Faza va liniya toklari orasidagi nisbat
Uchburchak usulida ulanganda faza va liniya toklari orasidagi nisbatni Kirxgofning birinchi qonuniga asosan A, B, C tugunlar uchun (8.5-rasm) quyidagi tenglamalarni yozamiz:
nuqta uchun A+ AC- AB =0
nuqta uchun B+ AB- BC =0
nuqta uchun C + AB - CA = 0
Bundan quyidagini hosil qilamiz:
A= AB- AC (8.4)
B= BC - AB (8.5)
C= CA - AB (8.6)
Demak uchburchak usulida ulaganda liniya toklari shu liniya simiga ulangan fazalarning faza toklarining vektorlari ayirmasiga ( farqiga )teng.
(8.5-8.7) tenglamalardan kelib chiqadiki, liniya toklarining vektor yig’indisi har doim nolga teng.
A+ B+ C=0
Liniya (faza) kuchlanishlari AB, BC, CA sistemasi uchburchak usulida ulanganda, xuddi yulduz usulida ulangandagi kabi yopiq uchburchak hosil qiladi (8.6-rasm). Simmetrik yuklamada AB, BC , AC faza toklarini kattaliklari o’zaro teng va kuchlanishlar vektorlariga nisbatan bir xil φ burchakka siljigan bo’ladi.
8.7 a-rasmdagi liniya toklarni aniqlash uchun, xuddi 8.6-rasmdagi faza toklariniki kabi vektor diagramma qurilgan. Liniya toklar faza toklari orqali, xuddi yulduz usulida ulanganda liniya kuchlanishlari faza kuchlanishalari orqali aniqlanganday aniqlanadi, shunga asoslanib faza toklarni oxirlarini birlashtirib liniya toklari vektorlarini qurish mumkin. Liniya toklari vektorlari yopiq uchburchakni hosil qiladi. Simmetrik yuklamada faza va liniya toklari sistemasi ham simmetrik bo’lgani uchun toklar vektor diagrammasi (8.7-rasm) va kuchlanishlar vektor diagrammalarini (8.6-rasm) o’zaro solishtirib quyidagi xulosaga kelish mumkin, ya’ni uchburchak usulida ulanganda simmetrik yuklamada liniya toklari faza toklaridan =1,73 marta katta bo’ladi.
IL = IF
8.6-rasm. Uchburchak ulanganda kuchlanishlarni va faza toklarining vektor diagrammasi.
Umumiy holda yuklama nosimmetrik bo’lsa, faza va liniya toklari sistemasi ham nosimmetrik bo’ladi.(8.7 b rasm)
8.7-rasm. Uchburchak ulanganda faza va liniya toklari vektor diagrammasi
Iste’molchi fazalarini ulash sxemasi (yulduz yoki uchburchak) energiya manbai chulg’amlarini ulash sxemasiga bog’liq emas. Elektr energiya iste’molchisi energiya manbaining uchta yoki to’rtta qismiga ulanadi. Uch qismali bo’lganda (A, B va C) energiya manbaini chulg’amlari neytral nuqtasi chiqarilmagan yulduz yoki uchburchak usulida ulangan bo’lishi mumkin. To’rtta qismali bo’lganda ( A, B, C va N) energiya manbaini chulg’amlari yulduz usulida ulangan bo’lib neytral nuqtasi chiqarilgan bo’ladi. Faqat bu holatda istemolchi fazalari neytral sim orqali yulduz usulida ulanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |