Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 20 – 80 gacha


Uch fazali EYUK sistemalarini hosil qilish. Uch fazali generatorning ishlash prinsipi



Download 0,6 Mb.
bet4/10
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Ma'ruza E.E.

Uch fazali EYUK sistemalarini hosil qilish. Uch fazali generatorning ishlash prinsipi.

Uch fazali EYUKlar sistemasi uch fazali generatorlar yordamida hosil qilinadi.


Generatorning qo’zg’almas qismida bir-biridan 1200 farq qiladigan uchta chulg’am joylashtiriladi. Lotin alifbosining bosh harflari A, B, C bilan generator fazalari chulg’amlarining boshlanishlari belgilanadi. Chulg’amlarni tugashlari ham mos holda X, Y, Z harflari bilan belgilanadi. Har bir cho’lg’am uch fazali sistemaning alohida fazalari hisoblanadi. 7.2 b,c-rasmlardagi sxemalarda generator faza chulg’amlarining EYUK shartli musbat yunalishlarining belgilanishlari ko’rsatilgan. Generator faza chulg’ami 7.2-rasmda bitta uramdan iborat qilib ko’rsatilgan (real generatorlarda har bir chulg’am bir necha uramlardan iborat bo’lib, stator ichki silindrining ariqchalari yonma-yon joylashtiriladi).


7.2-rasm. Uch fazali generatorning prinsipial sxemasi.

Generatorning aylanuvchan qismida qo’zg’atish chulg’ami joylashtiriladi va o’zgarmas tok manbasiga ulanadi. Qo’zg’atish chulg’amining toki rotorga nisbatan qo’zg’almas bo’lgan magnit oqimini hosil qiladi va rotor tezligi bilan bir xil chastotada aylanadi. Rotorni aylantirish boshqa dvigatel yordamida amalga oshiriladi. magnit oqimi konstruktiv jihatdan shunday joylashadiki, bunda u stator va rotorni havo oralig’ida aylana bo’ylab sinusoidal qonun buyicha taqsimlanadi. Shuning uchun rotor aylanganda magnit oqimi ham birgalikda aylanadi va stator chulg’ami o’tkazgichlarini ( A-X, B-Y va C-Z) kesib utib sinusoidal EYUK induksiyalaydi.


Rotor o’zgarmas magnit (elektromagnit) dan yasalgan bo’lib, mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Unga o’ralgan “uyg’otish chulg’ami” dan o’tadigan tok yordamida rotorning magnit maydonini boshqarish mumkin.
Rotor o’zgarmas ω burchak tezlik bilan aylanganda uning magnit kuch chiziqlari statorning har bir chulg’amida (fazasida) elektromagnit induksiya qonuniga ko’ra, amplituda va chastotalari bir xil bo’lgan, ammo bir-birlaridan faza buyicha 2π/3 ga farqlanuvchi quyidagi sinusoidal o’zgaruvchan EYUK larni induksiyalaydi:
eA=Emsin t
eB=Emsin (t -2/3)
eC=Emsin (t -4/3)
Barcha EYUKlarning maksimal (amplituda) qiymatlari va chastotalari teng, chunki fazalar chulg’amlari bir xil va bir magnit oqimi tomonidan induksiyalanadi. Faza eA, eB va eC EYUKlarning o’zgarishi 7.3-rasmda tasvirlangan.
Yuqoridagi yo’l bilan uch fazali kuchlanish va tok sistemasi uchun quyidagilarni yozish mumkin.
uA=Umsin t
uB=Umsin (t -2/3)
uC=Umsin (t -4/3)
hamda
iA=Imsin t
iB=Imsin (t -2/3)
iC=Imsin (t -4/3)


7.3-rasm. Uch fazali EYUK sistemasida oniy qiymatlarni o’zgarishi

Uch fazali sistemada fazalar EYUKlarining haqiqiy qiymatlari E=Em/ =0,707 Em formula bilan aniqlanadi. Teng amplitudalarda barcha fazalar EYUK larining haqiqiy qiymatlari o’zaro teng va faza jihatidan 2/3 burchakka siljishi hisobidan simmetrik sistemasini hosil qiladi. Agar vektorlarning shartli musbat yunalishida aylanishi (soat strelkasiga teskari) EB EYUK vektori faza jihatdan EA EYUK dan, EC EYUK vektori esa faza jihatidan EB EYUK vektoridan orqada qolsa, u vaqtda bunday EYUKlar vektorlari sistemasi tug’ri faza almashinuvini hosil qiladi (7.4a-rasm). Agar EA EYUK vektoridan keyin EC EYUK vektori, undan keyin EB EYUK vektori kelsa, u vaqtda bunday EYUK vektorlar sistemasi teskari faza almashinuvini tashkil qiladi (7.4b-rasm )

7.4-rasm. Uch fazali EYUK sistemasi vektorlari.
a) to’g’ri va b) teskari faza ketma-ketliklarida



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish