turlari va tarkibi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash usullarini tanlashda har bir mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladigan tomonlarini hisobga olish zarur.
Donlarni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash uchun ularni ma’lum bir namlikda va saqlash omborlarida maqbul qalinlikda doimiy nazorat ostida bo‘lishini ta’minlanishi zarur. Saqlashdagi namlik ekinlar urug‘larining xossalariga bog‘liq bo‘lib, boshoqli donlar uchun 14 foizni tashkil etadi.
Donlar asosan omborlar va maxsus bunkerlar ichiga to‘kilgan holatda yoki qoplarda saqlanadi. Omborlarda saqlanadigan donlar 2-3,5 m qalinlikda, doimiy shamollatib turiladigan bunkerlarda esa 30 m gacha qalinlikda saqlash mumkin. Agar donlar qoplarda saqlansa, yerdan 15-20 sm ko‘tarilgan pollarda qoplarni 20 qatorgacha taxlab saqlanadi.
Doimiy shamollatib turiladigan qurilmalarda bunkerning hajmi 3-55 m.kub gacha bo‘lishi mumkin. Fermer xo‘jaliklarida bunday bunkerlarning hajmi 3 m.kub bo‘lgan qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
BV-40 rusumli qurilmada (3.17 -rasm) donlarni saqlash quyidagicha tashkil etiladi. Havo taqsimlagichli truba 5 va korpus 4 orasidagi bo‘shliq tarqatgich 1 va konus 2 orqali bir tekis to‘ldiriladi.
Agar donni quritish kerak bo‘lsa, elektr qizdirgich 7 bilan atmosfera havosidan 3-50C yuqori qizdirilgan havo ventilyator 6 yordamida havotarqatgich truba 5 orqali yuboriladi.
Qizdirilgan havo don qatlamlari orasidan o‘tib, namlikni tashqariga chiqaradi. Quritilgan yoki sovitilgan donlar bunkerdan to‘kish qurilmasi 8 orqali tashqariga chiqariladi. Bunkerni to‘ldirish sathi klapan 3 yordamida rostlanadi, to‘liq to‘ldirilishi esa mahsus datchik 10 bilan chegaralanadi. Bunkerlar yakka va bir nechtasi to‘plangan holatda ishlatish mumkin.
Meva va sabzavotlar turli hil usullarda saqlanadi. Ular muvaqqat (vaqtinchalik) va doimiy saqlash usullariga bo‘linadi.
Muvaqqat omborlarlarga (3.18 -rasm) uyum, handaq, o‘ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar (3.19 -rasm) bir qavatli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va ustiga va yerdan chuqurroq (1,5-2m) qilib, betondan yoki g‘ishtdan quriladi.
O‘zbekistonda ko‘pgina sabzavot mahsulotlari dala sharoitida muvaqqat omborlarda saqlanadi . Keyingi yillarda esa fermer xo‘jaliklari doimiy omborlar qurishga katta e’tibor bermoqdalar.
Meva-sabzavot omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab quyidagi guruhlarga:
- tabiiy usullarda shamollatiladigan omborlar.
- ventilyator yordamida tashqi xavo bilan sovitiladigan omborlar.
- sun’iy usulda sovitiladigan omborlar.
- atmosferasi boshqarilib turiladigan sovitgichlar.
- muzxona va muzli omborlarga bo‘linadi.
Meva va sabzavotlarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash, mahsulot yetishtiriladigan hududning tabiiy sharoiti, xo‘jalikning moddiy-texnika imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli hilda bo‘lishini talab qiladi. Qolaversa xo‘jalik uchun qulay usulni tanlash uning iqtisodiy qudratiga ham bog‘liq.
Xo‘jalikda yetishtirilgan mahsulotni saqlash usulini tanlashda muayyan saqlash usuli va texnologik rejimi albatta sinab ko‘rilishi lozim. Bunda mahsulotni saqlash muddati xam hisobga olinishi kerak. bo‘ladi
Sabzavot va meva omborlarini ma’lum texnologik rejimni boshqarilib turiladigan hamda mexanizatsiyani keng joriy etish imkoniyati yaratilgan holda qurish, mahsulotning sifatli saqlanishini va nobudgarchilikni kamaytirishni ta’minlaydi.
Xozirgi vaqtda fan texnikaning jadal rivojlanishi barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash imkonini berdi, ularni saqlash va qayta ishlash kompleksini yaratishga keng yo‘l ochildi.
48.Avtomatika fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish vosita va tizimlarini o‘rganish hamda avtomatik sozlash va boshqarish tizimlarini yaratish va ishlatishni yo‘lga qo‘yishdir.
Fanning vazifasiga quyidagilar kiradi:
- avtomatlashtirishni texnologik asoslarini o‘rganish;
- texnologik jarayonlarni avtomatrishni holati va darajasi bilan
tanishish;
- avtomatik tizimlar ishini sifati, turgunligi xamda ularni puxtaligini
ta’minlash usullarini egallash va iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
- avtomatlashtirish vositalarini tanlashni o‘rganish;
-avtomatik tizimlarni funksional elementlarini o‘rganish;
49. Avtomatika va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishni rivojlanish tarixi
Do'stlaringiz bilan baham: |