTTning optimallashtirish, tahlil qilish va
sintez qilish masalalarini echish mumki